• MASHG‘ULOT № 11 MAVZU: Transgen hayvonlar. Transgen hayvonlar yaratish texnologiyasi Mashgulot shakli
  • Mavzuning ahamiyati
  • Amaliy mashg’ulot materiallari mashg‘ulot№1 Mavzu: Farmatsevtik biotexnologiya va uning zamonaviy yo’nalishlari Mashg'ulot shakli




    Download 4,64 Mb.
    bet55/107
    Sana01.07.2021
    Hajmi4,64 Mb.
    #15319
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   107
    «BLITS-O’YIN» TEXNOLOGIYASI.




    Tayyorlash bosqichlari

    Yakka tartib

    To’g’ri javob

    Xato

    1













    2













    3













    4













    5













    6













    7













    8













    9













    10












    «BLITS-O’YIN» uslubida talabalarni mashg’ulot mavzusini tekshirish uchun jadvalda keltirilgan mavzu bosqichlarini to’gri ketma-ketligini belgilashdan iborat. Bunda taldaba jadvalda keltirilgan tayyorlash bosqichiga raqamlar qo’yib chiqadi (yakka tartibdagi javob katagiga). So’ng, o’qituvchi tomonidan e'lon qilingan «to’gri javob» katagiga yoziladi. Yakka tartibdagi va to’gri javoblar ayirmasi «xato» katagida qayd etiladi va ularning jami mezon bo’yicha baholanadi.



    MASHG‘ULOT № 11

    MAVZU: Transgen hayvonlar. Transgen hayvonlar yaratish texnologiyasi

    Mashg'ulot shakli: «Farmasiya» yo‘nalishi talabalari uchun amaliy mashg‘ulot.

    Mashg'ulot uslubi: «Bumerang» texnologiyasi. «BBB» (Bilaman, Bildim,Bilishni hohlayman ) usuli.

    Mashg‘ulot maqsadi: gen muhandisligi, rDNK tehnologiya asosida olinadigan transgen hayvonlar, transgen hayvonlar olish usullari

    Mavzuning ahamiyati: ushbu mavzuda farmatsevtika va gen muhandisligi hamda biotexnologiyaning uzviy bog'liqligi ochib beriladi

    Ishning nazariy qismi

    Transgen hayvonlarni olishni 2 hil usuli bor:



    • urug'lantirilgan tuhum hujayra(zigota)ga begona organizm DNKsini mikroin'ektsiya qilish;

    (bu usul transgen sichqon olish uchun ishlab chiqilgan, keyinchalik esa transgen sigir, qo'y, quyon, echki kabi hayvonlarni olish uchun ham qo'llanila boshlandi)

    Mikroin'ektsiya usulida transgen hayvon olish bosqichlari:

    1- in'ektsiya qilish uchun zigota olish;

    2- mikroin'ektsiya;

    3- embrionlarni retsipient organizmga ko'chirib o'tkazish;

    4- mikroin'ektsiya qilingan embrionlardan tug'ilgan hayvonlar: ularning faqat bir qismi transgen;

    5- hayvon genomiga begona gen kiritilganligini tasdiqlash uchun molekulyar-genetik tahlil o'tkazish;

    6- transgen gameta4lari mavjud hayvonlarni saralash. Transgen gomozigotalarni selektsiya qilish ya'ni transgen hayvonlarni o'zaro chatishtirish;

    7- transgen hayvonlar podasi;

    8- transgen hayvon sutidan dorivor oqsilni ajralishi

    Mikroin'ektsiya usulida transgen hayvon olishda dastlab genetik konstruktsiya yaratiladi. Masalan, tadqiqotchi sut bezlari epiteliy hujayralarida begona genlar ekspressiyalanuvchi transgen hayvon yaratmoqchi. Buning uchun β-kazein geni promotori va begona organizm DNKsi yordamida genetik konstruktsiya yaratiladi. Yaratilgan konstruktsiya faqat sut bezlari hujayralarida ekspressiyalanishi va faqat laktatsiya davrida «ishlashi» lozim. Shuningdek konstruktsiyadagi genlar transgen organizmga nojo'ya ta'sir ko'rsatmasligi kerak. Tadqiqotchi tomonidan yaratilishi rejalashtirilayotgan transgen hayvonda avval bo'lmagan hossalarning (misol uchun, kattaligi, kichikligi, go'shtdorligi, tez nasl bera olishi va h.k.) vujudga kelishi ko'p jihatdan genetik konstruktsiyaga bog'liq. Konstruktsiyani yaratishda Escherichia coli bakteriyasi plazmidasidan foydalaniladi. Plazmida restriktaza fermentlari bilan kesiladi. Plazmidani kesilgan joyiga begona organizmdan olingan DNK fragmenti ulanadi. Plazmidaga begona DNKni ulash uchun ligaza fermentlaridan foydalaniladi. Hosil bo'lgan rekombinant DNK Escherichia coli bakteriyasiga kiritiladi va klonlanadi. Klonlar bakteriyadan ajratiladi va kesilib chiziqli shaklga ot'kaziladi. Chunki plazmidaga nisbatan chiziqli shakldagi DNK embrion genomiga oson o'rnashadi.

    Tayyor bo'lgan chiziqli shakldagi DNK (genetik konstruktsiya) zigotaga in'ektsiya qilinadi. In'ektsiyadan keyin zigota odatdagidan ancha kattalashadi. So'ngra zigota urg'ochi retspientga implantatsiya qilinadi. Ammo urg'ochi retspientdan tug'ilgan hayvonlarning hammasi ham transgen bo'lavermaydi. Transgen bo'lganlarida esa begona gen organizmning barcha to'qimalarida bir hil tarqalgan bo'lmaydi. Shuning uchun transgen hayvon olishda molekulyar-genetik tahlilning ahamiyati katta.





    Embrionlarni transfektsiya qilish usullari: (a) - quyon zigotasiga genetik konstruktsiyani mikroin'ektsiya qilish, (b) – embrional o'zak hujayralarini norka (qorakuzan) blastotsistasiga5 kiritish. Embrionlarning diametri qobig'i bilan birga 140-150 mkm. Rasmni chap tomonida mikroso'rg'ichlarni ko'rish mumkin. Ular yuqoridagi protseduralarni bajarishda embrionni bir holatda ushlab turadi.

    Tahlilni o'tkazishda 3 ta savolga javob topish kerak:

    - birinchidan, yaratilgan genetik konstruktsiya embrion genomiga o'rnashdimi?

    - ikkinchidan, retsipient-organizm jinsiy hujayralariga genetik konstruktsiyadagi genlar kirganmi?

    - uchinchidan, tug'ilgan hayvonda begona gen ekspressiyalandimi (namoyon bo'ldimi)?

    Urg'ochi retsipient-organizmdan erkak tug'ilgani ayni muddao. Chunki tug'ilgan erkak hayvon tuhum hujayralarida begona gen ekspressiyalangan bo'lsa, uni boshqa urg'ochilar bilan chatishtirish mumkin. Shunda begona gen keyingi avlodlarga o'tib ketaveradi.

    Erkak hayvonni urg'ochilar bilan chatishtirishda sun'iy urug'lantirish usulidan ham foydalanish mumkin. Ulardan tug'ilgan hayvonlar F1 avlod bo'ladi. Transgen hayvonlar liniyasi vujudga kelishi uchun F1 avloddagi hayvonlarni o'zaro chatishtirib, F2 avlod olish lozim.

    Tadqiqotning so'nggi bosqichida F2 avlod vakillarining gomozigotalari tahlil qilinadi. Bu bosqichda urg'ochi retsipient-organizmga kiritilgan genetik konstruktsiyadagi genlar F2 avlod vakillarida ekpressiyalandimi yoki yo'q? Agar ekspressiyalangan bo'lsa, aynan biz rejalashtirgan organ yoki to'qimada ekpressiyalandimi yoki yo'q? Tug'ilgan hayvonlar bizga zarur bo'lgan mahsulotni bera oladimi? Agar bersa etarli darajadami? Ana shu savollarga javobni transgen hayvon olishning so'nggi bosqichida izlanadi. Va yuqoridagi savollarga ijobiy javob topilsa, transgen hayvonlar yaratish bo'yicha olib borilgan ishlar muvaffaqiyatli yakunlandi deb hisoblash mumkin.

    Transgen hayvonlar yaratishning ikkinchi usuli:


    • embrional o'zak hujayralar yordamida transgen hayvonlar yaratish

    Embrional o'zak hujayralar transgen hayvonlar yaratish mikroin'ektsiya usulidan birmuncha farq qiladi. O'zak hujayralar hali retsipient organizmga kiritilmasdan avval begona genni hujayra genomiga kirgan yoki kirmaganligini, agar kirgan bo'lsa, ekspressiyalanganmi yoki yoq, kabi savollarga topish mumkin. Shuningdek hujayralar orasidan eng yahshilarini tanlab olish imkoni bor. Bundan tashqari, hujayralarning bir qismini suyuq azotda muzlatib, uzoq yillar davomida saqlasa bo'ladi.


    Download 4,64 Mb.
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   107




    Download 4,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Amaliy mashg’ulot materiallari mashg‘ulot№1 Mavzu: Farmatsevtik biotexnologiya va uning zamonaviy yo’nalishlari Mashg'ulot shakli

    Download 4,64 Mb.