|
Amaliy mashg‘ulot matyeriallari
|
Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 36,75 Kb. | | #239911 |
Bog'liq 1 mavzu AMALIY MASHG‘ULOT MATYERIALLARI
1-amaliy mashg‘ulot:
Meva va rezavor meva o‘simliklarini biologik-xo‘jalik guruhlarga ajratish
Mashg‘ulot maqsadi: mevali o‘simliklarning asosiy turlari, ularning biologik va xo‘jalik xususiyatlarini o‘rganish. Bu esa mevachilik fanining keyingi muvaffaqiyatli o‘zlashtirilishini ta’minlaydi.
Mashg‘ulot mazmuni: 1. Mevali va rezavor mevali o‘simliklarning botanik va ishlab chiqarish guruhlanishi bilan tanishish.
2. Eng muhim mevali o‘simlik turlarining lotincha nomlanishi to‘g‘ri yozish va talaffuz qilishni o‘zlashtirish.
Ishni bajarish uchun namuna: Mevali o‘simliklar turlari mevalarining morfologik o‘xshashligi, o‘stirish sharoitlariga talabi, mevalarining oziq-ovqatlik va texnologik qiymmati va boshqa ko‘rsatkichlari bo‘yicha muayyan xo‘jalik-biologik guruhlarga bo‘linadi.
Mevali o‘simliklar asosan quyidagi biologik-xo‘jalik guruhlarga bo‘linadi:
1. Urug‘li mevalar. Ushbu guruhga olma, nok, behi, chetan, do‘lana, irga, kavkaz mushmulasi, aroniya, xenomeles va boshqalar kiradi.
Mevalari syersuv, meva eti iste’mol qilinadi, ostki tugunchadan shakllanadi. Meva ichida o‘tkazuvchi nay bog‘lamlari bilan chegaralangan yurakcha mavjud; mevasi besh uyali, ko‘p urug‘li.
Olma
mevasining sxematik tuzilishi quyidagicha (urug‘li mevalar turi).
Urug‘li mevalar juda katta o‘sish arealini egallaydi. Mevalari deyarli yangi hosil pishgunicha saqlanadi. Bu esa aholini mavsumdan tashqari vaqtlarda yangi mevalar bilan ta’minlashda muhim ahamiyatga egadir.
2. Danakli mevalar. Ushbu guruhga o‘rik, shaftoli, gilos, olcha, tog‘olcha, tyorn va boshqalar kiradi.
Mevalari yuqorigi tugunchadan shakllanadi. Danagi ko‘pincha bir uyali, bir urug‘li bo‘ladi. Danagining ichida mag‘zi joylashadi. Ekzokarpiy meva po‘stini hosil qiladi. Mezokarp syersuv qismi, iste’mol qilinadi.
Danakli mevalar guruhiga mansub ko‘pgina o‘simliklar, masalan o‘rik mevalarida qimmatli ozuqa moddalar bo‘ladi: qand, oqsil, moy, vitaminlar va boshqalar. Ular inson ratsionida non, moy, qand va go‘sht o‘rnini to‘laqonli bosa olishi mumkin.
3. YOng‘oq mevali o‘simliklar. Ushbu guruhga grek yong‘og‘i, pekan, bodom, pista, funduk, o‘rmon yong‘og‘i, kashtan va boshqalar kiradi.
Ushbu guruhning mevalari yong‘oqlar va quruq danagi hisoblanadi, uning ichida qimmatli yadrosi, ya’ni mag‘zi joylashadi.
Mag‘zi yog‘ochsimon meva yonligida (pistada) bo‘ladi yoki faqatgina ekzokarpiy bilan o‘ralgan bo‘ladi (yong‘oq va bodom).
Mag‘zida ko‘p miqdorda oqsil va moylar bo‘ladi, mevalarini uzoq muddat saqlash mumkin.
4. Subtropik mevalar. Ushbu guruh zaytun, feyxoa, anjir, xurmo, anor, chilonjiyda, mushmula, avokado kabi o‘simliklarni o‘z ichiga oladi.
Ular -10-150S dan past sovuqqa chiday olmaydi. Mevalari ko‘p miqdorda qand, moy, organik kislotalar va boshqa inson organizmi uchun zarur moddalarga ega.
5. sitrus mevalar. Ushbu guruhga limon, apelsin, mandarin, greypfrut, sitron, kinkan, trifoliata, buggaradiya va boshqa o‘simliklar kiradi. Ular tipik issiqsevar subtropik o‘simliklar hisoblanadi. sitruslar po‘sti ekzokarpiy va mezokarpiy hamda syersuv ichki qismdan iborat o‘ziga xos rezavorsimon meva hosil qiladi.
Sitrus mevalar ko‘pgina vitaminlar, organik kislotalar va boshqa inson organizmi uchun zarur
|
| |