|
-modda. Fuqarolarning fuqaro muhofazasi sohasidagi majburiyatlari
|
bet | 3/4 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 24,45 Kb. | | #103365 |
Bog'liq 1-AMALIY MASHG14-modda. Fuqarolarning fuqaro muhofazasi sohasidagi majburiyatlari
Fuqarolar:
ushbu Qonunga va fuqaro muhofazasi sohasidagi boshqa qonunchilik hujjatlariga rioya qilishlari;
fuqaro muhofazasi tadbirlarini bajarishda ishtirok etishlari va tegishli tayyorgarlikdan o‘tishlari;
fuqaro muhofazasi signallarini, umumiy va yakka muhofazalanish vositalaridan foydalanish qoidalarini bilishlari;
jabrlanganlarga dastlabki tibbiy va boshqa xil yordam ko‘rsatishni bilishlari;
davlat organlariga, shuningdek tashkilotlarga fuqaro muhofazasi sohasidagi vazifalarni hal etishda ko‘maklashishlari;
fuqaro muhofazasi obyektlari va mol-mulkini asrab-avaylashlari shart.
Fuqaro muhofazasi sohasida fuqarolarning zimmasida qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
15-modda. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning fuqaro muhofazasi sohasidagi huquq va majburiyatlari
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar fuqaro muhofazasi sohasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega bo‘ladilar va majburiyatlarni bajaradilar.
Topshiriq: Quyida keltirilgan vazifalarning javoblarini yoriting ?
FM tasnifini keltiring (chizma yoki yozuv ko’rinishida).
Fuqaro muhofazasining asosiy maqsadi nima (chizma yoki yozuv ko’rinishida).
Fuqaro muhofazasi vazifalari (chizma yoki yozuv ko’rinishida).
Fuqarolarning fuqaro muhofazasi sohasidagi huquqlari (shakl yoki yozuv ko’rinishida).
|
| |