|
Amaliy mashg‘ulotlar mavzulari, asosiy matn, topshiriqlar. Variantlari, masala va misollar, kо‘rsatmalar
|
bet | 2/4 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 24,45 Kb. | | #103365 |
Bog'liq 1-AMALIY MASHGFuqaro muhofazasi vazifalari
aholini harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan himoyalanish usullariga o‘rgatish;
obyektlarni harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan himoyalash harakatlari va usullariga tayyorlash;
boshqaruv, xabar berish va aloqa tizimlarini tashkil qilish, rivojlantirish va doimiy shay holatda saqlab turish;
xalq xo‘jaligi obyektlarining barqaror ishlashini ta’minlash yuzasidan tadbirlar kompleksini o‘tkazish;
aholini, moddiy va madaniy boyliklarni xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish;
fuqaro muhofazasi harbiy tuzilmalarining shayligini ta’minlash;
aholini umumiy va yakka muhofazalanish vositalari bilan ta’minlash tadbirlarini o‘tkazish;
aholining harbiy harakatlar olib borish paytidagi yoki shu harakatlar oqibatidagi hayot faoliyatini ta’minlash;
radiatsion, kimyoviy va biologik vaziyat ustidan kuzatish va laboratoriya nazorati olib borish;
qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni o‘tkazish;
harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida zarar ko‘rgan hududlarda jamoat tartibini yo‘lga qo‘yish va saqlab turish;
aholini va hududlarni muhofaza qilish yuzasidan boshqa tadbirlarni amalga oshirish.
Fuqarolarning fuqaro muhofazasi sohasidagi huquq va majburiyatlari O’zR Fuqaro muhofazasi to’g’risidagi qonunining 13,14,15-moddalarida aks ettirilgan
13-modda.Fuqarolarning fuqaro muhofazasi sohasidagi huquqlari
Fuqarolar quyidagi huquqlarga ega:
o‘z hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulki harbiy harakatlardan muhofazalanishi;
umumiy va yakka muhofazalanish vositalaridan tekin foydalanish;
harbiy harakatlar kechayotgan joylarda o‘zlari yo‘liqishlari mumkin bo‘lgan xavf darajasi va zarur xavfsizlik choralari to‘g‘risida axborot olish.
Fuqarolar fuqaro muhofazasi sohasida qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.
harbiy harakatlardan jabrlanganlarga ularning hayot faoliyatini ta’minlash uchun zarur sharoitlar yaratiladi, tibbiy, moddiy-moliyaviy va boshqa xil yordam ko‘rsatiladi.
|
| |