|
Amaliy mashg‘ulotlar mavzulari, asosiy matn, topshiriqlar. Variantlari, masala va misollar, kо‘rsatmalar
|
bet | 1/4 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 24,45 Kb. | | #103365 |
Bog'liq 1-AMALIY MASHG
AMALIY MASHG‘ULOTLAR MAVZULARI, ASOSIY MATN, TOPSHIRIQLAR. VARIANTLARI, MASALA VA MISOLLAR, KО‘RSATMALAR
1-mashg’ulot. Fuqaro muhofazasining maqsadi, vazifalari va hozirgi davrdagi ahamiyati.
Ishdan maqsad:
1. Hozirgi vaziyatda “Fuqaro muhofazasi”ning maqsadi va ahamiyatini o’rganish
2. Fuqaro muhofazasining asosiy vazifalarini o’rganish
Fuqarolar muhofazasi haqida umumiy tushuncha. Ma’lumki, har bir mustaqil davlat о‘zining mudofaa qudratiga ega. Mudofaa siyosatini qay tarzda amalga oshirish imkoniyatlari о‘sha davlatning qudratini belgilaydi. Chunki davlatlar ichida yangi-yangi qurollar yaratiladiki, bular nafaqat insoniyatga, balki butun jonli tabiatga, atrof-muhitga juda katta ziyon yetkazadi. Yuqoridagi qurollar yer yuzida mavjud ekan, albatta, har bir davlat bunday qurollardan saqlanish vositalarini izlaydi, omillarini ishlab chiqadi. Shuning uchun har bir davlatning mudofaa qudrati asosini fuqarolar muhofazasi tashkil etadi.
Fuqarolar muhofazasi - umumdavlat mudofaa siyosatlaridan biri bо‘lib, u har qanday favqulodda holatlarda fuqarolarni, iqtisodiyot tarmoqlarini muhofaza qilishda, ularning muttasil ishlashini ta’minlashda hamda qutqarish va tiklash ishlarini bajarishda katta ahamiyat kasb etadi. Mustaqillik davrida fuqarolar muhofazasi sohasida yetarli ijobiy ishlar qilina boshlandi. Jumladan, mustaqilligimizning dastlabki davrlarida fuqarolarni va hududlarni tabiiy ofatlardan, turli xildagi avariyalardan muhofaza qilish, fuqarolarning mо‘tadil hayot faoliyatini ta’minlash borasidagi vazifalarni hal etish uchun О‘zbekiston hukumati tomonidan 1991 yilda fuqaro mudofaasi tizimi fuqaro muhofazasi tizimiga aylantirildi.
Fuqarolar muhofazasining asosiy maqsadi - mustaqil О‘zbekistonni va fuqarolarini turli kо‘rinishdagi falokat va halokatlardan saqlash ruhida tarbiyalashga yо‘naltirilgan va har qanday favqulodda holatlarda fuqarolarni, iqtisodiyot tarmoqlarini muhofaza qilish, ularning muttasil ishlashini ta’minlash hamda qutqarish va tiklash ishlarini bajarish.
Hozirgi davrda Sayyoramizda ro‘y berayotgan tabiiy, texnogen, ekologik, ijtimoiy, harbiy-siyosiy xarakterdagi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, talofatlar ko‘lamini toraytirish, insonlar hayoti va ular tomonidan yaratilgan moddiy boyliklarga yetadigan zararlarning oldini olish yoki ularni kamaytirishni ta’minlash o‘ta muhim va dolzarb muammolar sirasiga kiradi.
O‘zbekistonda mazkur muammolarni hal etishda ishtirok etadigan barcha xizmatlarning o‘zaro munosabatlarini belgilovchi va tartibga soluvchi qator qonunlar qabul qilingan. Jumladan, “Aholini va hudutlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to’g’risidagi”, “Fuqaro muhofazasi to’g’risidagi”, “Radiatsiyaviy havfsizlik to’g’risidagi”, “Terrorizimga qarhsi kurash to’g’risidagi” va boshqa O’zbekiston Respuplikasi qonunlari va shu sohaga taaluqli bo’lgan Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilingan va hayotga joriy etilmoqda.
Oliy malakali kasbiy ta’limga ega kadrlar, iqtisodiyotning qaysi sohasida faoliyat yurgizmasin, yuqorida keltirilgan muammolar yechimi bilan bog‘liq qator vazifalarni hal etishda faol qatnashishga majbur, boshqacha aytganda, barchamiz favqulodda vaziyatlar ro‘y berishi mumkin bo‘lgan zamin va makonda yashaymiz.
Mamlakat fuqarolar muhofazasini rivojlantirishning asosiy konsepsiyasi О‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning 1994 yil 9 aprelda Toshkent shahrida bо‘lib о‘tgan Respublika faollarining Kengashida sо‘zlagan nutqida bayon etilgan. Keyinchalik, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 4 martdagi PF-1378-son farmoniga binoan aholini va iqtisodiyot tarmoqlari inshootlarini tabiiy ofatlardan muhofaza qilishning samarali tizimini tashkil etish, Respublikada tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarni oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish maqsadida О‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Fuqaro mudofaasi va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi negizida О‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) tashkil qilindi.
|
| |