1.2 Linux operatsion tizimida WLAN va local tarmoq
Kompyuter tarmoqlarining paydo bo'lish sabablaridan biri resurslaridan hamkorlikda foydalanish, alohida kompyuter imkoniyatini kengaytirishdir. Tarmoq orqali foydalanuvchilar bir vaqtning o'zida bir xil ma'lumot va fayl nusxalari, amaliy dasturlar bilan ishlashi mumkin. Bu holat axborot tashuvchilardagi joyni tejaydi. Bundan tashqari, printer, skaner, modem, lazer disklar majmuining birgalikda ishlatilishi qo'shimcha mablag'ni asraydi. Tarmoqdan foydalanganda axborotni saqlash ishonchliligi ortadi, chunki juda oddiy usulda qimmatli axborotlarni qayta nusxalash mumkin va alohida foydalanuvchilar o'rtasida axborot almashish engillashtiriladi. Tarmoq foydalanuvchilar so'rovini mujassamlashtiradi, bir vaqtning o'zida axborotdan ko'plab mijozlar foydalanish imkonini beradi.
Lokal (mahalliy) tarmoq kichik bir hududda joylashgan abonentlarni birlashtiradi, ya'ni lokal tarmoqlar bir binoda yoki bir – biriga yaqin binolarda joylashgan kompyuterlarda o'zaro axborot almashish imkonini beruvchi tarmoq hisoblanadi.
Kompyuter tarmoqlarining paydo bo’lish sabablaridan biri resurslaridan hamkorlikda foydalanish, alohida kompyuter imkoniyatini kengaytirishdir. Tarmoq orqali foydalanuvchilar bir vaqtning o’zida bir xil ma’lumot va fayl nusxalari, amaliy dasturlar bilan ishlashi mumkin. Bu holat axborot tashuvchilardagi joyni tejaydi. Bundan tashqari, printer, skaner, modem, lazer disklar majmuining birgalikda ishlatilishi qo’shimcha mablag’ni asraydi.
Tarmoqdan foydalanganda axborotni saqlash ishonchliligi ortadi, chunki juda oddiy usulda qimmatli axborotlarni qayta nusxalash mumkin va alohida foydalanuvchilar o’rtasida axborot almashish engillashtiriladi. Tarmoq foydalanuvchilar so’rovini mujassamlashtiradi, bir vaqtning o’zida axborotdan ko’plab mijozlar foydalanish imkonini beradi.
Apparat qurilmalari va tarmoq dastur ta’minoti orqali o’zaro bir-birlari bilan hamohang ishlay oladigan kompyuterlar majmuiga tarmoq deyiladi.
Tarmoqlarni turli me’yorlarga ko’ra sinflarga ajratish mumkin. Bular:
1) o’tkazish qobiliyati, ya’ni ma’lumotlarni tarmoqqa uzatish tezligiga muvofiq:
- past 100 Kbit/ s gacha;
- o’rta 0,5-10 Mbit/s gacha;
- yuqori 10 Mbit/s dan ortiq.
2) uzoq kommunikatsiya tarmoqlari bilan ishlash tezligi, ularning fizik o’lchoviga muvofiq:
- LAN ( Local-Area Network) lokal tarmoq (bir ofis, bino ichidagi aloqa);
- CAN (Campus-Area Network) - kampus tarmoq, bir-biri bilan telefon yoki modemlar bilan ulanish, ammo etarlicha bir-birlaridan uzoqda joylashgan kompyuter lokal tarmoq;
- MAN (Metropolitan-Area Network) katta tezlik bilan aloqa uzatish (100 Mbit/s) imkoniyatiga, katta radiusga (bir necha o’n km) axborot uzatuvchi kengaytirilgan tarmoq;
- WAN (Wide-Area Network) keng masshtabli (mintaqaviy) maxsus qurilma va dasturlar bilan ta’minlangan alohida tarmoqlarni birlashtiruvchi yirik tarmoq;
- GAN (Global-Agea Network) global (xalqaro, qit’alararo) tarmoq;
3) tarmoq tugunlari turi bo’yicha (tugun - hisoblash tarmoqlari va ularning alohida elementlari ulangan joyi). Boshqacha aytganda, tugunga shaxsiy, mini- va katta kompyuterlar, alohida tarmoq ham kiradi. Masalan, umumiy foydalanish tarmoqlaridagi alohida kompyuterlar (boshqachasiga ularni stantsiyalar deb ham yuritishadi) tugunlarga misol bo’la oladi. Unchalik katta bo’lmagan alohida tarmoqlar kampus tarmog’i uchun tugun bo’ladi.
4) tugunlar munosabatiga ko’ra:
- bir xil rangli (peer-to-peer), uncha katta bo’lmagan, bir xil mavqega ega kompyuterlar (bu erda hamma kompyuterlar ham «mijoz», ya’ni tarmoqning oddiy foydalanuvchisi, ham «server», ya’ni tarmoq foydalanuvchilariga xizmat ko’rsatishni ta’minlovchi bo’lishi mumkin). Macalan, WINDOWS 95 OS tarmog’i tarqatilgan (Distributed) tarmoqlar. Bunda serverlar tarmoq foydalanuvchilariga xizmat ko’rsatadi, biroq tarmoqni boshqarmaydi;
-server (Server based) yoki markazlashgan boshqarishga ega tarmoqlar. Bu erda tarmoqning bosh elementi serverdir. Qolgan tugunlar serverning resurslaridan foydalanishi mumkin (masalan, Novell NetWare, Microsoft LAN Mananger va boshqalar).
5) tarmoq operatsion sistemalarini ishlatish bo’yicha (tarmoq OS):
gomogenli - hamma tugunlarda bir xil yoki yaqin operatsion sistemalardan foydalaniladi (masalan, WINDOWS OS tarmog’i);
geterogenli - bir vaqtning o’zida bir nechta tarmoq operatsion sistemalari ishlatiladi (masalan, Novell NetWare va WINDOWS).
Linuxda mahalliy tarmoqdagi IP-manzil (Internet Protocol Address) tarmoqdagi uni identifikatsiyalash va identifikatsiya qilish uchun qurilmaga (kompyuter, router) tayinlangan noyob raqamli identifikatordir. Mahalliy tarmoqdagi barcha qurilmalar bir-biri bilan muloqot qilishlari va ma'lumotlarni uzatishlari uchun noyob IP-manzilga ega bo'lishi kerak.
1-rasm
Linuxda mahalliy tarmoqdagi IP IPv4 yoki IPv6 formatida taqdim etiladi. IPv4 manzili nuqta bilan ajratilgan 4 ta raqamdan (0-255) iborat (masalan, 192.168.0.1). IPv6 manzili ikki nuqta bilan ajratilgan 4 ta oltilik raqamli 8 ta guruhdan iborat (masalan, 2001:0db8:85a3:0000:0000:8a2e:0370:7334). U administrator tomonidan qo'lda tayinlangan statik yoki DHCP (Dynamic Host Configuration Protocol) yordamida avtomatik ravishda tayinlanganda dinamik bo'lishi mumkin.
Linux-da mahalliy tarmoqdagi IP-manzilni aniqlashning bir necha yo'li mavjud.
ifconfig
Buyruqning chiqishi tarmoq interfeyslari, shu jumladan ularning IP manzillari haqidagi ma'lumotlarni ko'rsatadi.
ip addr show
Buyruqning chiqishi, shuningdek, tarmoq interfeyslari va ularning IP manzillari haqida ma'lumotni ko'rsatadi.
hostname –I
-I kaliti sizga xost bilan bog'langan barcha IP manzillarni olish imkonini beradi.
nslookup
Bu berilgan DNS xost nomi bilan bog'langan IP manzilini oladi.
Wi-Fi(Wireless Fidelity) — ingliz tili soʻzlaridan tashkil topgan boʻlib, «simsiz vafolik» maʼnosini anglatadi. Wi-Fi texnologiyasi hozirgi kunga kelib kompyuter olamida eng perspektiv kompyuter tarmoq tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Wi-Fi texnologiyasi deb raqamli maʼlumotlarni radiokanallar orqali joʻnatish turlaridan biridir. Ushbu texnologiya yaratilishida avvalo korporativ foydalanuvchilar uchun moʻljallangan boʻlib, kabelli tarmoqni oʻrnini egallashi bashorat qilingandi. Bizga maʼlumki albatta kabelli tarmoqli kompyuter tarmogʻini yaratish uchun bir necha ming kabel tarmogʻini qoʻlda oʻrnatish hamda maxsus tarmoq topologiyasini oʻrnatish talab qilinishini hamma bilishligi aniq. Wi-Fi — radiochastotalarning qisqartirilgan boshqaruv chastotalarida ishlovchi simsiz maʼlumot almashinish standartlashtirilgan texnologiyasi. Odatda Wi-Fi tarmogʻi orqali WLAN(Wireless Local Area Network — Simsiz Lokal Tarmoq) tarmoqlar yaratiladi. Ushbu tarmoqda albatta yuqori radiotoʻlqinlar orqali aloqa tashkil qilinuvchi hamda maʼlumot almashinishini koʻrish mumkin boʻladi. Bu tizim kabelli tarmoqni kengayishi yoki unga alternativ sifatida bitta ofis, butun bir bino yoki bir maydon territoriyasida ishlatiladi. Wi-Fi texnologiyasi minglab kabel tarmogʻini tushirish kabi mablagʻli jarayon uchun mablagʻlaringizni tejash bilan birga, oʻrnatishni oddiyligi esa murakkab texnik oʻrnatish jarayonlariga vaqtni iqtisod qilinishini bu tarmoqni boshqa tarmoqlardan ustun qilib qoʻyadi. Simsiz tarmoqlar radiochastotalardan foydalanishiga sabab radiotoʻlqinlar bino yoki umuman ofislardagi devor yoki shunga oʻxshagan toʻsiqlardan ham oʻtib ketaveradi va umuman hech narsa unga toʻsiq boʻla olmaydi(masofadan tashqari albatta!). Simsiz tarmoqlar oʻz-oʻzidan kabelli tarmoqlardan ishonchliroq hisoblanadi. Koʻpchilik WLAN tarmoqlarini diapazoni yoki qoplash maydoni 160 metrni tashkil qiladi, bu albatta uning yoʻlidagi toʻsiqlarning qanaqaligiga va qanchaligiga bogʻliq boʻladi. Ushbu tarmoqni ishlash tezligi kabelli tarmoq bilan tenglashashi ham mumkin va undan bir necha barobar yuqori ham boʻlishi mumkin. Bu albatta qaysi standartidan foydalanishga ham boʻgliq boʻladi. Wi-Fi standartlari haqida toʻliqroq keyingi boʻlimda tanishishingiz mumkin boʻladi. Xuddi oddiy tarmoqlar kabi WLAN tarmogʻida ham maʼlumotlarning oʻtkazuvchanlik qobiliyati uning topologiyasidan, yuklanishidan, yuklanish nuqtasining masofasiga va shu kabi parametrlarga bogʻliq boʻladi. Ushbu tarmoqni eng qulay tomonlaridan birinchisi uni oson oʻrnatilishida boʻlsa ikkinchisi esa Wi-Fi tarmogʻini kengaytirishdagi muammolarni umuman yoʻqligi yoki boshqacha qilib aytganda ushbu tarmoq kengayishi oson boʻlgan eng sodda tarmoq hisoblanadi desam mubolagʻa boʻlmasa kerak. Ushbu WLAN tarmoʻgini kengaytirish uchun esa amaliy jihatdan yondoshib qaraganda yangi ulanish nuqtalarini yaratishning oʻzigina kifoya. Wi-Fi qurilmasini yoki razvyortkasini sotib olayotgan foydalanuvchi oʻzini bemalol quyidagi imkoniyatlarni egasiligiga deb hisoblashi mumkin:
1. koʻpfunksional multiservisli simsiz aloqa bilan birgalikda qoʻshimcha qurilmalar bilan ishlovchi maxsus qurilma
2. yuqori tezlikda uzoq masofalarga maʼlumot almashinish imkoniyatiga ega boʻlasiz
3. tarmoqni kengaytirish uchun deyarli hech qanday ishni amalga oshirishni keragi yoʻq:yangi foydalanuvchi tarmoqqa ulanish uchun tarmoqqa ulanish parolini bilishi buning uchun yetarli hisoblanadi.
|