|
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
|
bet | 2/7 | Sana | 10.06.2024 | Hajmi | 1,09 Mb. | | #262324 |
Bog'liq feruzaaaaaaaa (2)O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
«AMALIY MATEMATIKA VA DASTURLASh TEXNOLOGIYaLARI» kafedrasi
“Ro’yxatga olindi”
Axborot texnologiyalari fakulteti
________________
“____” ___________ 2024 y.
|
“Ro’yxatga olindi”
«Amaliy matematika va dasturlash texnologiyalari»
kafedrasi
_________________
“____” ___________ 2024 y.
|
“ Kompyuter tarmoqlari”
fanidan
___________________________________________________ mavzusidagi
KURS ISHI
Bajardi: 60610200 – Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) 3-kurs talabasi ___________________________________
Ilmiy raHbar:
«Amaliy matematika va dasturlash texnologiyalari » kafedrasi dotsenti: ____________________ G.S.Turdiyeva
|
Buxoro– 2024
Kirish
Hozirda Linux operastion tizimi boshqa operatsion tizimlar kabi uzoq o'tmishga ega bo'lmasada, ochiq tizimli operatsion tizimlar ichida eng ommabobi hisoblanadi. EHM ning birinchi davrida operatsion tizim hali ishlab chiqilmagan davrda katta va qimmat hisoblash mashinalarini faqatgina bitta odam(foydalanuvchi) foydalana olgan. Unga misol qilib, IBM 701, Fortran Monitor System uchun yaratilgan General Motors Operating System(GMOS) va IBM 709 uchun ishlab chiqilgan North American Aviation ni keltirishimiz mumkin. 1960 yilda Massachusets texnologiya universitetida GE-645 mashinasi uchun eksperemental operatsion tizim — Multics (Multiplexed Information and Computing Service) yaratildi. Ushbu operatsion tizimni yaratuvchilaridan biri AT&T kompaniyasi loyihadan ajralib chiqib, 1970 yilda o'zining shaxsiy Unix operatsion tizimini yaratdi va uni ishlashi uchun C dasturlash tilidan foydalanadi.
1991 yil 25 avgusta USENET nomli konferenstiyada Linus Torvalds o'zining Linux nomli operatsion tizimini e'lon qilib, bu unchalik katta loyiha emasligini ta'kidlab o'tdi. Bir necha oylardan so'ng Tarvalds barchani bu loyiha ustida ishlashga taklif etdi. Shundan so'ng C dasturlash tilidan xabardor juda ko'p foydalanuvchilar o'z kodlarini jo'natib, operatsion tizimni mukammal ko'rinishga olib kelishga xarakat qilishdi. Operatsion tizimning ishlovchi yaxshi varianti 1995 yilda shakllandi. Shunday bo'lishiga qaramasdan, 1997 yilga borib 6 millinga yaqin shaxsiy kompyuter va serverlarga GNU/Linux operatsion tizimi o'rnatildi. Bu operatsion tizimni foydalanuvchilarini aniq hisoblab bo'lmaydi, chunki bu operatsion tizimni istalgan foydalanuvchi, istalgan kompyuteriga o'rnatish mumkin, eng asosiysi hech qayerda ro'yxatdan o'tish shart emas.
Hozirgi kunda Linux operatsion tizimini asosan server kompyuterlariga o'rnatishmoqda. Chunki bu tizim xavfsizlik jihatidan juda kuchli hisoblanadi. Bu tizimni juda ko'p distributivlari(Mandriva, Gentoo, Redhat,.. )mavjud bo'lib, ularning versiyalari ham juda tez suratda yangilanib bormoqda.
|
| |