|
Red Hat Enterprise Linux (RHEL)-
|
bet | 6/7 | Sana | 10.06.2024 | Hajmi | 1,09 Mb. | | #262324 |
Bog'liq feruzaaaaaaaa (2)Red Hat Enterprise Linux (RHEL)-bu korporativ muhitlar uchun mo’ljallangan va serverlar adminstratorlari orasida ancha mashhurlikka erishgan Linuxning pullik distributivi hisoblanadi.RHEL ishonchli, xavfsiz va keng miqyosdagi platformani taqdim etadi.Bu eng uzoq vaqt davomida qo’llab-quvvatlanadigan Linux distributivlaridan biridir.RHEL ko’plab ajoyib vositalarni(tools) taklif etadi.Ushbu distributiv pullik bulishiga qaramasdan uning ochiq serverlarda saqlanadigan kodlari bilan tanishib chiqish mumkin.
RHEL barqarorlik, xavfsizlik va samaradorlikka qaratilgan bo’lib, u asosan o’ta muhim va xavfsizligi o’ta yo’qori bo’lgan obyektlarda foydalaniladi.LTS versiyasi 10 yillik qo’llab-quvvatlashni taklif qiladi
Fedora Server eng yangi open source texnologiyalarini yetkazib berishga qaratilgan bo’lib, server kutarish uchun ilg’or platformani taqdim etadi.Fedora Server dan tashqari, Fedora ning serverlar uchun ishlatiladigan boshqa versiyalari ham mavjud bular: Fedora CoreOS va Fedora IoT.
Fedora CoreOS konteynerlar yaratishga ixtisoslashgan distributivga aylandi.Bu uni ba’zi mutaxassislar uchun eng muhim va mashhur distributivga aylantirdi.Fedora Serverda versiya yangilanishlari juda tez amalga oshiriladi bu esa o’z navbatida dasturiy ta’minotlar va funksiyalarning eng oxirgi versiyaga doimiy yangilanib turishini ta’minlaydi.
4-rasm
Asosiy e’tibor innovatsiyalar,moslashuvchanlik va hamjamiyatning faol ekotizimiga qaratilgan.Fedora Server uchun minimal talablar 64-bitli protsessor, 2 GB operativ xotira va 20 GB qattiq xotira.
Fedora Server eng so’nggi dasturiy ta’minot paketlari va xususiyatlarini taklif qilib, open source manbalarni ishlab chiqishda yetakchi hisoblanadi.Bu xavfsizlikning munosib darajasini saqlab qolgan holda, tajriba va eng yangi texnologiyalarni bitta distributivga birlashtirgan operatsion tizim hisoblanadi.
Fedora Serverda yangilanishlarning tez tez chiqarilishi dasturiy ta’minotlarning «stable» muddati boshqa distributivlarga qaraganda kamroq bo’lishiga olib kelishi mumkin.Ya’ni uzoq muddatli barqarorlik ustuvor bo’lgan server muhitlari uchun Fedora mos kelmasligi mumkin.Fedora Server tizimini ishlatish va unga xizmat ko’rsatish keng texnik ko’nikmalarni talab qilishi mumkin.
Arch Linux — bu soddaligi va minimalist dizayni bilan mashhur bo’lgan yengil va juda moslashuvchan Linux distributivi hisoblanadi.Arch Linuxda ustuvor yunalish bu dasturiy ta’minotlar va tizim yangilanishlarning doimo eng so’nggi versiyalaridan foydalanish.Arch Linux sodda va foydalanuvchiga yo’naltirilgan dizayn shuningdek minimal tizim sozlamalariga moslashtirilgan.U dasturiy ta’minotlarni o’rnatish va yangilash uchun hamjamiyat tomonidan yaratilgan Pacman paket menejeri va Arch User Repository (AUR) repozitoriyasidan foydalanadi.Yengil,minimalist dizayn va juda ko’p modifikatsiyaga ega bo’lganligi bilan ArchLinux Linuxda ishlashni endi boshlaganlar uchun u qadar mos kelmaydi.
5-rasm
Arch Linux uchun tizim talablari o’rnatish vaqtida tanlangan maxsus apparat va dasturiy ta’minotga qarab farq qilishi mumkin.Odatda, 64 bitli protsessor, 512 MB operativ xotira va 1-2 GB domiy xotira talab qilinadi.
Arch Linux foydalanuvchilarga o’z xohishlariga mos tizim yaratish imkonini beruvchi toza va minimalistik muhitni taklif etadi.Arch Linux boshqa distributivlarga qaraganda o’rnatish va sozlash uchun Linux buyicha «chuqurroq» bilim talab qiladi.Bu yangi boshlanuvchilar yoki avtomatlashtirilgan tizimni xohlaydigan foydalanuvchilar uchun mos kelmasligi mumkin.
|
| |