Amaliy. Ta’lim oluvchilarning texnik ijodkorlikga o’rgatish jarayonlarini tashkil etish va boshqarish




Download 37.5 Kb.
bet1/2
Sana01.08.2023
Hajmi37.5 Kb.
#77848
  1   2
Bog'liq
13-14 Amaliy Tex Diz(2-kurs) (1)
Geografiyaga kirisiu paninen tekst lektsiya, 650-20, differensial tenglamalar, Texnik xususiyatlari. Vesta Cross, O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziligi fa, alMUQ9LXYSQ3eOAWuTy27izcjyBG2z3Be3lavZeX, Mavzu O‘zbekistonda axborot kommunikatsiya sohasini rivojlanti, Fevral inqilobi - Vikipediya, Mustaqil ish32, Mustaqil ish35, Mustaqil ish36, sherimmatov murodjon, 18 YOSHGA TO‘LMAGAN SHAXSLAR MEHNATIDAN FOYDALANISH MAN QILINGAN OG‘IR VA ZARARLI MEHNAT SHAROITLARI BILAN BOG‘LIQ ISH VA KASBLAR RO‘YXATI, Бир ўзгарувчи функциясининг интеграл исоби, 2-3 tarjiba ish Jumaboyev

13-14 – Amaliy .Ta’lim oluvchilarning texnik ijodkorlikga o’rgatish jarayonlarini tashkil etish va boshqarish.
Texnik ijodkorlikda ishlatiladigan metodlar , texnik ijodkorlikda ishlatiladigan metodlarning afzalligi va kamchiliklari , ijodkorlik faoliyatining roli . Ixtirochilikda kuzatuvchanlik , intuitsiya , intellektning ahamiyati . Ijodiy masalalar yechishning adekvat metodlari : sinektika , nazariy va morfologik tahlil metodlari , funksional tannarx metodi . Ixtirochilarning shaxsiy - psixologik xislatlari : ijtimoiy xislatlar , tajriba - xislatlar turkumi , aqliy xislatlar turkumi , irsiy xislatlar turkumi . Texnik ijodkorlikda ishlatiladigan metodlar Birinchi texnik qurilmalar va sodda mexanizmlar paydo bo'lishi bilan insoniyat o'z oldiga har xil qiyinchilikda va ahamiyatga ega bo'lgan texnik vazifalarni yechishga harakat qiladi . Insoniyat o`sib kelayotgan ehtiyojini qoniqtirish va mehnatini yengillashtirish maqsadida yangi texnikani va mashinalarni yaratishga , uning ish unumdorligini oshirishga va foydali ish koeffitsientini ko'paytirishga harakat qiladi . Ko'p vaqtlar ijod bilan faqat qobiliyatli odamlargina shug'ullanadi deb tushunishgan . Ilm , fan va texnikaning o'sib borishi shuni ko'rsatadiki , ko'p sonli maxsus tayyorgarlikdan o`tgan odamlarning tayyorgarligi tufayligina ilmiy - texnik taraqqiyotining rivojlanishini ta'minlay oladi . Sanoat ishlab chiqarishida yuzaga kelgan ehtiyoj texnika taraqqiyotini jadallashtirishga xizmat qiluvchi muhim omillardan biri hisoblanadi . Bu fikrni aynan texnika ijodkorligiga nisbatan ham qo'llash mumkin . Asrimizning 40 - yillarida texnik yechimlarni tadqiq qilishning faol uslublariga ehtiyoj kuchayadi . Bu boradagi metodlarning yetishmasligi atom energetikasi , raketasozlik , elektron - hisoblash mashinalarini takomillashtirish ishlarining rivojiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda edi .
Bu davrda turli yo'nalishlarda izlanishlar olib borilishi natijasida quyidagi holatlar aniqlandi :
- birinchidan , murakkab masalalarni hatto daho insonlar ham yakka o'zlari yecha olmasligi , ijod qilishning jamoa usuliga zarurati asoslandi ;
- ikkinchidan , texnik yechimlarni ishlab chiqishga ajratilgan vaqtning qisqaligini e'tiborga olib ilmiy izlanishlar uzluksiz ravishda yangi g'oyalarning ishlab chiqilishi bilan birgalikda olib borilishi lozim ;
- uchinchidan , mavjud bo'lgan ko'plab g'oyalar orasidan asosli va samarali bo'lganlarini ajratib olish yo'llarini belgilash Amal va xato metodlari Ijod qilishni o'rganish uchun uning qobiliyatlarini bilish kerak .
Oldingi vaqtlarda yani qurollanish davrlarida ixtirochilik bilan shug'ullanishda faqat bitta Amal va xato» metodidan foydalanilgan . Ular o'zlarining ish jarayonlarida texnik masalalarni yechishda har xil ( ko'p ) amallami bajarishda ko'p xatoliklarga yo'l qo'yiladi va bu xatoliklami minimumga keltirishga harakat qilinadi . Har xil texnik masalalami yechishda ixtirochilar « Amal va xato » metodlarini qo'llaydilar . Uning mohiyati shundan iboratki texnik masalalarni hal etishda ixtirochi bor imkonini variantlarining hammasini qo'llagan holda quyilgan talabga javob beradigan bittasini tanlaydi . Texnik masalalarni yechishda ko'proq ixtirochining kuzatuvchanligi , intuistiyasi , intellekti ahamiyatga molik .
« Amal va xato» metodining afzalligi va kamchiliklari « Amal va xato» metodining kamchiligi ham undan foydalanish metodikasini yaratish juda murakkab . Har bir yangi texnik masalani yechishda ixtirochi ishni yangidan boshlashga majbur . « Amal va xato » metodi juda og'ir mehnatni talab etadi va undan foydalanishda masalalarni muvaffaqiyatli yechishga kafolat bera olmaydi . Ilmiy texnika taraqqiyot sharoitida texnikaning rivojlanib borishida ulkan g'oyali , katta effekt beradigan metodlarni foydalanishni taqozo etadi . Lekin tajriba shuni ko'rsatadiki , texnik masalalarni yechishda foydalaniladigan barcha metodlarda « Amal va xato» metodi elementlari ma'lum darajada ishlatiladi .

Download 37.5 Kb.
  1   2




Download 37.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Amaliy. Ta’lim oluvchilarning texnik ijodkorlikga o’rgatish jarayonlarini tashkil etish va boshqarish

Download 37.5 Kb.