• Texnika xavfsizligi kursini tinglash.
  • Amaliyotni o‘tash bilan bog‘liq hujjatlarni rasmiylashtirish




    Download 10,8 Mb.
    bet2/6
    Sana20.06.2024
    Hajmi10,8 Mb.
    #264838
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    hISOBOT qMbCH

    Amaliyotni o‘tash bilan bog‘liq hujjatlarni rasmiylashtirish.
    Amaliyotni o’tashga doir bo’lgan o’zaro korxona va institut o’rtasidagi shartnomalar, buyruq, aloqa xatilari rasmiylashtirildi
    Korxonaga tashrif buyurish:
    Kafedrada bo’lib o’tadgan amaliyot oldi seminaridan keyin amaliyot o’tash joyimga ya’ni Farg’ona viloyati Beshariq tumani Arxitektura va qurilish bosh boshqarmasiga yetib keldim . Korxona raxbari menga Bosh muxandisni amaliyot raxbari sifatida tayinladi, ish stoli va ishchi jixozlar bilan taminladi. Men Bosh muxandis qo’l ostida amaliyotni boshladim
    Texnika xavfsizligi kursini tinglash.
    Korxonaning texnika xavfsizligi bo’yicha mutaxasisi bizga 2 soatlik dars o’tib tushuntirish ishlarini olib bordi, va quidagilarni tushuntirdi:
    Qurilish maydonlarida xavfsizlikning etakchi xavf-xatarlari orasida yiqilish, ob'ektlar orasiga tushib qolish, elektr toki urishi va narsalar urilishi kiradi. Ushbu xavflar butun dunyo bo'ylab qurilish maydonlarida jarohatlanish va o'limga olib keldi. Xavfni identifikatsiyalashda muvaffaqiyatsizliklar ko'pincha ishchilarning cheklangan yoki noto'g'ri o'qitilishi va nazorati bilan bog'liq. Cheklangan mashg'ulotlar olib boriladigan joylar xavfsizlikni loyihalash, xavfsizlikni tekshirish va xavfsizlikni kuzatish bo'yicha vazifalarni o'z ichiga oladi. Ushbu sohalarning birortasida ishlamay qolish ishchilarning qurilish muhitida zararlanish xavfini oshirishi mumkin.


    Qurilish maydonchasi va ish jovini tashkil qilish QMQ 3.01.02-00 «qurilishda xavfsizlik texnikasi»ga asoslanib amalga oshiriladi. Har bir qurilish maydonida xavfsizlik texnikasi va yong‘in xavfsizligi bo'yicha tadbirlarini o’z ichiga olgan «Ishlab chiqarish ishlari loyihasi» (IChIL) deb nomlangan hujjat bo‘lishi kerak. Ishlab chiqarish ishlari loyixasi qurilish boshqarmasining bosh muhandisi tomonidan tasdiqlanib, qurilish ishlarini boshlashdan ikki oy oldin qurilish joyiga beriladi. Bu xujjatsiz qurilish - montaj ishlarini bajarishga ruxsat etilmaydi. Qurilish joyiga ish boshqaruvchilar (uchastka boshlig‘i, ish yurituvchi yoki ustalar) mazkur loyiha bilan tanishib, shu xujjat asosida qurilish maydonchasi va ish joyini tashkil qilish uchun bir qator tayyorgarlik ishlarini bajaradilar. Avvalo qurilish maydonchasi tashqi muhitdan taxta to‘siqlar bilan (to‘siqlarning balandligi 1,6 metrdan kam bo'lmasligi kerak) o'ralib, transport vositalari va ishchilar kirib-chiqishi uchun darvoza o‘rnatiladi. Darvoza oldiga transport vositalarining qurilish maydonchasida harakatining sxemasi va bino pasporti ham o‘rnatiladi. Sxemada qurilish materiallari va konstruksiyalarini tashiydigan transport vositalarining qurilish maydonchasidagi harakat tezligi, qaerda to'xtashi, yuklash-tushirish ishlarini bajaradigan joylar, xavfli zonalar va yana orqaga qaytadigan yo‘lning belgisi ko‘rsatiladi. Xaydovchilar shu sxema orqali qurilish maydonchasida aniq va puxta harakat qilishlari kerak.
    Ish joylarini shunday tashkil etish kerakki, qurilish ob’ektlarida ishlayotgan har bir ishchining hayoti va sogiig‘iga biror moslama yoki vositalar tomonidan xavf solinmasligi lozim, ya’ni ishchilaming bemalol mehnat qilishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lishi kerak. Qurilish ob’ektida odamlar o‘tadigan joylardagi qazilgan kotlovan va chuqurliklar biron bir kishining tushib ketmasligi uchun to'siqlar bilan o‘ralib, o‘tish joyiga kengligi 0,6 m dan kam bo‘lmagan ko‘prikchalar o‘rnatiladi. Ko‘prik yon tomonlaridagi to‘siqlarning balandligi 1 m dan kam bo'lmasligi kerak
    I
    Download 10,8 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 10,8 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Amaliyotni o‘tash bilan bog‘liq hujjatlarni rasmiylashtirish

    Download 10,8 Mb.