shlab chiqarish jarayoni bilan umumiy tanishish




Download 10,8 Mb.
bet3/6
Sana20.06.2024
Hajmi10,8 Mb.
#264838
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
hISOBOT qMbCH

shlab chiqarish jarayoni bilan umumiy tanishish
Korxona asosan turar-joy binolari qurilishi bilan shug’ullanadi. Qurilish ishlarini olib borishda monalit sistemadan foydalanadi. Men amaliyot olib borgan qurilish abyektida 64 ta xonadondan iborat 9 qavatli 1-qavati savdo majmuasi, 2-9-qavatlari turar joy binosi qurilish ishlari olib borilmoqda. Qurilishda bino konstruksiyasi M400 markali beton maxsulotidan yaxlit monalit quyish orqali qurilmoqda. Bino ichki va tashqi devorlari D500 markali gazoblok materialidan qurilmoqda. Binoda yerto’la qavati mavjud bo’lib, bir qismi binoning texnik qavati vazifasini bajaradi, qolgan qismidan savdo majmuasi sifatida foydalanishgan mo’ljallangan. Yerto’la qavati tashqi tomondan gidroizoliatsiya qilingan, gidroizol ustidan penopleks yordamida issiqlik izolyatsiyasiqilingan, izolyatsiya ximoyasi sifatida keramik g’isht bilan devor urilgan
Asosiy qism
2023 yil 12 iyun kuni institutning fa’ollar zalida kafedra mudiri Sh Egamberdiyeva va amaliyot raxbarim ishtirokida amaliyotga chiqishning tartib qoidalari va bajarilishi kerak bo‘lgan ish turlari bilan tanishtirildim. Shundan so‘ng amaliyot raxbarim T. Yusupova texnika xavsizligi,yo‘l xarakatlari qoidasi,yong‘in xavsizligi qoidalari bilan tanishtirdi. Yo‘riqnomada kunlar isib ketganligi sababli cho‘milish mumkin bo‘lmagan joylarda cho‘milmaslik xaqida ogoxlantirildim.
Andijon iqtisodiyot va qurilish institutining buyrig‘iga asosan 144 soatlik (ikki xaftalik) tanishuv amaliyotiga chiqdim. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, Fan va Innovatsiyalar vazirligining 1998 yil 30 oktabrdagi 305-sonli buyrug‘iga asosan Andijon iqtisodiyot va qurilish institutining ichki buyruq asosida institutdan menga”Amaliy matematika va informatika” kafedrasidan katta o’qituvchi G‘.Teshaboev amaliyot raxbari etib tayinlandi. Kafedra mudiri tomonidan amaliyot davrida sababsiz qatnashmaslik, amaliyot joyiga kech qolmaslik kunlik kundaliklarni vaqtida to‘ldirish, agar kundalik va xisobotlarni yozishni bilmasam amaliyot raxbarimdan o‘rganib yozishligimni tushuntirdi. Shu kuni bizni amaliyot raxbarimiz Amaliyot dasturlari bilan ishlashni o‘rgatdi. Kundalik va xisobot yozishlarni tashkilotlar tomonidan qurilayotgan bino va inshootlarni borib ko‘rganda nimalarga aloxida etibor qaratishimizni nimalarni ko‘proq o‘rganishimizni tushuntirib o‘tdi va ishuday qilib birinchi amaliyot kunimizni yakunladik.
Amaliyotimini ikkinchi kuni men Andijon shaxridagi “Q.M.I.Ch.K” Masuliyati Cheklangan Jamiyatga bordim. Hozirgi vaqtda hukumatimiz tomonidan qurilish materiallarini ishlab chiqarishga katta e’tibor qaratilmoqda. Ilgari xorijiy mamlakatlardan import qilinadigan qurilish mollari endilikda o’zimizda mahaliy ishlab chiqarish korxona va zavodlarida ishlabchiqarilmoqda. Misoltariqasida shuni aytib o’tish keraki mamlakatimizda yuqori sifatli sement xom ashyosi ishlab chiqarish natijasida yuqori sifatli beton ishlab chiqarish rivojlandi
Xususan Andijon shahridagi “Q.M.I.Ch.K” MCHJ korxonasi bugungi kunda nafaqat viloyat uchun balki Respublikamizning boshqa hududlariga ham yuqori sifatli beton maxsulotlarini yetkazib bermoqda. Korxonada amaliyotimning dastlabgi kunlarida beton ishlab chiqarish uchun kerakli bo’lgan birlamchi maxsulotlar bilan tanishdim

Amaliyotimning uchinchi kuni men “Q.M.I.Ch.K” M.Ch.J. tomonidan ishlab chiqariladigan maxsulotlar va ularni ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdim. Xususan yo’l qoplamalari (buruchatkalar), yo’l chetiga va markaziga quyiladigan to’siqlar (bardeyorlar), tom yopmalar (plitalar), beton lotoklar, yuk ko’taruvchi ustunlar va boshqa beton maxsulotlari bilan yaqindan tanishdim va ularning o`lchamlari bilan ham tanishib o`tdim. Misol uchun beton lotoklarning standart uzunliklari LK – 1m, 2.5m, 3m, 4m, 5m, 6m bo’ladi.



Yuk ko’taruvchi va katta hajmdagi beton maxsulotlaring ichgi asoslariga armatura (po’latdan) yoki aramturadan to’qilgan panjara joylashtiriladi va uning ustidan beton quyiladi. Misol uchun tom yopma plitalarning chetgi qismlariga nisbatan zichroq armatura joyladandi chunki plitalarga og’irlik aynan chetlariga ko’proq tushadi.
Amaliyot davomida beton maxsulotlarning turlari va ularning o’ziga xos xususiyatlari haqida bilim va ko’nikmalarga ega bo’ldim.
Amaliyotning to’rtinchi kunida Andijon shahridagi “Master Profil” MCHJda bo’ldim Hozirgi kunda, nafaqat sanoat binolari uchun, balki turar-joy binolari qurilishi uchun turli-tuman yangi qurilish materiallari, an’anaviy konstruksiyalarga nisbatan ancha yengil konstruktiv yechimlar tavsiya qilinmoqda. So‘nggi yillarda Rossiyada, AQShda va Yevropada bukilgan profillardan tayyorlanadigan yengil po‘lat yupqa konstruksiyalar (YePYuK)ga qiziqish juda ko‘chaygan, ularning texnik-iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi aniqlangan. Hozirgi kunda Rossiyada YePYuK ning qo‘llanilish hajmi yiliga 900 ming tonnadan oshgan. Taqqoslash uchun shuni ta’kidlash mumkinki, bu ko‘rsatkich AQShda va Buyuk Britaniyada mos ravishda 6 va 3,5 mln tonnani tashkil qiladi.

Dastlab korxonaning sotuv bo’limi bilan tanishdim. U yerda korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan maxsulotlar bilan tanishib chiqdim. Maxsulotlar asosan ichgi bozorni taminlashga qaratilgan bo’lib asosiy haridorlar mahaliy qurilish firmalari edi.
Xususan korxonada Cherpitsa, Tarnov, Tunukafon, Profnastil buramixlar (samarez) va boshqa shunga o’xshash maxsulotlar va ularning qo’shimcha qismlar ishlab chiqarilishi borasidagi ko’nikmalarga ega bo’ldim. So’ngra korxonaning ishlab chiqarish sexiga o’tib ishlab chiqarish jarayoni o’z ko’zim bilan kuzatdim. Asosan birlamchi maxsulot po’lat va aluminy listlar tayor o’ram shaklida korxonga keltiriladi va kerakli o’lchamlari kesib olinib shakl berish uchun boshqa dasgohlarga uzatiladi
Dasgohlar asosan kesuvchi, buklovchi va shakl beruvchi turlarga bo’linadi va shu kabi birnechta bosqichlardan o’tib so’ngra maxsulot bozorga chiqadi.
Amaliyotimning beshinchi kuni men Andijon shaxridagi “ABREST” masulyati cheklangan jamiyat xususiy loyihalash firmasida bo’ldim. Zamonaviy qurilish materiallarini ishlab chiqarish va tabiatni yaxlit doimiy dinamik tizimi sifatida ko‘rishni, ushbu tizimni buzishga qaratilgan har qanday harakatning oldini olishni, tabiatning go‘zalligi, uning o‘ziga xosligi va ne’matlarini saqlab qolish va takomillashtirish, tabiat landshafti va inson faoliyati orasidagi uyg‘unlik va ekologiyani ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishini ham o‘z oldiga vazifa qilib qo‘yadi. Zamonaviy qurilish materiallarini ishlab chiqarish, ya’ni aholi punktlarining ochiq muhitlarini inson va hudud, tabiat orasidagi garmonik munosabatlarga keltirishdek ustuvor vazifalarga mos keladi va ularni bajarishda asos bo‘lib xizmat qiladi.

Mamlakatimizda Zamonaviy qurilish materiallarini ishlab chiqarish va landshaftni uyg‘unli takomillashtirishni ijtimoiy- iqtisodiy masalalalar bilan bir qatorda yuqori malakali muxandislar va dizaynerlar ishtirokisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Xususan korxonada zamonaviy loyihalash dasturiy taminotlari bo’lmish AutoCaD, CorelDraw,Lira va Rewit dasturlari orqali binolarning plani, 3d ko’rinishi va dizayni shaklantiriladi. Misol uchun Rewit dasturi nafaqat binoning planini balki unga ketadigan sarf-xarajatlarni ham hisoblab beradi.
Amaliyotning oltinchi kuni men institutga amaliyot raxbarimiz oldiga kelib kundaligimni to‘ldirilishi va xisobotimni yozilishini ko‘rsatdim. Xisobot yozishimdag kamchiliklar xaqida tushuncha olib kamchiliklarimi shu joyni o‘zida to‘g‘rilab yozdim.Ikkinchi xafta dovomida bajarishim va borib ko‘rishim mumkin bo‘lgan jabxalar xaqida rejalarni oldim
Amaliyotning ikkinchi haftaligining birinchi va ikkinchi kunlari “Yangi Andijon” shaharchasida bo’ldim. Andijon viloyatining aholisi zich, yer maydoni kam boʻlgani bois aholini turar joy bilan taʼminlash masalasi har doim kunning eng dolzarb mavzusiga aylangan. Shu bois bu muammoning ijobiy yechimini taʼminlash borasida hukumatimiz tomonidan mos ravishda chora-tadbirlar qoʻllanilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2021-yil 12-iyul kungi “Yangi Andijon” shahrini barpo etish ishlarini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori bunga misoldir. Ushbu qarorga binoan Andijon tumanining adirliklari hududidagi oʻzlashtirilmagan yer maydonida yangi shahar qad rostlamoqda. 4 ming gektar yer maydonida barpo etilayotgan maskanda 440 ming aholi uchun turar joy, ijtimoiy va xizmat koʻrsatish sohasi obyektlari, kichik sanoat va yashil hududlar bunyod etish koʻzda tutilgan. Hozirda uning birinchi bosqichi amalga oshirilyapti. Loyiha foydalanishga topshirilgach, 121 ming nafar hamyurtlarimiz oʻz uylariga ega boʻladilar.

Amaliyotning dastlabki kunida u yerda qurilishi mo’ljallangan obektlar bilan tanishdim. Ushbu massivda uy-joylar bilan birga aholi uchun zarur boʻlgan 420 oʻrinli maktabgacha taʼlim tashkiloti, 1 ming 680 oʻrinli maktab, 250 qatnovga moʻljallangan oilaviy poliklinika hamda 2 ming ish oʻrniga ega boʻlgan fabrika foydalanishga topshirilishi ko’zda tutilgan.


Qurilish jarayonini dastlab qatlava (qazishma)ishlar bilan tanishishdan boshladim binoning qavatlari qancha ko’p bo’lsa qatlava ham chuqquroq kavlanadi. Qatlavaning pastgi qismi Gurunt deb ataladi. Bino poydevoring mustahkamligi qatlavaning aniq qazlanishiga bog`liq buladi. U yerdagi ko’p qavatli binolaning qurilishida zamonaviy qurilish usullaridan biri bulmish Monolit usulida barpo etilmoqda. Bu uslubdagi binolar asosan temirbetondan quriladi. 2021−2041 yillarda yangi shahar sakkiz bosqichda qurilishi va unda 450 mingdan ziyod kishi istiqomat qilishi kutilmoqda.
Amaliyotning ikkinchi haftaligining uchinchi va to`rtinchi kunlari men Andijon shaxridagi “Xamkor trans baraka” masulyati cheklangan jamiyat tomonidan qurilayotgan loyixa asosidagi ko‘p qavatli turar joy binolarini loyixasi bilan tanishib u yerdagi landshaf ishlari bilan tanishdim. Dastlabki kunda korxonaning boshqaruv strukturalarini o’rgandim. U yerda korxona rahbari, korxona bosh ish boshqaruvchisi, bosh muhandis, texnik xavfsizlik bo`limi boshlig`i, buxgalter, korxona yuristi va boshqa boshqaruv strukturalarining ishlash jaryonlari kuzadim va kerkali ko’nikmalarga ega bo`ldim.

Ikkinchi kuni “Xamkor trans baraka” MChJ tomonidan qurilayotgan 32 xonadonli turar joy binosi bilan tanishish uchun bordim .U yerda bizni qurilish ish yurituvchi qurilish jarayonlari bilan tanishtirdi. Olgan ta’surotlarimga qarab men shuni ta’kidlashim zarurki, zamonaviy qishloq aholi punktlari hududlari, ayniqsa, mustaqillik yillarida qurilayotgan qishloq binolari, xususan ma’muriy, madaniy– maishiy, savdo va turar joy mahallalari hududining landshaft yechimlari va dizayni, ularni ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish usullari shaharlarnikidan katta farq qilmasligi kerak.
Amaliyotning ikkinchi haftaligining beshinchi va oltinchi kunlari amaliyotimning oxirgi haftaligidagi ko`rgan jarayonlarimni taxlili va hisobotlarin yozdim va inistitutga kelib amaliyot rahbarim bilan o`z fikr mulohazalarimni o`rtoqlashdim. Amaliyotning so`ngi kunida tanishuv amaliyoti davrida to`plagan barcha ma’lumotlarimni jamlab, amaliyot kunlagi va hisobotlarimni yozib himoyaga tayyorlandim.

Download 10,8 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 10,8 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



shlab chiqarish jarayoni bilan umumiy tanishish

Download 10,8 Mb.