Amir temur va temuriylar davrida tasviriy san’AT




Download 75 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi75 Kb.
#73149
Bog'liq
1.gazetaga Baymurzayeva Oykaram
1-Ma\'ruza, 7-mavzu, 3, 3, Asosnoma-SA’DULLAYEV BOTIR QAHRAMON O‘G‘LI, tarix-seminar-test-javoblari, 4-topshiriq-4, fiziologiya(1), Elektr va magnetizm (YaDAK u-n test), 1- Darsga havola, 1 (2), 11 (22), 309928d4b100a5d75adff48a9bfc1ddb, 1-mavzu, 9

AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA TASVIRIY SAN’AT

Amir Temur temuriylar davlatining qudratli, kuragi yerga tegmagan sarkardasi, ruhshunos, notiq, madaniyat homiysi, shu bilan birgalikda elu-yurtini sevgan va uni mashxuri jaxon qilgan buyuk tarixiy shaxs hamdir. U buyuk saltanat hukmdori sifatida markazlashgan davlatlarga asos soldi va uni har tomonlama rivojlantirib, mustahkamlab, shon-shuhratini butun jahonga yoydi. Millatlarni, xalqlarni birlashtirdi.


Sohibqiron davrida madaniyat, ilm-fan, san’at va boshqa barcha sohalar rivojlanishining kamolot cho‘qqisiga ko‘tarildi. Shu qatori o‘zbek milliy tasviriy san’ati ham yuksak darajada rivojlandi. Bir so‘z bilan aytganda temuriylar uyg‘onish davriga asos solindi.
Xullas turonzamin Amir Temur va temuriylar davrida amaliy san’atda ana shunday ulkan rivojlanishlar davri bo‘ldi.
Mohir sarkarda ilm-fan, madaniyat va san’at homiysi Amir Temur ana shunday buyuk, tarixiy shaxslardan biridir.
Amir Temur va Ulug‘bek davrida tasviriy san’at turli yo‘nalish bo‘yicha yuksaldi. Islomda jonli narsalar tasviriga sig‘inmaslik tasviriy san’atda naqshning ravnaqiga sabab bo‘ldi. o‘rta Osiyoda arablar bosqini tufayli to‘xtab qolgan devoriy suratlar va umuman tasviriy san’at Temur davrida yangi shakl va mazmunda tiklandi. Xattotlik- qo‘lyozma adabiyotning ajralmas bir qismi hisoblangan. Miniatyura- tasviriy san’atga ham avvalo naqsh sifatida qaralgan. Temuriylar davrida tiklangan devoriy suratlar esa XVI asrda yana to‘xtab qoldi. Samarqanddagi Temuriylarning saroy-qarorgohlarida qabul marosimlari, jang voqealari, ov manzaralari, xalq bayramlari tasviri tushirilgan devoriy suratlar bo‘lgan. Temur, o‘g‘illari, nabiralari, ayollari va kanizaklari tasviri bu devoriy suratlarda aks ettirilgan Ulug‘bek devorida ham devoriy suratlar mavzu jihatdan rang-barang bo‘lib, uslubiy jihatdan miniatyura janriga yaqin bo‘lgan. Bu davrda qayta ko‘chirilgan Abdurahmon as-So‘fiyning (X asr) falaqiyotga oid asariga ishlangan bir suratda Andromeda yulduzlar turkumi Chochlik ayol qiyofasida tasvirlanadi. Samarqand rasadxonasida esa to‘qqiz falak ko‘rinishi, yetti gardish, yetti yulduz-yoritqich daraja, vaqt bo‘limlari, Yer yuzining yetti iqlimi tasvirlangan.
Amir Temur davrida Samarqandda miniatyura rassomchilik maktabi tashkil topdi. hozir Turkiya va Berlin kutubxonalarida saqlanayotgan ko‘chirma- homaki miniatyura nusxalari XIV-XV asrlarga oid bo‘lib, bu miniatyuralarda Sharqiy Turkiston san’atiga xos bo‘lgan Turkiy obrazlarda Xitoy rassomchiligi ta’siri sezilib turadi ularda alohida shaxslar, daraxtlar, gullar, kichik kompozitsiyalar, naqshlarda chiziqlar uyg‘unligi, harakatlar aniqligi, qiyofalarning o‘z o‘rnida joylashtirilishi bilan ajralib turadi.
Miniatyura rassomchiligining taraqqiyoti adabiyotning rivoji bilan bog‘liq bo‘lgan. Musavvirlar Firdavsiy, Nizomiy, Dehlaviy, so‘ngra Jomiy va Navoiy asarlariga rasmlar ishlagan. XIV asrda «Jome’ ut-tavorix», «Tarixi Rashidiy» kabi tarixiy asarlarga ham miniatyuralar ishlagan. Bu an’ana Temuriylar davrida ham davom ettirilib, «Zafarnoma» va «Temurnoma» asarlarida jang lavhalari tasvirlanadi. Ayrim hollarda diniy asarlarga ham Makka va Madina tasviri tushirilgan. Badiiy asarlarning ba’zilarida Muhammad payg‘ambarning (yuzi niqobda) odamlar orasida turgan holati va me’rojga chiqishlariga oid lavhalar uchraydi.
XV asr miniatyuralarining aksariyatida sharq she’riyatining qahramonlari-Layli va Majnun, Xusrav va Shirin, Rustam, jang lavhalari tasvirlanadi. Umuman miniatyura san’ati Iroq, Eron, Xuroson, Movarounnahr va Hindistongacha hududda bir davrga xos badiiy- estetik hodisa edi. Bu hodisa Temuriylar bilan bog‘liq bo‘lib, temuriylarning Bag‘dod, Sheroz, Tabriz, Hirot, Samarqand, Dehli kabi markazlarida bir necha miniatyura maktablari vujudga keldi.
Samaqanddagi saroy musavvirlari Abul Xayya va uning shogirdlari Shayx Mahmud Taliliy, Pir Ahmad Bog‘i Shamoliy, Muhammad bin Mahmudshoh, Darvesh Mansurlar ishlagan rasmlar nozik, bo‘yoqlar ustalik bilan qo‘llangan. ularning miniatyuralari temuriylar davriga xos ov-shikor mavzuida yaratilgan. 1420 yildan keyin Boysunqur Mirzo Hirotda xattotlik va naqqoshlik ustaxonasi tashkil qilgach bu rassomlarning ayrimlari hirotga ko‘chib o‘tadi. Abul hayya tarixiy asarlariga ishlagan miniatyuralarda Amir Temur va temuriylarning qiyofalari aks etsa, badiiy asarlarga ishlagan rasmlarida ham ular turli holatlarda tasvirlanadi. Xalil Sulton davrida ishlangan ayrim miniatyuralar grafik tarzda, badiiy jihatdan o‘ziga xos «siyohi qalam» uslubida ishlangan. Temur hayotlik davrida uning saroy devorlarida shoh va shahzodalar bor bo‘yida tasvirlanib, haqiqiy portret janrini Kamoliddin Behzod shakllantirdi. Umuman, Temur va temuriylarning qiyofalari tasvirlangan ko‘plab miniatyuralar dunyoning turli kutubxonalarida saqlanmoqda. Ularning aksariyatida rasm chizilgan davr yoki rassom, joy, maktab ko‘rsatilmagan. Biroq, bu miniatyuralarda nur sochib turgan quyoshsimon sherning boshi tasvirlangan tug‘-Temurning gerbi-uning saroyi peshtoqida, Xalil Sulton va Ulug‘bek zarb qilgan tangalarda uchraydi. Shuningdek, tabiat tasvirida to‘q yashil va jigarrang ko‘pligi, kiyimlar turkiy millatga xos bo‘lganligidan bu miniatyuralar Samarqand miniatyurachilik maktabiga mansub deyish mumkin. Chunki, Hirot va Sheroz miniatyuralari qahramonlarining kiyimlari boshqacharoqdir.
Ulug‘bek davrida mashhur bo‘lgan xattot va musavvir asli Obivardlik Sulton Ali Boverdiy miniatyuralari chiziqlarning keskinligi, ranglarning yorqinligi bilan o‘ziga xosdir. Samarqand maktabiga xos bo‘lgan 18 ta miniatyura Nizomiyning»hamsa» asariga va 49 ta miniatyura «Shohnoma» asariga ishlangan bo‘lib hozir Turkiya kutubxonasida saqlanadi. Ulug‘bek davrida as-So‘fiyning «Siljimas yulduzlar ro‘yhati» asariga ishlangan miniatyuralarda xaritalar qizil va qora doiralar bilan katta va kichik yulduzlarning joylashishi ko‘rsatilgan bo‘lib, grafik tarzda rang bermay, qora siyohda chizilgan. Yulduz turkumi oddiy xalq vakili qiyofasida tasvir etiladi. Sharq miniatyurachiligida oddiy xalq hayoti mavzui temuriylar davrida paydo bo‘lgan. Masalan, «Samarqand masjidini qurish», «Iskandar devorini bunyod etish», «Ko‘chmanchilar turmushi», «Jamshidning oddiy xalqqa hunar o‘rgatishi mavzuidagi miniatyuralar bunga misoldir.
Temur darvrida qurilgan Shirinbeka opa, Bibixonim, Tuman opa obidalarida naqqoshlik va xattotlik bilan birga tasviriy lavhalar ham mavjuddir. Shirinbeka opa maqbarasida tasvir ko‘p ranglarda, qolgan ichki bino devorlarida oq va moviy rangdagi tabiat manzaralari tasvirlanadi.
Download 75 Kb.




Download 75 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Amir temur va temuriylar davrida tasviriy san’AT

Download 75 Kb.