Analizning fizik – kimyoviy metodlari. Elektrokimyoviy analiz metodlari Fizik kimyoviy analiz




Download 159,5 Kb.
bet1/13
Sana29.05.2024
Hajmi159,5 Kb.
#256863
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
15. Analizning fizik – kimyoviy usullari


Analizning fizik – kimyoviy metodlari. Elektrokimyoviy analiz metodlari


Fizik kimyoviy analiz - modda yoki sistemaning fizik xossalari bilan uning tarkibi oʻrtasidagi bogʻliqlikni oʻrganadigan kimyoviy termodinamika usuli. Fizik kimyoviy analiza.da sistemaning turli fizik xossalari, koʻpincha fazaviy oʻtish temperaturasi va boshqa issiklik xossalari (issiklik oʻtkazuvchanligi, issiqdik sigʻimi, issiqlikdan kengayishi), elektr (elektr oʻtkazuvchanligi, dielektrik singdiruvchanligi), optik (sindirish koʻrsatkichi), zichlik, qovushqoqlik, qattiqlik kabi xossalari oʻrganiladi. Tekshirilayotgan obʼyektning rentgen strukturaviy analizi, mikroskopik metallografiya va boshqa usullari bilan aniqpanadigan tavsiflaridan ham foydalaniladi.
Fizik kimyoviy analiza.ning asosiy usuli — xossa (tarkib) oʻzgarishi bilan holat oʻzgarishi (tarkib — tra, tarkib — bosim va h.k.)ning geometrik analiziga asoslangan. Chunki fazalar muvozanatlarini analitik aniqlash usuli qiyin boʻlib, fazalar sohasini taqriban aniqlay oladi. Diagrammalarni geometrik analiz qilish usuli faza strukturasi va tarkibining oʻzgarishini toʻgʻri aniklashga imkon beradigan yagona usul hisoblanadi. Bu Fizik kimyoviy analiza.ning baʼzi koʻp fazali, koʻp komponentoy sistemalar — qotishmalar, minerallar, eritmalar, karbidlar, oksidlar, yarim oʻtkazgich va oʻta oʻtkazgich materiallar, organik birikmalardan iborat sistemalar va boshqalarni tadqiq qiluvchi muhim usulga aylanishiga keng yoʻl ochadi.
Fizik kimyoviy analiza. kimyo va kimyotexnologiyaning barcha sohalarida, shuningdek, metallurgiya, geol.mineralogiya tadqiqotlarida va boshqalarda qoʻllanadi.

Analizning fizik-kimyoviy usullari moddaning kimyoviy jarayonida fizikaviy hossalarining o'zgarishini aniqlashga asoslangan.


Fizik – kimyoviy analiz usullarining turlari juda ko'p. Ulardan ҳozirgi vaqtda sanoat korxonalarida maҳsulotlarning hossalarini ўrganishda, ilmiy-tekshirish laboratoriyalari ishlarida keng foydalaniladigani қuyidagilar:
1) Elektrokimyoviy analiz usullari - elektrokimyoviy ҳodisalar vaqtida analiz qilinadigan eritmada o'zgaradigan elektrokimyoviy ko'rsatkichlarni o'lchashga
asoslangan (potensiometrik, konduktometrik, amperometrik va boshqalar).
2) Spektral va boshqa optik analiz usullari - modda bilan elektromagnit
nurlarning ta`siri natijasida turli o'zgarishlarni o'lchashga asoslangan (emission
spektral analiz, atom-yutilish spektroskopiyasi, infraqizil nurlar spektroskopiyasi,
spektrofotometrik va boshқalar).
3)Ajratish va konsentrlash usuli - moddalarning ikki faza orasida taqsimlanishiga asoslangan (ekstraksiya, xromatografiya va xokazo).

Download 159,5 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 159,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Analizning fizik – kimyoviy metodlari. Elektrokimyoviy analiz metodlari Fizik kimyoviy analiz

Download 159,5 Kb.