|
Fizik kimyoviy usullarning afzalliklari
|
bet | 2/13 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 159,5 Kb. | | #256863 |
Bog'liq 15. Analizning fizik – kimyoviy usullari2.Fizik kimyoviy usullarning afzalliklari.
Fizik-kimyoviy metodlar tez bajariladi, bu o`z vaqtida texnologik jarayonni nazorat qilish uchun katta ahamiyatga ega.
Fizik-kimyoviy metodlar bir necha afzalliklarga ega:
1.Analizni uzoq masofadan turib boshqarish. Masalan, roentgen-fluoressent metod bilan oydagi tuproqni analiz qilish bunga yaqqol misol bo`la oladi.
2. Bu metodlarda ishlatiladigan asboblar jarayonni sistemalashtirishga imkon beradi.
3. Na`muna buzmasdan turib analiz qilish. Bu kriminalistika va meditsinada katta ahamiyatga ega.
Fizik-kimyoviy analiz usullarining turlari juda ko`p. Ulardan hozirgi vaqtda sanoat korxonalarida mahsulotlarning xossalarini o`rganishda, ilmiy-tekshirish labaratoriyalarida keng foydalaniladi.
3. Spektral va boshqa optik analiz usullari.
Bu usullar modda bilan elektromagnit nurlarning ta`siri natijasida turli o`zgarishlarni o’lchashga asoslangan. (emission spektral analiz, atom-yutilish spektroskopiyasi, infraqizil nurlar spektroskopiyasi, spektrofotometrik analiz va boshqalar).
4. Elektrokimyoviy analiz usullar.
Elektrokimyoviy hodisalar vaqtida analiz qilinadigan eritmada o‘zgaradigan elektrokimyoviy ko‘rsatkichlarni o’lchashga asoslangan Kimyoviy analizning bu usuli elektrodlar ustida yoki elektrodlar oralig‘ida sodir bo’layotgan jarayonlarga asoslangan. Bunda sistemaning qator kattaliklari (potensial, tok kuchi, elektr miqdori, qarshilik, sig‘im, elektr o'tkazuvchanlik yoki dielektrik xossalari) o'zgaradi. Bu kattaliklar aniqlanadigan moddalarning eritmadagi konsentratsiyalariga mos bo’ lganligi yoki ularning o’ziga xos xususiyatlari bilan belgilanganligi uchun ular yordamida o’sha moddalarning tabiati va miqdorini aniqlash mumkin. Olchanadigan mazkur qiymatlarning ko‘p sonli umumlashmalari mavjud, biroq ular analiz usullarini to'liq ifodalab berolmaydi va shuning uchun ham usullarni sinflashda qator chigalliklar uchraydi.
Bizningcha, barcha elektr kimyoviy analiz usullarida elektr zanjiri asosiy o‘rinda turganligini hisobga olib, usullar sinflanisliining asosiga elektrodlarda bo’ladigan jarayonlarni qo'yish maqsadga muvofiqdir. Shu asosda barcha elektr kimyoviy usullarni uch gruppaga bo‘lish mumkin:
Elektrod reaksiyalariga asoslangan elektr kimyoviy usullar (potensiometriya, voltamperometriya: polyarografiya, amperometriya. inversion voltamperometriya. xronoamperometriya, xronopotensiometriya va boshqa voltamperometrik usullar, kulonometriya, elektr gravimetriya);
Elektrod reaksiyalari bilan aloqador bo’lmagan elektr kimyoviy usullar (past va yuqori chastotali konduktometriya, dielkometriya);
Qo‘sh elektr qavatning o‘zgarishi bilan bogliq bo‘lgan usullar (tenzammetriya, elektr sorbsion analiz).
|
| |