|
Kulonometrik analiz, mohiyati, turlari
|
bet | 12/13 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 159,5 Kb. | | #256863 |
Bog'liq 15. Analizning fizik – kimyoviy usullari32. Kulonometrik analiz, mohiyati, turlari.
Kulonometrik analiz tekshirilayotgan eritmani elektrolizlashga asoslangan. Kulonometriya usullari bevosita va bilvosita galvanostatik va potensiostatik usullarga bo‘linadi.
1) Bevosita usullarda elektr miqdorini o‘lchash orqali modda massasini ya’ni, miqdorini aniqlash mumkin
2) Bilvosita usullarda titrantni elektr generatsiya qilish uchun sarflangan elektr miqdori bo‘yicha aniqlanadigan moddaning massasi baholanadi.
33. Ekvivlent nuqtani aniqlash usullari.
Ekvivalent nuqtani aniqlashda rangli indikatorlarni keng miqyosda qo’llash eng oddiy usullardan biri ammo u yagona usul hisoblanmaydi. Rangli indikatorlar bilan birga
Fluoroessent va xemilyuessentli indikatorlardan ham foydalaniladi. Turli fizik – kimyioviy usullar jumladan potensiometrik, konduktometrik fotometrik termometrik va boshqalar kata muvofaqqiyat bilan qo’llanilmoqda.
Potensiometrik o’lchash tirtrlash jarayonida eritma pH ni kuzatishga asoslangan. Bunda titrlash egri chizig’i ekspremental ma’lumotga binoan tuziladi va pH sakramasi bo’yicha ekvivalent nuqta aniqlanadi.
34. Faraday qonuni.
Faradey qonunlari Elektr energiyasi bilan kimyoviy jarayonlar orasida miqdoriy bog’lanish borligini dastlab (1836 yilda) ingliz olimi M. Faradey aniqlagan. Elektrolizning 1 – qonuni quyidagicha ta‘riflanadi: elektroliz vaqtida elektrodda ajralib chiqadigan moddaning og’irlik miqdori eritmadan o’tgan elektr miqdoriga to’g’ri proportsionaldir. Agar elektrodda ajralib chiqadigan moddaning og’irlik miqdoirini m bilan, elektr miqdorini Q bilan, tok kuchini J bilan, vaqtni t bilan belgilansa, Faradeyning 1 – qonuni quyidagicha yoziladi: m = К · Q = К · J · t bu yerda, K – ayni elementning elektr kimyoviy ekvivalenti, ya‘ni eritma orqali 1 kulon elektr o’tganda ajralib chiqadigan miqdori. Elektrolizning 2 – qonuni: agar bir necha elektrolit eritmasi orqali (ketma – ket ulangan holda) bir xil miqdorda elektr o’tkazilsa, elektrodlarda ajralib chiqadigan moddalarning og’irlik miqdorlari o’sha moddalarning kimyoviy ekvivalentlariga proportsional bo’ladi.
|
| |