• : Analog integral mikrosxemalarning negiz elementlari
  • Xulosa
  • Analog integral mikrosxemalarning negiz elementlari




    Download 160,18 Kb.
    bet1/8
    Sana26.05.2024
    Hajmi160,18 Kb.
    #254105
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    KHamidov feruz bugun


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI
    TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
    "Telekommunikatsiyainjiniringi" kafedrasi

    Fan “ Elektronikavasxemalar 2”


    № 2-мustaqilish
    Mavzu: Analog integral mikrosxemalarning negiz elementlari

    Guruh: KI_22_01


    Talaba: Hamidov F.S
    Rahbar: Nizamov A. N.

    Samarqand-2024 y.


    Reja:
    Kirish:Integral mikrosxemalar haqida tushuncha.

    Asosiy qism
    A) Analog integral mikrosxemalarning qo'llanilishi
    B) Mikrosxemalar negiz elementlari
    C) Analog va raqamli mikrosxemalar o'rtasidagi farqlar
    D)Barqaror tok generator (BTG).
    Xulosa: Analog integral mikrosxemalarning ahamiyati va rivojlanish istiqbollari
    Tayanch iboralar: yarimo’tkazgichlar; integral mikrosxema;diod; rezistorlar; kondensator, gibrid mikrosxema; tranzistorlar; emmiter; kollektor; baza;dielektriklar; kuchaytirgich.
    Kirish:Integral mikrosxemalar haqida tushuncha
    Integral mikrosxema (IMS) elektr jihatdan o‘zaro bog‘langan elektr radiomateriallar (tranzistorlar, diodlar, rezistorlar, kondensatorlar va boshqalar) majmui bo‘lib, yagona texnologik siklda bajariladi, ya’ni bir vatqning o‘zida yagona konstruksiya (asos)da ma’lum axborotni qayta ishlash funksiyasini bajaradi.IMSlarning asosiy xossasi shundaki, u murakkab funksiyalarni bajarish bilan birga kuchaytirgich, trigger, hisoblagich, xotira qurilmasi va boshqa funksiyalarni ham bajaradi. Xuddi shu funksiyalarni bajarish uchun diskret elementlarda mos keluvchi sxemani yig‘ish talab qilinardi.
    IMSlar uchun ikki asosiy belgi mavjud: konstruktiv va texnologik. Konstruktiv belgisi shundaki, IMSning barcha elementlari asosiy asos ichida yoki sirtida joylashadi, elektr jihatdan birlashtirilgan va yagona qobiqga joylashtirilgan bo‘lib, yagona hisoblanadi. IMS elementlarining hammasi yoki bir qismi va elementlararo bog‘lanishlar yagona texnologik siklda bajariladi. Shu sababli integral mirosxemalar yuqori ishonchlilikka va kichik tannarxga ega. Hozirgi kunda yasalish turi va hosil bo‘ladigan tuzilmaga ko‘ra IMSlarning uchta prinsipial turi mavjud: yarim o‘tkazgichli, pardali va gibrid. Har bir IMS turi konstruksiyasi, mikrosxema tarkibiga kiradigan element va komponentlar sonini ifodalovchi integratsiya darajasi bilan xarakterlanadi.
    Element deb biror elektroradioelement (tranzistor, diod, rezistor, kondensator va boshqalar) funksiyasini amalga oshiruvchi IMS qismiga aytiladi va u kristall yoki asosdan ajralmagan konstruksiyada yasaladi.
    IMS komponentasi deb uning diskret element funksiyasini bajaradigan, lekin avvaliga mustaqil mahsulot kabi montaj qilinadigan qismiga aytiladi.
    Asosiy IMS konstruktiv belgilaridan biri bo‘lib asos turi hisoblanadi. Bu belgiga ko‘ra IMSlar ikki turga bo‘linadi: yarim o‘tkazgichli va dielektrik.
    Asos sifatida yarim o‘tkazgichli materiallar orasida kremniy va galliy arsenidi keng qo‘llaniladi. IMSning barcha elementlari yoki elementlarning bir qismi yarim o‘tkazgichli monokristall plastina ko‘rinishida asos ichida joylashadi.
    Dielektrik asosli IMSlarda elementlar uning sirtida joylashadi. Yarim o‘tkazgich asosli mikrosxemalarning asosiy afzalligi – elmentlarning juda katta integratsiya darajasi hisoblanadi, lekin uning nominal parametrlari diapazoni juda cheklangan bo‘lib ular bir - biridan izolyatsiyalanishni talab qiladi. Dielektrik asosli mikrosxemalarning afzalligi – elementlarning juda yaxshi izolyatsiyasi, ularning xossalarining barqarorligi, hamda elementlar turi va elektr parametrlari tanlovining kengligi.
    Pardali va gibrid mikrosxemalar
    Pardali IS – bu dielektrik asos sirtiga surtilgan elementlari parda ko‘rinishida bajarilgan mikrosxema. Pardalar past bosimda turli materiallardan yupqa paradalar ko‘rinishida cho‘kmalar hosil qilish yo‘li bilan olinadi.
    Parda hosil qilish usuli va unga bog‘liq bo‘lgan qalinligiga ko‘ra yupqa pardali IS (parda qalinligi 1 – 2 mkmgacha) va qalin pardali IS (parda qalinligi 10 – 20 mkm gacha va katta) larga bo‘linadi.

    Download 160,18 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 160,18 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Analog integral mikrosxemalarning negiz elementlari

    Download 160,18 Kb.