48
« Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar: Nazariy va amaliy
izlanishlar» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiyasi
REKOMBINAT DNK OLISH USULLARI VA VEKTOR MOLEKULALAR
IBROHIMOV ABU BAKIR SIDDIQ DILSHODBEK O’G’LI
ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI FARMATSIYA FAKULTETI
5- KURS TALABASI
https://doi.org/10.5281/zenodo.7588024
Annotatsiya: Ushbu maqolada turli xil o‘lchamga ega bo‘lgan DNK molekulasi
elektroforez uslubi yordamida ajratib olinishi, ajratib olingan «yopishqoq» uchli
xromosoma DNK si bo‘lagi ochiq holatdagi “yopishqoq”
uchli plazmida DNK si
bilan aralashtirilib ligaza fermenti yordamida tikilanishi, natijada plazmida
tarkibiga xromosoma DNK bo‘lagi kiritilishi haqida muallif tomonidan sharx berib
o’tilgan.
Kalit so’zlar: Gen, ekspressiyasi, DNK, Plazmidalar,
bioyehnologiya, Nuklein
kisloyalar, Genom, Ribosoma, Bakteriofaglar, Gen muhandisligi, DNK , Transgen
hayvonlar
Kirish: Sun’iy sharoitda rekombinant DNK olish va genlarni klonlash ilk bor 1972
yilda AQSH olimlari Boyer va Koen tomonidan amalga oshirilgan. Bu olimlar E.coli
bakteriyasining xromosoma DNK siga va shu bakteriya plazmidasiga alohida
idishlarda EcoRI restriktaza fermenti bilan ishlov berganlar. Plazmida tarkibida
faqat 1 dona EcoRI restriktaza fermenti tanib kesadigan maxsus nukleotidlar
ketma-ketligi bo‘lganligi sababli ferment plazmidaning xalqasimon DNK qo‘sh
zanjirini faqat bir joydan kesib, plazmidani «yopishqoq«
uchli ochiq holatga
o‘tkazadi. Xromosoma DNK molekulasida EcoRI restriktaza fermenti taniy
oladigan maxsus nukleotidlar ketma-ketligi qancha bo‘lsa, bu molekula shuncha
bo‘lakka bo‘linadi.
Shu boisdan rekombinant DNK ga quyidagicha tarif berish mumkin: har qanday
tirik organizm irsiy molekulasining istalgan bo‘lagini vektor molekulalariga
birikishdan hosil bo‘lgan sun’iy DNK - rekombinant DNK deyiladi.
Rekombinant DNK olishning uchta usuli mavjud: - konnektor usuli; - restriktaza-
ligaza; - linker molekulalaridan foydalanish usuli. Konnektor
usulida
-
rekombinatsiyada ishtirok etuvchi DNK bo‘lagining 3' uchiga dezoksinukleotidil-
transferaza fermenti yordamida ma’lum uzunlikdagi oligo (dA)
- segmenti
ulanadi. Ikkinchi uchiga esa oligo (dT) - segmenti ulanadi. Bu DNK bo‘laklari
aralashtirilganda dA va dT segmentlarning vodorod bog‘lari asosida
komplementar birikishi tufayli xalqasimon DNK strukturasi hosil bo‘ladi. Hosil
bo‘lgan DNK dagi bir zanjirli bo‘sh joylar DNK-polimeraza I fermenti yordamida
to‘ldiriladi. Restriktaza-ligaza usuli - rekombinant DNK olishning eng sodda va
oson usuli hisoblanadi. Bu usulda DNK molekulasi va vektor plazmida
«yopishqoq» uchlar hosil qiluvchi restriktaza bilan qirqiladi
va aralashtirilgan
49
« Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar: Nazariy va amaliy
izlanishlar» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiyasi
holda ma’lum sharoitda reassotsiatsiya qilinadi. Komplementarlik xususiyatiga
ko‘ra DNK molekulalari o‘zaro vodorod bog‘lari yordamida birikib xalqasimon
struktura hosil qiladi va DNK zanjirining birikmagan joylari DNK-ligaza fermenti
yordamida ulanadi. Linker molekulalaridan
foydalanish usulida - DNK
molekulasiga va vektor plazmidaga T4 fag DNK-ligaza fermenti yordamida
maxsus nukleotid ketma-ketligiga ega bo‘lgan linker molekula ulanadi. Olingan
ikki turdagi DNK molekulasi restriktaza fermenti yordamida qirqilib,
aralashtirilgan holda qaytadan assotsiatsiya qilinadi. DNK va vektor plazmida
molekulalarining birikmagan joylari DNK-ligaza fermenti yordamida ulanadi. SHu
yo‘sinda rekombinant DNK molekulasi hosil bo‘ladi. 1
VEKTOR MOLEKULALAR . Rekombinant DNKni avtonom replikatsiya bo‘lishi
uchun javob beradigan DNK bo‘lagi - vektor molekulalari deyiladi.
Vektor molekulalar o‘z vazifasiga ko‘ra ikki tipga bo‘linadi: Birinchisi -avtonom
replikatsiya bo‘luvchi vektorlar. Ikkinchisi - xromosomaga integratsiya bo‘luvchi
vektorlar.
Vektor molekulalar gen muhandisligi biotexnologiyasida genlarni klonlashda va
transformatsiya qilishda asosiy ish quroli bo‘lib xizmat qiladi.
Vektor
molekulalari vazifasini fag DNK lari, plazmidalar va o‘simliklarni xloroplast
hamda mitoxondrial DNK lari o‘tashi mumkin.
Xo‘jalik ahamiyati qimmatli bo‘lgan genlarni ajratish uchun gen banki tuziladi.
Xromosomal DNK asosida gen bibliotekasini tuzish quyidagicha amalga
oshiriladi: DNK va vektor molekulalar restriktaza fermenti yordamida qirqiladi
va ma’lum sharoitda qaytadan assotsiatsiya qilinadi;
Nukleotidlar orasida
ulanmay qolgan bo‘shliq DNK-ligaza fermenti yordamida o‘zaro biriktiriladi;
Olingan rekombinant DNK bakteriya hujayrasiga transformatsiya qilinadi.
Xromosomal DNK da mavjud genlarni to‘la klonlash uchun DNK o‘lchamiga va
olingan klonlarni soniga e’tibor berish kerak.
References:
1. B.Glik, Dj.Pasternak "Molekulyarnaya biotexnologiya: Prinsipi i primenenie"
Per.s angl. M:. Mir, 2002
2. https://biotehnolog.ru
3. https://cbio-info.ru