|
Andijon davlat universiteti Axborot texnologiyalari va kompyuter injineringi fakulteti Informatika va
|
Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 18,4 Kb. | | #241050 |
Bog'liq KERAK
Andijon davlat universiteti Axborot texnologiyalari
va kompyuter injineringi fakulteti Informatika va
o'qitish metodikasi ta'lim yo'nalishi 5-bosqich
527-guruh talabasi __________________________
Andijon viloyati ____________tumani
__-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida
o'tkazilgan amaliyot
HISOBOTI
Men __________________________o'zimning pedagogik amaliyotimni Andijon viloyati _____________tumani ___-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida 05.02.2024 -yil dan 04.05.2024-yil muddat ichida olib bordim. Dastlab meni maktab direktori _____________________maktabning ichki tartib qoidalari, o'quv jarayonlar hamda o'quvchilar bilan tanishtirib menga maktabni informatika fani o'qituvchisi ______________________amaliyotchi rahbar etib tayinlandi. Menga amaliyotchi rahbarim __________________________amaliyot davrida dars o'tish usulini o'rganish uchun o'qituvchilar darsiga dars tahlilga 5-11-sinflar kesimida kirishimni uqtirdi. Bu tahlillardan o'tayotgan darslarimda ularda unumli foydalandim. Maktabda ona-tili, matematika, informatika, fanlaridan, 5-11 sinflarga kirdim. Dars o'tish jarayonida o'quvchilarda fanga bo'lgan muhabbat tuyg'usini rivojlantirishga harakat qildim. Men ularga doimo bir-birlarini hurmat qilishlari, yaxshi o'qishlarini angab yetishlariga o'z hissamni qo'shdim. Amaliyot davomida men 5-"b" sinf bilan ish olib bordim. Shu sinf haqidagi ma'lumotlar bilan tanishib chiqdim ular bilan turli xil metodlar o'tkazdim, ayniqsa psixolagik o'yinlarini bolalarga juda yoqdi va sinf bilan samimiy munosabatda bo'ldim. Ayrim past o'zlashtiruvchi o'quvchilar bilan ham individual ishladim. Darslarga o'z vaqtida qatnashishga harakat qildim. Sinfga kirishim bilan erta kelgan o'quvchilar yugurib kelishadi hamda salomlashishlari kasbimga bo'lgan mehrni yanada oshiradi va bu narsa menga haqiqiy kuch, motivatsiya bo'lib kayfiyatimni ko'tarib dars jarayonlarini boshlashga turtki vazifasini o'tashadi. Shu sinf bilan ochiq darslar o'tkazdim. Darsdan keyin ularni ochiq darslarga tayyorlandim. Ularning harakatlarini bir xil qildirib tadbirga tayyorlash dars o'tishdan ham ancha mashaqqatli ekanligiga amin bo'ldim. Men shu amaliyot davrimdagi darslarni kuzatgan o'qituvchilardan ko'p narsalarni o'rganishim kerak bo'lsa ularning kichik xatolarini ham ko'rib, bilib, o'zimga bunday qilsa bo'lmasligi haqida uqtirishlar olib bordim va shu narsalarni o'zimga xulosa qilib oldim; o'qituvchi uyidan qanday kayfiyatda kelmasin maktabga kirishi bilan, uning yuzida tabassum, jiddiylik ham o'z o'rnida me'yorida bo'lishligi lozimligi, o'qituvchliarmi eshita olish kerakligi, ularning sog'liklaridagi muammolarini darhol e'tiborlik bilan hal qila olish kerakligini, dars jarayonlarida imkon qadar kichik- kichik o'z vaqtida tanaffuslar bo'lib turishligi lozimligi, yondosh boshqa fanalrni ham doimo o'zlashtirib, o'z ustida tinmay ishlash kerakligi va bu, albatta, o'qituvchining vazifalari ekanligiga yana bir bor amin bo'lib, shunday ko'nikma va malakalarni egallab borishni maqsad qilib bordim va bu borada menga metodlar yordam berdi, aytmoqchimanki, shu davr yordamida bilgan va yangi o'rgangan metodlarni, didaktik o'yinlarni amaliyot davrimda yozib, borib, darslarda shulardan foydalandim. Men bu kasb bilan faxrlanaman. Muallimlik amaliyoti davrida menga yordam bergan o'qituvchilarga samimiy minnatdorchilik bildiraman. Kelajakda shu o'qituvchilar kabi yetuk muallim bo'laman .
Maktabdirektori: _________________________
Amalyotchi: __________________________
|
| |