• XULOSA ………..…………………………………………...…….29 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………..…………31 KIRISH
  • Jizzax politexnika instituti energetika va radioelektronika fakulteti




    Download 118,18 Kb.
    bet1/12
    Sana11.06.2024
    Hajmi118,18 Kb.
    #262657
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    umidjon kurs ishi1


    JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI
    ENERGETIKA VA RADIOELEKTRONIKA FAKULTETI


    KURS ISHI

    Mavzu: Elementar zarralar klassifikatsiyasi

    442-22E GURUH TALABASI
    Turdimurodov Umidjon

    Jizzax-2024
    MUNDARIJA
    KIRISH
    O’zaro ta’sir turlari va elementar zarralar
    klassifikatsiyasi………………………………………......................3
    ASOSIY QISM
    1.Elementar zarralar klassifikatsiyasi…………………………….8
    2.Elementar zarralar va saqlanish qonunlari……………………13
    3.Kvarklar……………………………………………………….....18
    4.Materiya tuzilishi to’g’risidagi zamonaviy qarashlar…………26
    XULOSA ………..…………………………………………...…….29
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………..…………31

    KIRISH
    Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev Oʻzbekistonning fizika fani boyicha salohiyati dunyo miqyosida tan olinganini alohida taʼkidladi. Koʻplab xorijiy ilm-fan markazlari, xususan, Bonn, Kembrij, Parij, Seul kabi yirik shaharlardagi yetakchi ilm dargohlari bilan birgalikda qoʻshma ilmiy loyihalar amalga oshirilmoqda. Yoshlarda fizika faniga qiziqishni kuchaytirish, iqtidorli bolalarni seleksiya qilib, ixtisoslashtirilgan maktablar va keyinchalik oliy taʼlim muassasalariga qamrab olish ishlarini toʻgʻri tashkil qilish kerakligi taʼkidlandi va vazifalar belgilab berildi.
    Fan va texnika taraqqiyotining jadal kechayotgani, kompyuter texnikasining keng qo’llanilayotgani, o’quvchilarga berilishi lozim bo’lgan bilimlar ko’lamining tobora oshib borayotganligi, ta’limni tubdan yaxshilashni, fanlar bo’yicha milliy va maxalliy sharoitlarga mos keladigan hamda malakali mutaxassislarni tayyorlash imkonini beradigan dastur va darsliklar, ta’limning zamonaviy metodlarini ishlab chiqishni talab qiladi.
    Bugun Yangi O’zbekiston hayotining barcha sohalari chuqur islohotlar maydoniga aylangan. Bu jarayonda ijtimoiy sohaning asosi hisoblangan ta’lim tizimidagi o’zgarishlar haqida to’lqinlanib so’zlamaslikning iloji yo‘q. Mamlakatimizda so’nggi yillarda ta’lim tizimining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish bo’yicha amaliy ishlar hal qiluvchi bosqichga kirdi.
    Ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy qismini, albatta, oliy ta’lim tizimidagi islohotlar tashkil etadi. Xususan, O’zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo’nalishlarini belgilash, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg’or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida davlatimiz rahbarining 2019 yil 8 oktyabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konseptsiyasi sohadagi yangi islohotlar uchun debocha vazifasini bajarib bermoqda.
    Ushbu hujjatga intellektual taraqqiyotni jadallashtirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish singari vazifalar asos qilib olindi. Kontseptsiya mazmuni mamlakatimiz oliy ta’lim tizimini isloh qilishning ustuvor yo’nalishlarini aks ettiradi. Unda oliy o’quv yurtlarida qamrov darajasini kengaytirish hamda ta’lim sifatini oshirish, raqamli texnologiyalar va ta’lim platformalarini joriy etish, yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish, innovatsion tuzilmalarni shakllantirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish, xalqaro e’tirofga erishish hamda boshqa ko’plab aniq yo’nalishlar belgilab berilgan.

    Download 118,18 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 118,18 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jizzax politexnika instituti energetika va radioelektronika fakulteti

    Download 118,18 Kb.