• E = pc = mc 2
  • Jizzax politexnika instituti energetika va radioelektronika fakulteti




    Download 118,18 Kb.
    bet5/12
    Sana11.06.2024
    Hajmi118,18 Kb.
    #262657
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    umidjon kurs ishi1

    Fotonlar.Foton tinchlikdagi massasi nolga teng bo‘lgan zarradir. Uni leptonlar oilasiga kiritish ham mumkin biroq foton boshqa elementar zarralardan alohida ko‘riladi. Fotonning tinchlikdagi massasi qatiyan nolga teng bo‘lgani sababli zarraning energiyasi va impulisisi p ni bog‘lovchi formula:
    E = pc = mc2
    bu formulada: E- foton energiyasi, p- foton impulsi, m- foton massasi, c=3 • 10 8 m/s- yorug‘lik tezligi. Fotonning impulsi quyidagiga teng bo‘ladi: p =mc. Yuqoridagi formula Fotonning korpuskulyarlik xususiyatidan topilgan. Foton dualistik (ikki yoqlama) xarakterga ega bo‘lib, uning energiyasi va impulsini to‘lqin xususiyatidan ham topish mumkin:
    E = vh
    formulada h=6,62 • 10 -34 J • s- Plank doimiysi; v- fotonga bog‘liq bo‘lgan elektromagnit to‘lqin chastotasi. Foton elektromagnit maydon kvanti bo‘lib, odatda Ɣ bilan belgilanadi.
    Foton Boze-Eynshteyn statistikasiga bo‘ysunadi. Demak, u bozon ekan. Hamma bozonlarning spini yo nolga, yoki butun songa teng bo‘ladi. Fotonning spini 1 ga teng. Fotonning o‘zi elektr jihatdan neytral bo‘lsa ham, u zaryadlar orasidagi o‘zaro ta'sir kuchini “tashish” vazifasini bajaradi. Foton statik elektr maydon uchun virtual (mavjud bo‘lishi mumkin) zarra bo‘lib, nurlanish maydoni uchun esa real zarra bo‘lib hisoblanadi. Foton barqaror zarra bo‘lib, boshqa zarralarga spontan ravishda parchalanmaydi. Fotonning yashash vaqti cheksiz, boshqa zarra yoki zarralar bilan o‘zaro ta'sirda bo‘lganda yo‘qolib ketadi. Foton “ma'lumot berish” vazifasini o‘taydi. Bizni o‘rab turgan tabiat haqidagi axborotlarning eng ko‘p qismi foton orqali beriladi. Masalan, atom va molekula energetik holatlari haqidagi ma'lumotni ular yutayotgan yoki sochayotgan nurning rangiga qarab bilish mumkin. Atom yadrolarining spini haqidagi ma'lumotni shu yadrolarning tashqi elektromagnit maydon bilan o‘zaro ta'siridan, uyg‘ongan energetik sathlari haqidagi ma'lumotni esa chiqarayotgan Ɣ-nurlanishdan bilamiz. Quyosh sistemasidagi sayyoralar, yulduzlar, galaktikalar haqidagi barcha astronomik axborotlarni nurlanish detektori orqali radio- va optik- diapazonlarda bilamiz. Erkin fotonlar koinotda eng ko‘p tarqalgan zarralar. Ular boshqa zarralar bilan elektromagnit va gravitatsion o‘zaro ta'sirlarda bo‘ladi.

    Download 118,18 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 118,18 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jizzax politexnika instituti energetika va radioelektronika fakulteti

    Download 118,18 Kb.