|
Jizzax politexnika instituti energetika va radioelektronika fakulteti
|
bet | 7/12 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 118,18 Kb. | | #262657 |
Bog'liq umidjon kurs ishi1Elektron va myuon. Elektron va myuon-zaryadlangan zarralar. Ular fizik tabiatiga ko‘ra bir xil zarralar bo‘lib, faqat tinchlikdagi massalari turlicha bo‘lishi bilan farq qiladi. Elektronning tinchlikdagi massasi 0,510 MeV ga teng, myuonniki esa undan 20 marta katta bo‘lib, 105,66 MeV ga tengdir. Elektron ham, myuon ham bir xil 1/2 spinga ega bo‘lib, elektr zaryadlari manfiydir. Antizarralari esa musbat elektr zaryadga ega. Elektron-barqaror zarra. Myuon esa, aksincha, barqaror bo‘lmay, elektron va 2 ta neytrinoga parchalanadi:
μ - → e - + v e + v μ (1)
Myuonning antizarrasi musbat myuon esa quyidagilarga parchalanadi:
μ + → e + + v e + v μ (2)
Bu reaksiyada ham lepton soni saqlanadi. Bunday jarayonlar uchun myuonning o‘rtacha yashash vaqti 2,2 • 10-6 s ga teng. Elementar zarralar orasida elektron eng birinchi topilgan zarradir. Hozirgi davr elementar zarralar fizikasida myuonning ajoyib, bizga uncha tushunarli bo‘lmagan bir siri mavjud. Uning massasi elektron va proton massalari orasida yotadi. Barcha jarayonlarda myuon o‘zini xuddi og‘ir elektron sifatida tutadi. Bunda esa, myuon elektronning uyg‘ongan holati emasmikan, degan fikr tug‘iladi. 1970-yilda o‘tkazilgan ba’zi tajribalarda myuonning proton va pionlar bilan bo‘lgan reaksiyalarida rezonans holatlar mavjud bo‘lishi mumkinligi aniqlandi. Bu masala ustida hali ko‘p ishlash kerak. Agar haqiqatdan ham shunday rezonanslar mavjud bo‘lsa, ular elektronlar uchun ham bormikan? Bu rezonanslarni qidirish paytida, balki yana bir yangi fundamental o‘zaro ta’sir ochdilar va u kuchli va kuchsiz o‘zaro ta'sirlar orasida bo‘lar. Vodorod atomiga o‘xshash myuon vodorodlari (mezoatomlar) ochilgan. Vodorod atomining bog‘lanish enyergiyasi massasiga proporsional. Shuning uchun myuon myuonli vodorodda proton bilan elektronning bog‘lanish enyergiyasi (13,6 eV)dan 200 marta katta energiya bilan bog‘liq. Yana bir qiziq narsa shuki, myuonli vodorod xuddi oddiy vodorod kabi yana bitta protonni o‘ziga qo‘shib olib myuonli vodorod molekulasini hosil qiladi. Bu hol tajribada ham aniqlangan.
|
| |