|
Jizzax politexnika instituti energetika va radioelektronika fakulteti
|
bet | 6/12 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 118,18 Kb. | | #262657 |
Bog'liq umidjon kurs ishi1Leptonlar. Fermionlarning eng yengili- leptonlardir. Leptonlar Fermi-Dirak statistikasiga bo‘ysunadi. Leptonlar oilasiga 6 ta zarra va ularning 6 ta antizarrasi kiradi. Bu zarralar elektron, myuon μ, τ- mezon va uchta neytrino:v e , vτ, v μ
Neytrino. Neytrino leptonlar orasida eng yengil hisoblanadi. Huddi fotonga o‘xshash, neytrinoning ham tinchlikdagi massasi nolga teng. Shuning uchun ham yuqorida keltirilgan formulalar neytrino uchun ham o‘rinlidir. Ikki xil neytrino mavjud: elektronli neytrino va myuonli neytrino. Bu ikkala neytrinoning o‘ziga mos antizarrasi mavjud. Ularning spini 1/2 ga teng bo‘lib, elektr zaryadi yo‘qdir. Elektronning elementar zarralar bilan bo‘ladigan o‘zaro ta'siri elektronli, myuonning elementar zarralar bilan bo‘ladigan o‘zaro ta'siri jarayonida esa myuonli neytrino hosil bo‘ladi va shu bilan ular bir-biridan farq qiladi. Bunda gap faqat kuchsiz o‘zaro ta'sir jarayonlari haqida yuritiladi. Biror-bir kuchsiz o‘zaro ta’sir jarayonlarda elektron ishtirok etayotgan bo‘lsa, albatta, unda elektronli neytrino ham ishtirok etadi. Elektron va elektronli neytrino ishtirok etayotgan kuchsiz jarayonlarga β aylanish reaksiyasi misol bo‘ladi:
n → p+ + e - + v e. (1)
p → n + e ++ v e
va ularga teskari bo‘lgan reaksiyalar:
v e + p+ → n + e +. (2)
v e + n → p + e –
bu reaksiyalarda: n- neytron; p- proton; e-elektron; e+ - pozitron; ve- elektronli neytrino va uning antizarrasi. Xuddi shunday jarayonlarni pionlar yemirilishida qatnashgan myuon va myuonli neytrino uchun ham yozish mumkin,
π - → μ - + v μ. (3)
π + → μ + + v μ
Shuningdek, musbat myuonlarni hosil qilish reaksiyasi:
v μ + p+ → n + μ + (4)
Bu yerda: π - - manfiy pion; π + - musbat pion; μ - - manfiy myuon; μ + - musbat myuon; v μ - myuonli neytrino.
Endi yuqorida keltirilgan reaksiyalarga diqqat bilan e’tibor beramiz. Reaksiyaning bitta tomonida (masalan, (1) reaksiyaning o‘ng tomonida) elektron bilan bir vaqtning o‘zida antineytrino ishtirok etadi. Agar elektron va neytrino reaksiyaning turli qismlarida bo‘lsa, u holda elektron bilan birga endi antineytrino emas, balki neytrino hosil bo‘ladi ((2) reaksiyalarda). Myuon va myuonli neytrino ham (3) va (4) reaksiyalarda o‘zlarini xuddi yuqorida aytgandek tutadi. Bunga sabab zarralarning saqlanish qonunidadir. Biz ko‘rayotgan holda zarralarning lepton soni saqlanadi. Agar har bir lepton zarralarning lepton soni 1 va ularning antizarralari uchun lepton soni -1 ga teng deb qaralsa, u holda ixtiyoriy kuchsiz o‘zaro ta'sir reaksiyalarining boshida va oxirida leptonlarning algebraik soni bir xil bo‘ladi. Neytrino boshqa zarralar bilan kuchsiz o‘zaro ta'sirda bo‘ladi. Neytrino qatnashgan barcha jarayonlar uchun efektiv kesim juda kichik bo‘ladi, shunga ko‘ra neytrinoning har qanday jismdagi erkin yugurish yo‘li juda katta bo‘ladi. Neytrino barcha sharoitlarda to‘liq qutblangan yagona zarra. Uning spini impuls vektori bo‘ylab yoki unga qarama-qarshi tomonga qat'iy yo‘nalgan.
|
| |