|
Jizzax politexnika instituti energetika va radioelektronika fakulteti
|
bet | 2/12 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 118,18 Kb. | | #262657 |
Bog'liq umidjon kurs ishi1Mavzuning dolzarbligi. Uzluksiz ta’lim tizimi bosqichlarida fizikaning o’qitishdan maqsad, birinchidan, tabiatning fundamental qonunlarini ilmiy asosda tushuntirishi tinglovchilarning ilmiy dunyoqarashi va falsafiy mushohada yuritish qobilyatlarini rivojlantirish, texnikada va turmushda foydalanilayotgan uskuna va vositalarning ishlash prinspini tushuntiruvchi fizik jarayonlar haqidagi tasavvurlarni shakillantirish, shuningdek, fizik ta’lim olishning davom ettirish, olgan bilimlarini chuqurlashtirishi va ilmiy izlanuvchilar uchun mustahkam zamin yaratishdan iborat.
Kurs ishining maqsadi. Oily ta’lim bakalavriat bosqichida fizika kursining “Atom yadrosi va elementar zarralar fizikasi” bo’limi strukturasi va mazmunini takomillashtirilish, Elementar zarrachlardagi saqlanish qonunlarini o’rganishdan iborat.
Tadqiqot obekti. Oily ta’lim bakalavriat bosqichida fizika kursining “Atom yadrosi va elementar zarralar fizikasi” bo’limini “Elementar zarrachlarning saqlanish qonunini” o’qitilish jarayoni.
Mavzuning predmeti. Kurs ishini bajarishda “Elementar zarralar fizikasi” bo’limining o’qitilishi, mazmuni, zamonaviy ahamiyati va ped.texnologiyalardan unumli foydalanishdan iborat.
Qadim zamonlardan inson o‘zini o‘rab turgan olamni o‘rganish va bilishga intilib kelgan. Shu o‘rinda barcha mavjud narsalaming asosi boMgan elementar tashkil etuvchilar va ularning o‘zaro birbirlari bilan bo‘ladigan munosabatlari - o‘zaro ta’sirlari to‘g crisidagi qarashlar doimo inson aqlini band qilib kelgan. Fizikaning elementar zarralar fizikasi bo‘limi mikrodunyoda, ya’ni elementar zarralar fizikasida ro‘y beradigan barcha jarayonlami, ularning xarakteristkalarini, o‘zaro bir-biriga aylanishlarini, ular orasidagi o‘zaro ta’sir turlarni o‘rganadi.
Elementar zarra deb, hozirgi vaqtda ma’lum bo‘lgan materiyaning eng mayda zarrachasiga aytiladi. Elementar zarra boshqa hech qanday mayda zarradan tashkil topmagan bo‘lishi kerak. Elementar so‘zi lotincha “boshlang‘ich, oddiy, asosiy” degan ma’noni anglatadi. Elementar zarralaming o‘ziga xos xossalaridan biri ularning o‘zaro aylanishidir. Hozirgi kunda antizarralar bilan birgalikda 350 lar atrofida elementar zarralar bizga ma’lum. Elementar zarralar orasida 4 ta o’zaro ta’sir ko‘rinishi mavjud: kuchli, elektromagnit, kuchsiz va gravitatsion (bu yerda ularning intensivligi kamayib borish tartibida sanab o‘tilgan). O‘zaro ta’sir intensivligini, o'zaro ta’sir konstantasi (doimiysi) orqali xarakterlash (ifodalash) qabul qilingan. U o’lchamsiz kattalik bo‘lib, berilgan turdagi o‘zaro ta’sir natijasida yuz beradigan jarayon ehtimolligini ifodalaydi. Konstantaning qiymatlar nisbati, nisbiy ehtimollikni beradi.
|
| |