• Gravitatsion o‘zaro ta’sir
  • Jizzax politexnika instituti energetika va radioelektronika fakulteti




    Download 118,18 Kb.
    bet3/12
    Sana11.06.2024
    Hajmi118,18 Kb.
    #262657
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    umidjon kurs ishi1

    Kuchli o‘zaro ta’sir. Bu turdagi o‘zaro ta’sir yadrodagi nuklonlar aloqasini ta’minlaydi. Kuchli o£zaro ta’sir konstantasi qiymati 10 ga teng. Ushbu o‘zaro ta’sir paydo bo£ladigan masofa taxminan 10"15 m.
    Elektromagnit o‘zaro ta’sir. O'zaro ta’sir konstantasi 1/137=10-2 . Ta’sir radiusi cheklanmagan, ya’ni r =∞.
    Kuchsiz o‘zaro ta’sir. Bu o‘zaro ta’sir hamma turdagi pparchalanishlar, (e-qamrash), ko‘p elementar zarralar parchalanishlarini, shuningdek neytrinoning modda bilan bog’ladigan o‘zaro ta’sirlashuvlarini o‘z ichiga oladi. O’zaro ta’sir konstantasi 10-14 kattalik tartibida. Kuchsiz o‘zaro ta’sir qisqa ta’sir qiluvchidir, ya’ni ta’sir masofasi cheklangan.
    Gravitatsion o‘zaro ta’sir. O’zaro ta’sir konstantasi 10"39 tartibdagi qiymatga egadir. Ta’sir masofasi cheklanmagan, ya’ni r=∞ . Ushbu o‘zaro ta’sir ostida hamma elementar zarralar bo'ladi. Lekin mikrodunyo jarayonlarida, ushbu o’zaro ta’sir sezilarli rol o’ynamaydi. Ushbu jadvalda o£zaro ta’sir konstantalari va ta’sirlar hisobiga parchalanadigan zarralar yashash vaqti keltirilgan

    O’zaro ta’sir turlari

    O’zaro ta’sir konstantasi

    Yashash vaqti, t

    Kuchli

    1

    10-23

    Elektromagnit

    10-2

    10-23

    Kuchsiz

    10-14

    10-8

    Gravitatsion

    10-39

    -










    Elementar zarralar odatda 4 ta sinfga bo£linadi. Ulardan birinchisi sinfga faqat bitta zarra, foton kiradi. Ikkinchi sinfni leptonlar, uchinchi sinfini mezonlar va nihoyat to’rtinchi sinfni esa barionlar hosil qiladi. Mezonlar va barionlar ko’pincha birgalikda kuchli o£zaro ta’sir qiluvchi zarralar sinfi bo’lgan adronlar deb nomlanuvchi zarralar sinfini hosil qiladi. Sanab o‘tilgan zarralar sinfming qisqa xarakteristikasini keltiramiz:
    1. Fotonlar у (elektromagnit maydon kvanti) elektromagnit o‘zaro ta’sirda ishtirok etadi. Lekin kuchli va kuchsiz o‘zaro ta’sirda 140 qatnashmaydi. Fotonlar massa va zaryadi nolga teng. Spini 1 ga teng, ya’ni bozondir.
    2 . Leptonlar, lotincha “leptos” so’zidan olingan bo’lib, “yengil” degan ma’noni anglatadi. Bular qatoriga kuchli o’zaro ta’sirda qatnashmaydigan zarralar, ya’ni elektronlar (e-, e+), myuonlar, og'ir tau-lepton, shuningdek elektron neytrino, myuon neytrino, va tau-neytrinolar kiradi. Hamma leptonlar 1/2 spinga ega bo4 lib, fermion hisoblanadi va kuchsiz o‘zaro ta’sirga ega. Bularga elektronlar va myuonlar kiradi. Leptonlaming barion zaryadi nolga teng bo’lib, lepton zaryadga egadir.
    3. Mezonlar bu kuchli o’zaro ta’sir qiluvchi nostabil (noturg’un) zarralar bo’lib, barion zaryadi nolga teng. Bular qatoriga mezonlar yoki pionlar, K-mezonlar yoki kaonlar (K+, K", K°, K~) va eta-mezon (r\) kiradi. Mezonlaming lepton zaryadi nolga teng. Hamma mezonlaming spini nolga teng, ya’ni ular bozonlar hisoblanadi. Mezonlaming Ieptonlardan farqi shundan iboratki, kuchli va elektromagnit (agar zaryadlangan bo’Isa) o’zaro ta’sirda ham qatnashadilar.
    4. Barionlar sinfi o’ziga nuklonlar (p,n) va massasi nuklonlar massasidan katta bo’lgan nostabil zarralar - giperonlarni birlashtiradi. Hamma barionlar kuchli o’zaro ta’sirga egadir. Hamma barionlar spini 1/2 ga teng bo’lib, ular fermion hisoblanadi. Protondan tashqari hamma barionlar nostabil zarralar hisoblanadi. Barion parchalanganda boshqa zarralar qatori albatta barion hosil bo'ladi, ya’ni barion zaryad saqlanish qonuni bajariladi. Yuqorida sanab o‘tilgan zarralardan tashqari, ko’p sonli kuchli o’zaro ta’sir qiluvchi qisqa yashovchi zarralar ham topilgan bo4lib, ulami rezonanslar deyiladi. Bu zarralar ikki yoki undan ortiq elementar zarralardan hosil bo’lgan rezonans holatlardir. Rezonanslar yashash vaqti taxminan 10-23— 10 -22 sekundga teng. Mezon va barionlar kuchli o’zaro ta’sirda qatnashuvchi zarralar bo4lgani uchun ulami bitta sinfga birlashtirib, adronlar deb ham nomlanadi. Adron so’zi yunoncha “adros” so’zidan olingan bo lib, ya’ni yirik, katta degan ma’noni anglatadi.


    Download 118,18 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 118,18 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jizzax politexnika instituti energetika va radioelektronika fakulteti

    Download 118,18 Kb.