222
19. Dinning eng asosiy o’ziga xos xususiyati nima?
A. Oxiratga ishonch.
B. G`ayritabiiy kuchlarga ishonch.
C. Narigi dunyoga ishonch.
D. Olamning yaratilganiga ishonch.
E. Muqaddas kitoblarga ishonch.
20. Dinning gnesologik ildizlari nima?
A. Tarbiyalash jarayonining dindorlikni keltirib chiqaruvchi va mavjud bo’lib
turishini ta’minlovchi o’ziga hususiyatlari.
B. Dindorlikni tug`diruvchi va mavjud bo’lib turishini ta’minlovchi o’ziga xos
xususiyatlari.
C. Inson emostional (xissiy) holatining dindorlikni tug`diruvchi va mavjud
dindorlikni tug`diruvchi va mavjud bo’lib turishini ta’minlovchi o’ziga xos
xususiyatlari.
D. Jamiyat siyosiy rivojlanishining dindorlikni tug`diruvchi va mavjud bo’lib
turishini o’ziga xos xususiyatlari.
E. Ijtimoiy borliqning dindorlikni tug`diruvchi va mavjud bo’lib turishini
ta’minlovchi o’ziga xos xususiyatlari.
21. Diniy ibodat nima?
A. G`ayritabiiy kuchlarga ishonch tufayli paydo bo’lgan hissiyot va tuyg`ularning
yig`indisi.
B. Diniy tasavvurlar sistemasi bilan bog`langan hamda diniy ta’limotning
muayyan jihatini hissiy-obrazli aks ettiradigan maxsus hatti-harakatlar,
marosimlar, tantanalar yig`indisi.
C. Diniy e’tiqodlar va marosimlarning umumiyligi asosida paydo bo’lgan u yoki
bu dinga e’tiqod qiluvchilarning uyushmasi.
D. G`ayritabiiy kuchlarga ishonch tufayli paydo bo’lgan g`oyalar va obrazlarning
yig`indisi.
E. Professional ruhoniylar xizmat qiladigan qat’iy markazlashgan avtonom
muassasa.