4
I. NAZARIY MASHG`ULOT MATERIALLARI
1-MAVZU. DIN IJTIMOIY MADANIYAT HODISA SIFATIDA
REJA:
1. Dinshunoslik fanining predmeti maqsadi va vazifalari.
2. Dinning ta`rifi va turlari.
3. Diniy ong asoslarining shakllanishi. Ibtidoiy din shaklari.
4. Dinning jamiyatda bajaradigan funksiyalari.
Tayanch so’z va atamalar.
Din, dinshunos, dinshunoslik fani predmeti din funksiyalari, fenomen,
kompensatorlik, to’ldiruvchilik, integrativ, regulyativ), kommunikativ, legitimlik.
Din tipologiyasi, ibtidoiy dinlar, milliy dinlar, jahon dinlari.
1. Dinshunoslik fanining predmeti maqsad va vazifalari.
«Dinshunoslik» dinning paydo bo’lishi va rivojlanish tarixini, uning ijtimoiy,
gnoseologik, psixologik ildizlarini, turli xil dinlar ta’limotining vujudga kelishi va
shakllanishini o’rgatuvchi fan, ta’limot va o’quv predmetidir.
Dinshunoslik falsafa, tarix, etika, psixologiya kabi fanlar bilan bog`liqligidan
tashqari din sostiologiyasi,
din antropologiyasi, din fenomenologiyasi, din
aksiologiyasi kabi fan tarmoqlari yutuqlaridan
ham foydalanishning muayyan
amaliy ahamiyati mavjuddir.
Din sotsiologiyada muayyan aholi o’rtasida dinga, uning qadriyatlariga
hamda ijtimoiy rolini aniqlash maqsadida sotsiologik tadqiqotlar o’tkaziladi. Bu
tadbir sotsiologik tadqiqot metodikasi, so’rov varaqalari ishlab chiqilgandan so’ng
ishga solinadi. Olingan natijalar muayyan
hududda diniy vaziyatni, diniy ong
darajasini, ijtimoiy hayotdagi rolini aniqlashga yordam beradi.
Olimlarning dinshunoslik sohasidagi izlanishlari
muhim xulosalar
chiqarishga olib kelgan: