7
va shu asosda shakllananadigan maqsadlar majmuini hamda ularning to’g`riligiga
ishonch bilan bog`liq bo’lgan psixologik holatni ifodalaydi. Bilim va g`oyalar
insonning ham aqli, ham qalbi bilan o’zlashtirib olingandagina e’tiqodga aylanadi.
Umuman olganda, e’tiqod shaxs, guruh va ommani jipslashtiruvchi, odamlarni
ijtimoiy hayotning faol a’zosiga aylantiruvchi omil hisoblanadi
3
.
Dinlar va madaniyatlar tarixini o’rganish avvalo ularning ilk davrini to’g`ri
tahlil va talqin etish bilan ahamiyatlidir. Albatta, tarixiy jarayonlarni va xalqlarning
dunyoqarashini, ularning o’zaro munosabatlarini va ma’naviy-ma’rifiy
qiyofasini
o’rganishda ularga xolis baho berishda yuqoridagi fikr nihoyatda qo’l keladi. Chunki
tarixda davlatlar va xalqlar rivojini dinlarning bir bosqichdan ikkinchi bosqichga
o’tishi orqali namoyon bo’lishi sir emas.
Har qaysi xalq yoki millatning ma’naviyatini uning tarixi, o’ziga xos urf-odat
va an’analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo’lmaydi. Bu borada,
tabiiyki, ma’naviy meros, madaniy boyliklar, ko’hna tarixiy yodgorliklar eng muhim
omillardan biri bo’lib xizmat qiladi.
Bizning qadimiy va go’zal diyorimiz nafaqat Sharq,
balki jahon
stivilizastiyasi beshiklaridan biri bo’lganini xalqaro jamoatchilik tan olmoqda va
e’tirof etmoqda. Bu tabarruk zamindan ne-ne buyuk zotlar, olimu ulamolar,
siyosatchi va sarkardalar etishib chiqqani, umumbashariy stivilizastiya va
madaniyatning uzviy qismiga aylanib ketgan dunyoviy va diniy ilmlarning, ayniqsa,
islom dini bilan bog`liq bilimlarning tarixan eng yuqori bosqichga ko’tarilishida ona
yurtimizda tug`ilib kamolga etgan ulug` allomalarning
xizmatlari beqiyos ekani
bizga ulkan g`urur va iftixor bag`ishlaydi
4
.
Hozirda Yevropa dunyoqarashi dinga ikkinchi darajali masala sifatida
qarasada uni jamiyat tizimidan butunlay chiqarib yubora olmadi.
Ilohiy ta’limotlarga asoslanadigan bo’lsak ma’lum dinga, yoki ruhiy quvvatga
ishonch insonning fitratiga qo’shib yaratilgan. Shunday ekan, ya’ni dinga e’tiqod
qilib yashash real haqiqat ekanini e’tirof etgan holda uni xolis o’rganish va tadrijiy
rivojini hisobga olgan holda tadqiq etish davr talabi sifatida qaralmog`i kerak.
Din tushunchasiga olimlar duyoviylik, ilmiylik nuqtainazaridan, din arboblari
esa muayyan diniy ta`limot asosida yondashishlari bois ushbu tushunchga turli
ta`riflar beriladi.
Din asli nima ekanligi turlicha izohlansa-da, umumiy nuqtai nazar shuki,
din