8
insoniyatni o’rganish demakdir.
Dinni insoniyatdan,
insoniyatni dindan ajratib
bo’lmasligini tarixning o’zi isbotladi. «Kommunistik jamiyatda din yo’q bo’lib
ketadi» deyilgan gapning aksicha kommunizm xayoliy narsa-yu, din doimiy ekanligi
amalda isbotlandi. Demak, din insoniyat bilan birga dunyoga kelgan.
Dinning tarkibiy qismlari quydagilardan iborat:
- diniy ta`limot: mazkur din bilan bog`liq aqidaviy qarashlar tizimi;
- xudo: ilohiy ong va qudrat sohibi bo`lgan oily mavjudot;
- ibodat: mazkur din ko`rsatmalariga muvofiq amalga
oshiriladigan marosim,
rasm-rusum, udumlar majmui;
- diniy jamoa: (masjid, cherkov yoki ibodatxona qavmi): mazkur dinga e`tiqod
qiluvchlarni birlashtiruvchi ijtimoiy institute;
- axloq me`yorlari: mazkur din ta`limotlarida muqaddaslashtirilgan ijtimoiy
munosabat qoidalari
5
.
Din-ijtimoiy xayotning murakkab va ko’pqirrali sohalaridan biri bo’lib,
insoniyat tafakkurining ajralmas bir bo’lagi hamdir.
Dinni tadqiqi etish uch yo’nalishda olib boriladi. Bular:
1) ilohiyot (teologiyaga oid);
2) falsafiy yo’nalishga oid;
3) ilmiy qarashlarga oid.