5
Dinshunoslikni o’qitishdan maqsad:
Birinchidan talabalarni din va diniy ta’limotlarning diniy talqinidan tashqari
ilmiy tushuncha, ta’limot, nazariya, falsafiy xulosalar bilan qurollantirishdan iborat.
Buning uchun hozirgi zamon fani yutuqlari
asosida dinning kelib chiqishi,
evolyutsiyasi, hozirgi holati, insoniyatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy
hayotida tutgan o’rni haqida ilmiy-nazariy ta’limotlar bilan qurollantirish ko’zda
tutiladi;
Ikkinchidan, O’rta Osiyoda, shu jumladan O’zbekistonda VIII asrdan boshlab
islom dini kirib kelganligi, xalqimiz turmush tarziga chuqur kirib borganligini
hisobga olib, uning shaxs, oila, jamiyat hayotida tutgan o’rni, madaniyat va
ma’naviyat, san’at va adabiyotni boyitishga qo’shgan hissasi xususida talabalarni
ilmiy-falsafiy bilimlar asosida fikr yuritishga o’rgatilishdan iborat;
Uchinchidan, ibtidoiy dinlardan tortib to jahon dinlarigacha bo’lgan
dinlarning shakllari, ta’limotlari, yo’nalish va oqimlari mazhab va sektalari haqida
umumiy ilmiy tasavvur hosil qilish orqali mustaqil falsafiy xulosalar chiqara olish
malakasini hosil qilishdan iborat;
To`rtinchidan, dinning jahon miqyosida ahamiyatini hisobga olgan xolda uni
siyosiylashtirish turli kelishmovchiliklar va ziddiyatlarni
olib kelishini va buning
natijasida davlat xavfsizligi, fuqorolar osoyishtaligiga rahna soladigan
muammolarga zamin bo`lishi mumkinligiga e`tabor qaratish. Diniy ekstremizim va
fundamentalism kabi yot buzg`unchi g`oyalarga qarshi talabalarda g`oyaviy
immunitetni shakllantirish.
Beshinchidan, diniy bag`rekenglik jamiyat taraqqiyotining asosiy
tamoyillaridan biri ekanligi, Markaziy Osiyo zaminida
qadimdan turli diniy
qarashlar va ta`limotlar yonma-yon rivojlanganligi, diniy keskinlik va
kelishmovchiliklar ro`y bermaganligi bu esa ajdodlarimizning qadimdan
bag`rikenglik va saxovatpeshalik kabi ezgu sifatlar bilan sifatlanganligini ochib
berishdan iborat.
Dinshunoslik fanining vazifalari quyidagilardan iborat:
– Oliy o’quv yurti talabalariga shu sohada chuqur
bilim berish orqali fan
doirasiga kirgan masalalarni tahlil etishda ilmiylik va ob’ektivlik uslubini qo’llab,
ularga diniy qarashlar taraqqiyotiga, inson kamolotiga xizmat qiladigan jihatlarini
ajratib olish, mustaqil fikr yuritish orqali to`g`ri xulosalar chiqarishni;
–
Ibtidoiy din shakllaridan tortib to urug`, qabila va milliy dinlargacha, ularda
jahon dinlarining paydo bo’lishi va rivojlannshining ijtimoiy, gnoseologik va
psixologik ildizlarini tarixiy dalillar asosida har tomonlama ilmiy taxlil kilish va
umumlashtirish;
– Fanni o’rganish jarayonida dinning ta’rifi, tavsifi, diniy va ilmiy kategoriya
(asosiy tushunchalar), dinning mohiyati va uning kishilik
jamiyati taraqqiyotidagi
turli bosqichlarda tutgan o’rni, jamiyatni, shaxsni ma’naviy kamol toptirishda milliy
va diniy qadriyatlarning ahamiyati, islomning Markaziy Osiyo, jumladan
O’zbekiston xalqlari madaniyati va ma’naviyatiga ta’siri kabi masalalarni falsafiy
taxlil qilish;
6
–
Talabalarga islom manbalari - Qur’oni karim, Hadis, Shariat haqida
umumiy
ilmiy tushunchalar berish, uni rivojlantirishga ulkan hissa qo’shgan
vatandosh bobokalonlarimiz hayoti va ijodi bilan tanishtirish, hadislarning
tarbiyaviy ahamiyatini keng yoritish, tasavvuf ta’limotini takomillashtirishda
hamyurtlarimiz
ijodini bayon etish;
– Hozirgi davrda mustaqil mamlakatimizda vijdon erkinligining to’liq
kafolatlanganligi isbotlab berish, islomdagi real qadriyatlarni tiklash yo’lida
qilinayotgan sa’y-harakatlarni tavsiflash, nihoyat, milliy va diniy qadriyatlarning
sog`lom avlodni, jumladan talabalarni kamol toptirishga bag`ishlash, ularda din
haqida ilmiy dunyoqarashni shakllantirishdan iborat.