Andijon davlat universiteti falsafa kafedrasi dinshunoslik




Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/132
Sana17.01.2024
Hajmi1,47 Mb.
#139490
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   132
Bog'liq
Dinshunoslik majmua 2023-2024-o\'quv yili pdf

 
Dinlarning tasnifi. Dinlar unga e’tiqod qiluvchilarning soni, miqyosi, 
o’zining ma’lum millat yoki xalqqa xosligi yoxud millat tanlamasligiga ko’ra turli 
guruhlarga bo’linadi. Bu guruhlar son jihatdan qancha bo’lishidan yoki nazariy 
jihatdan qanchalik yetuk bo’lishidan qat’i nazar, ularni mutlaqlashtirib bo’lmaydi. 
Chunki har qanday tasnif ma’lum bir jihatga e’tibor berib, boshqa qirralarni qamrab 
ololmaydi. Hozirgi kunda din tipologiyasida dinlarni turlicha tasniflaydi. 
Shundan kelib chiqib, fikrimizcha dinlarni quydagicha tasniflasak bo`ladi: 
 
I. Tarixiy-geografik jihatga ko’ra;
II. Etnik jihatga ko’ra;
III. E’tiqod qiluvchilarining soniga ko’ra;
IV. Hozirgi davrda mavjudligi jihatidan (tirik va o’lik diniy tizimlar)
I. Tarixiy-geografik tasnif: 
Ibtidoiy dinlar – davlatlar paydo bo`lguncha bo`lgan dinlar. 
Qadimgi dinlar – qadimgi davlatlarda paydo bo`lgan dinlar.
Qadimgi dinlar o`z navbatida ko`pxudolik va yakkaxudolikka asoslanadi. 
Milliy dinlar: Yahudiylik, Hinduiylik, Sintoiylik va hakazo.
Jahon dinlari: Buddaviylik, Xristianlik, Islom. 
Yangi dinlar: Bahoiylik, Tenri va hakazolar.
 
Etnik tasnif.
Urug`-qabila dinlari – totemistik, animistik tasavvurlarga asoslangan, o’z 
urug`idan chiqqan sehrgar, shaman yoki qabila boshliqlariga sig`inuvchi dinlar. Ular 
millat dinlari va jahon dinlari ichiga singib ketgan bo’lib, hozirda Avstraliya, 
Janubiy Amerika va Afrikadagi ba’zi qabilalarda saqlanib qolgan;
Millat dinlari – ma’lum millatga xos bo’lib, boshqa millat vakillari o’ziga 
qabul qilmaydigan dinlar. Ularga yahudiylik (yahudiy millatiga xos), hinduizm 
(hindlarga xos), konfutsiychilik (xitoy millatiga xos), sintoizm (yaponlarga xos) 
kiradi;
Jahon dinlari – dunyoda eng ko’p tarqalgan, kishilarning millati va irqidan 
qat’inazar unga e’tiqod qilishlari mumkin bo’lgan dinlar. Ular safiga odatda 
buddizm, Xristianlik va islom dinlarini kiritadilar. Jahon dinlariga faol misseonerlik 
va targ`ibot-tashviqot o`tkazish xos bo`lib, ular turli millat va elat, ijtimoiy tabaqaga 
mansub odamlar ichida da`vat qilinadi. Shu bilan birga jahon dinlarining barchasida 


12 
umuminsoniy qadriyatlar, barcha odamlarning teng ekani haqidagi g`oyalar ilgari 
suriladi. 

Download 1,47 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   132




Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Andijon davlat universiteti falsafa kafedrasi dinshunoslik

Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish