|
Andijon davlat universiteti falsafa kafedrasi dinshunoslikBog'liq Dinshunoslik majmua 2023-2024-o\'quv yili pdfShamanizm (“shaman” so’zining tungus tilidagi ma’nosi – “sehrgar”).
Sehrgarlik (afsun, magiya) real natijalar olish uchun ilohiy kuchlarga ta’sir etish
maqsadida amalga oshiriladigan rituallar – urf-odatlar majmuasidir. U totemizm
va animizm bilan bir vaqtda paydo bo’lib, unga ko’ra uning vositasida kishilar o’z
totemlari, ota-bobolarining ruhlari bilan xayolan bog’lanishni amalga oshirib
kelganlar. Shamanizm qadim o’tmishda paydo bo’lib, minglab yillar davomida
saqlanib kelgan va tabiiyki, muntazam rivojlanib borgan. Odatda, afsungarlik urf-
odatlari bilan maxsus odamlar – shamanlar, afsungarlar shug’ullanganlar. Ular
orasida, ayniqsa, ayollar ko’p o’rinni egallaganlar. Bu shamanlar, afsungarlar
jazavali va asabiy kishilar bo’lib, odamlar ularning ruhlar bilan muloqotda bo’la
olishlariga, ularga jamoaning orzu niyatlarini ruhlarga yetkazish, ularning irodasini
talqin qilish qobiliyatiga ega ekanligiga chuqur ishonganlar. Shamanlar, odatda,
ma’lum harakatlar: ovoz chiqarish, ashula aytish, raqsga tushish, sakrash yo’li bilan
nog’oralar va qo’ng’iroqlar ovozlari ostida jazavaga tushib, o’zini yo’qotish,
jazavaning yuqori nuqtasiga yetish bilan afsungarlik qilishgan. Tomoshabinlar ham
ba’zan o’zlarini yo’qotar darajaga yetib, marosim ishtirokchisiga aylanib qolishar
edi. Marosim oxirida shaman hech narsani eshitmay, ko’rmay qolar, uning ruhlar
dunyosi bilan muloqoti xuddi shu holatda amalga oshadi deb hisoblanardi. Umuman
olganda, turli diniy marosimlarni o’z ichiga olgan afsungarlik jamiyatning haqiqiy
talablaridan kelib chiqqan holda hayotda amalga oshirilgan. Ilohiy kuchlar dunyosi
bilan bunday bog’lanish yo’li hayotda noma’lum, oldindan bilib bo’lmaydigan
sharoitlardan kelib chiqqan. Shuning barobarida afsungarlik odamlarning fikrlash
qobiliyatining o’sib borishi, ongining mustahkamlanishida katta rol o’ynadi, diniy
ongning shakllanish jarayonida muhim o’rin tutdi. Afsungarlik fikr yuritish
rivojlangan sari odamga o’z o’zidan bo’ladigan, faqatgina maqsadli yo’nalishdagi
harakatlar natijasida olinadigan emas, balki ilohiy kuchlar afsuni bilan bog’liq
bo’lgan sharoitlardan kelib chiqadigan ko’rinish deb hisoblangan. Natijada ko’pgina
aniq hodisalar, hattoki alohida buyumlar sehrli kuch egasi sifatida qabul qilina
boshlandi.
Sehrgarlik marosimlari ikki usul: yakka holda yoki jamoa bo’lib amalga
oshirilar edi. Afsungarlik maqsadga ko’ra quyidagilarga: zarar keltiruvchi – yovuz
afsungarlik. Bundan kimgadir zarar yetkazish niyat qilinadi; Harbiy afsungarlik.
Bunday afsungarlik dushmanga qarshi qo’llaniladi (masalan, qurol aslahalarni
sehrlash); Sevgi afsungarligi, boshqacha aytganda, «issiq» yoki «sovuq» qilish;
Tibbiy afsungarlik. Davolashda ishlatiladi; Ob-havo afsungarligi. Bu sehrgarlik
turidan yomg’ir chaqirish yoki shunga o’xshash ob-havoni o’zgartirish maqsadlarda
foydalanilgan.
Sehrgarlik hozirda ham mavjud dinlarda, turli xalqlar urf-odatlarida saqlanib
qolgan.
|
| |