19
natijalaridan talabalarni xabardor qilishda ayniqsa yaxshi samara beradi. U yosh
avlodda, jumladan talabalarda diniy e’tiqod va an’analarning
saqlanishi va
takrorlanishiga sabab bo’ladigan ijtimoiy-psixologik omillarni tadqiq etishda to’g`ri
yo’nalishni belgilab olish imkonini beradi. Yuqorida ta’kidlab o’tilganidek,
ijtimoiy-psixologik hodisalarning xususiyatlarini hisobga olmay turib dinni
tushunish, izoxlash, tavsiflash mumkin emas. Din ma’naviy, aniqrog`i, g`oyaviy-
madaniy omil bo’libgina qolmay, ayni vaqtda, ko’pgina jihatlardan ijtimoiy-ruhiy
hodisa hamdir.
Din ijtimoiy birliklar va guruhlar mafkurasi va psixologiyasining tarkibiy
qismi, bayram, urf-odat va marosimdarning manbai bo’lib, jamoa va guruxlar fikrini
shakllantiradi, shaxs va ijtimoiy guruxlarning dasturlarini, qadriyat yo’nalishlarini
belgilaydi.
Shu bilan birga, dinning paydo bo’lishi va evolyutsiyasi, muayyan
jamiyatdagi shart-sharoitni va uning dastlabki shakllari - totemizm, fetishizm,
animizm, sehrgarlik, o’rganish, turli ijtimoiy-iqtisodiy
tuzumlarda dinning paydo
bo’lish, mavjud bo’lib turish sabablari va ildizlarini o’rganishni ham taqozo etadi.
Umuman din, xususan islom dini 5 asosiy funkstiyani boshqaradi. Bular
qatoriga kompensatorlik, to’ldiruvchilik, integrativ (birashtiruvchilik), regulyativ
(nazorat
qiluvchilik),
kommunikativ
(aloqa
bog`lovchilik),
legitimlik
(qonunlashtiruvchilik) funksiyalar kiradi.
Jamiyat shakllanishining dastlabki davrlarida paydo bo’lgan
din xalqlar
hayoti bilan bog`liq holda rivojlangan, moslashgan, sekin-asta diniy tizimni vujudga
keltirgan. Natijada muayyan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy, tarbiyaviy
vazifalarni bajarishni o’z zimmasiga olgan. Bunday vazifalar jamiyat
taraqqiyotining yuqori bosqichlarida ayniqsa yaqqol ko’zga
tashlanib muayyan
qolipga tushib, har biri maxsus qoida, g`oya, mafkura, dastur sistemasiga aylangan.
Dinning yuqorida qayd qilingan besh funksiyasining qisqacha ta’rifi va
tavsiflari quyidagilardan iborat.