• Noan`anaviy dinlar va yangi diniy harakatlar
  • 3. Diniy ong asoslarining shakllanishi. Ibtidoiy dinlar shakllari.
  • E`tiqod qiluvchilarning soniga ko`ra tasniflanish




    Download 1,47 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet9/132
    Sana17.01.2024
    Hajmi1,47 Mb.
    #139490
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   132
    Bog'liq
    Dinshunoslik majmua 2023-2024-o\'quv yili pdf

     
    E`tiqod qiluvchilarning soniga ko`ra tasniflanish. Dunyo aholisining diniy 
    tarkibi haqida turli manbalarda bir-biridan farq qiluvchi ko`rsatgichlar aks ettiriladi. 
    Soha mutaxassislari tomonidan ko`proq “Pew Research Center” (Vashington) 
    tadqiqot markazi tomonidan berilgan ma`lumotlardan foydalaniladi. Jumladan 
    mazkur markazning 2015 yil bergan ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda xristianlar 2,2 
    mlrd, (Yer aholisining 31 %), musulmonlar 1,7 mlrd (24.1%), buddaviylar 499 mln 
    (6%), shuningdek hinduiylar 1 mlrd (15.1%), yahudiylar 14 mln (0,2%) hamda 
    sikxizm, sintoizm, jaynizm, bahoiylik kabi milliy din va diniy konfessiyalrga 59 mln 
    kishi (0.8%) e`tiqod qiladi. Hali biror din tanlamagan ateistlar soni 1,1 mlrd (16%)ni 
    tashkil etadi
    7

    Noan`anaviy dinlar va yangi diniy harakatlar: G`arbda ko`proq xristianlik 
    asosida vujudga kelgan, masalan “Iso Masih cherkovi”, Mormonlar va h.k). Sharqda 
    shakllangan, Krishnaizm, Shri Chinyoma markazi. Sinkretik dinlar: ga`rb va sharq 
    yo`nalishlari aralashmasi – “Buyuk oq birodarlik” va Bahoiylik kabi turli yangi din 
    va yo`nalishlarni misol qilish mumkin. Iblisga sig`inuvchilar – satanizm, mistik 
    (okkultizm) oqimlari mavjud
    8
    .
    Dinlar yagona xudoga sig`inish yoki ko`pxudolikka asoslanganligi, e`tiqod 
    qiluvchilarning tarkibi va soni kabi qator mezonlarga ko`ra tasniflanadi. Jumladan, 
    islom, xristianlik, sikxizm va yahudiylik dini yakkaxudolikka (monoteizm), 
    buddaviylik, hinduiylik esa ko`pxudolikka (politeizm)ga asoslangan. Afroxristian, 
    buddaviylik kabi dinlar qo`shilib ketishi orqali (sinkretik dinlar) vujudga kelgan. 
    3. Diniy ong asoslarining shakllanishi. Ibtidoiy dinlar shakllari. 
    Dinshunoslik fani nuqtai nazaridan (umuman olganda ilmiy-falsafiy 
    adabiyotlarda) diniy ong ijtimoiy ong shakllaridan biri bo’lib, uning mavjudligi ham 
    ijtimoiy borliq bilan belgilanadi. Kishilarning ijtimoiy, ma’naviy hayoti moddiy 
    asosga bog`liq. Ijtimoiy hayot jamiyat bilan tabiat orasidagi birlikning muayyan 
    ko’rinishi bo’lgan hukmron ishlab chiqarish usulining taraqqiyot darajasiga 
    asoslanadi. Demak, ijtimoiy borliq, bir tomondan, jamiyat bilan tabiat orasidagi 
    birlikni, ikkinchi jihatdan, jamiyat a’zolari orasidagi o’zaro munosabatni qamrab 
    oladi. Diniy ong ijtimoiy ong shakllaridan biri sifatida ana shu munosabatning 
    muayyan shakllarining in’ikosidir. 
    Ijtimoiy borliq ko’p shakllarga ega bo’lgan murakkab ijtimoiy hodisadir. 
    Shunday ekan, uning in’ikosi hisoblangan ijtimoiy ong ham turli shakllarga, 
    jumladan, diniy ongga bo’linadi. "Din" atamasi qadimiy somit va yahudiy tillaridan 
    kelib chiqib, shu xolida arab tiliga o’tgan. Hozirgi paytda "din" atamasi orqali 
    muayyan dunyoqarash, his-tuyg`u, tasavvur va urf-odatlar asosida odamlar, ularning 
    uyushmalari, va marosimlar, xalqlar va millatlarning yaqinlashuvi, ma’naviy, 
    7
    The Changing Global Religious Landscape. Pew Research Center. www.pewforum.org 
    8
    Hasanov O`. O`zbekistonda davlat va din munosabatlari: diniy tashkilotlar,oqimlar, mafkuraviy kurshning dolzarb 
    yo`nalishlari. –T.: “Toshkent islom universiteti”, 2014. -13. 


    13 
    jumladan axloqiy qarashlardagi hamfikrlilik anglashiladi. Islom nuqtai nazaridan din 
    Alloh yo’lidir. Diniy iymon va e’tiqod esa shu yo’lning to’g`riligi, haqligiga 
    ishonchdan iborat bo’lgan ruhiy holatdir. 
    Dindor o’zining toat-ibodatga oid harakatlari orqali ilohiy kuch bilan bevosita 
    aloqa bog`lanish o’rnatadi. Din muayyan ta’limotlar, his-tuyg`ular, toat-ibodatlar va 
    diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon bo’lganligi uchun ular dinning 
    elementlari (qismlari) deb ataladi. Bu tarkibiy qismlar bir-birlari bilan uzviy 
    bog`likdir. Dinning mavjudligi bu tarkibiy qisilarning hammasini taqozo kiladi. 
    Dinning tarkibiy qismlari orasida diniy ong, diniy tasavvurlar yetakchi o’rin 
    egallaydi. Binobarin, diniy marosimlar, diniy psixologiya, diniy birlashmalar esa 
    diniy tasavvurlarni mustaxkamlaydi va uzoq davrlarda yashashi uchun xizmat kiladi. 
    Diniy ong bir biri bilan bog`liq, o’zaro muayyan darajada ijobiy mustaqil 
    bo’lgan diniy mafkura va diniy psixikadan iborat. Diniy mafkuraning vujudga 
    kelishi va shakllanishi sinfiy jamiyatda ro’y bergan aqliy mehnatning jismoniy 
    mehnatdan ajralishi va buning natijasida vujudga kelgan dastlabki qohinlar, 
    keyinchalik ruhoniylar faoliyatlari bilan bog`liq. Ular o’z g`oyaviy faoliyatlarida 
    diniy mafkurani yaratadilar va buni asoslash, targ`ib qilish bilan shugullanadilar. 
    Diniy psixologiya - ruhiy holat bo`lib diniy mafkuradan ancha oldin vujudga 
    kelgan. U oddiy dindorlarning his tuyg`ulari bilan bog`liq odatlari, kayfiyatlaridan 
    tashkil topadi. Diniy mafkura diniy psixik holatni g`oyalar bilan mustahkamlasa, 
    bunisi diniy mafkurani his tuyg`ular, odatlar vositasida chuqurlashtiradi. Diniy 
    mafkura hamma vaqt ham diniy psixik holatlar bilan to’la mos kelavermaydi. 
    Hozirgi davrda oddiy dindorlarning xatti-harakatlaridagi islomga xos bo’lgan 
    ibtidoiy dinlarning qoldiqlari bunga misol bo’la oladi. Bularga fol ochirish, kinna 
    soldirish, issiq-sovuq qildirish, va h. k. lar kiradi. 
    Dinning ta’rifi, uning tarkibiy qismlari, diniy ong darajalarini bilishning ilmiy, 
    amaliy ahamiyati shundaki, u kishilar hayotidagi diniy va diniy bo’lmagan 
    harakatlarni bir-biridan farqdash, ularga alohida-alohida yondashish imkonini 
    beradi. 
    Din bilan idealistik falsafa ko’p jihatdan bir biriga yaqin turadi. Har ikkalasi 
    moddiy olamning mavjudligini, uning paydo bo’lish sabablarini shu moddiy 
    olamdan tashqarida deb biladi. 
    Dinda olamni yaratuvchi xudo yoki xudolar hisoblansa, idealizm "mutlaq 
    g`oya", "dunyoviy ruh", "dunyoviy aql" va shu kabi ma’naviy omillarni moddiy 
    olamdan ustun qo’yadi. Ayni vaqtda, bular bir-birlaridan jiddiy farqlanadilar. Dinda 
    oldin e’tiqod, so’ng mantiq bo’lsa, falsafiy idealizmda oldin mantiq, so’ng ishonch 
    ilgari suriladi. 
    Jamiyat moddiy hayot sharoitlarining ta’siri ostida vujudga kelgan din tarixiy 
    va ijtimoiy hodisadir. U ijtimoiy taraqqiyotning muayyan bosqichida, ma’lum bir 
    sabablarga binoan vujudga kelgan. 
    G`ayritabiiy kuchlarga ishonish shaklidagi dastlabki diniy qarashlar 
    urugchilik tuzumining ilk davrlarida, ya’ni bundan tahminan 50-70 ming yillar ilgari 
    paydo bo’la boshlagan. Ular qatoriga tabiatdagi o’simlik va hayvonot dunyosi, 
    barcha narsa va hodisalar qudratli va sehrli karomatga ega degan tasavvurlar bilan 


    14 
    bog`liq bo’lgan totemizm, animizm, fetishizm, magiya, ya’ni sehrgarlik kabilar 
    kirgan. Dinning mazkur ibtidoiy shakllarining elementlari hozirgi zamon jahon 
    dinlarida ham hamon saqlanib kelmoqda. 
    Diniy ong, diniy tasavvurlar jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzumining 
    xarakteriga muvofiq ravishda kelib chiqqan va rivojlangan. Ibtidoiy jamoa tuzumi 
    yemirilishi davrida «politeistik, ya’ni ko’p xudolikka asoslangan dinlar paydo 
    bo’lgan. Ishlab chiqarish qurollari va vositalariga xususiy mulkchilik kelib chiqqach, 
    bir necha urug`, qabila, elat, xalqlarni birlashtirgan yirik davlatlar vujudga kepgach, 
    yakka xudolik to’g`risidagi diniy tasavvur va ta’limotlardan iborat bo’lgan 
    monoteistik dinlar vujudga kelgan. Ular qatoriga miloddan oldingi VI-V asrlarda 
    Markaziy Osiyoda shakllangan zardushtiylik, buddaviylik, yahudiylik, keyinchalik 
    vujudga kelgan xristianlik, islom kiradi. Hozirgi davrda jahon xalqlari e’tiqod 
    qilayotgan barcha monoteistik dinlarda politeizmning tasavvurlari qisman bo’lsada 
    saqlanib kelmoqda. 
    Ilmiy adabiyotlarda keltirilishicha, ibtidoiy odamning jismoniy, fiziologik, 
    asab-endokrin, biologik, psixologik va boshqa sohalari o’ziga xos xususiyatlarga ega 
    edi. Bu uning hayoti va faoliyati, fe’l-atvorigagina emas, balki, uning fikrlash 
    darajasi, kuchli hayajonlanishi, tasavvur etishi, haqiqiy yoki soxta mantiqiy 
    qonuniyatlarni kashf etishiga ta’sir ko’rsatdi. U ibtidoiy bo’lsa-da aqlli, fikr 
    yurituvchi, ma’lum mushohadaga qobiliyatli, konkret holatda fikr yurita oladigan, 
    doimiy faoliyatida vujudga kelgan amaliy tajribalarga ega bo’lgan odam edi. Bunday 
    tahlil nimaga asoslangan? Bilim miqdorining nihoyatda ozligi va uni doimiy 
    takomillashib borishi, oldinda turgan hayotdan qo’rquv va uni yengishga bo’lgan 
    intilish, amaliy tajribaning uzluksiz ortib borishi, tabiat kuchlariga mutlaq tobelik va 
    undan qutilishga tirishish, atrof-muhitga injiqliklari va ularni yengish va h.k. – 
    bularning barchasi shunga olib bordiki, uning ilk qadamidan nafaqat mantiqiy 
    talabchanlik, balki hissiy-ijtimoiy, xayoliy-fantastik munosabatlar kelib chiqdi. Gap 
    «ongli yovvoyi» yoki «abstrakt fikrlovchi kishi» to’g’risida borayotgani yo’q, ayni 
    jamoaning qonun qoidalaridan chiqmagan holda, qolaversa, 20-50 kishidan iborat 
    bo’lgan kichik qabila, mehnat faoliyati jarayoni (ov, ozuqa izlash, qurol yasash, turar 
    joyni jihozlash va h.k.) doimiy ijtimoiy munosabatlar, oilaviy urug’doshlik aloqalari 
    va hodisalar jarayonida (nikoh aloqalari, tug’ilish va o’lim) ushbu jamoaning 
    ruhoniylari, g’ayritabiiy kuchlar va voqeiylik o’rtasidagi g’ayrioddiy aloqalar 
    to’g’risida ibtidoiy tasavvurlar mustahkamlanib borgan. Real hayot bilan bir qatorda 
    o’zga dunyo mavjudligi, marhumlar tiriklar hayotiga ta’sir eta olishi to’g’risidagi 
    g’oyalar yuzaga keldi”.
    Diniy adabiyotlar, xususan Avesto, Tavrot, Injil, shuningdek Qur’oni karimda 
    ham insonning yaratilishi, uning yer yuzidagi ilk hayoti o’ziga xos tarzda talqin 
    qilinadi. Ularning barchasida dunyo va insoniyatning yagona Yaratuvchi (Avestoda 
    – Axura-Mazda, Tavrotda – Yahve, Injilda – Ota Xudo, Qur’onda – Alloh) 
    tomonidan yaratilgani bir ovozdan ta’kidlanadi. Odamzodning diniy tasavvurlari 
    paydo bo’lishiga kelsak, Xudo dastlabki inson – Odamni yaratgach, unga ma’lum 
    yo’l-yo’riq va ko’rsatmalar beradi va bu ko’rsatmalar o’z navbatida din deb ataldi. 
    Diniy ta’limotga ko’ra, inson boshdan mukammal holda yaratilgan, shunga o’xshash 


    15 
    din ham unga mukammal holda berilgan. Evolyutsionizm ta’limotiga ko’ra, 
    insonning paydo bo’lishi ham, dinning shakllanishi ham bosqichma-bosqich, 
    soddadan murakkabga qarab rivojlanib borgan. Umuman olganda, barcha ilmiy 
    adabiyotlarda dinning paydo bo’lishi borasida bildirilgan fikrlar ilmiy farazlardan 
    iborat bo’lib, ushbu masalaning diniy adabiyotlardagi talqini esa har bir insonning 
    diniy e’tiqodiga bog’liq.
    Insoniyat tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, uning kundalik hayoti bilan 
    bog’liq bo’lgan muhim ishlar: jumladan tug’ilish, ozuqa topish, ov qilish, o’z 
    xavfsizligini ta’minlash, dafn marosimi kabilar turli diniy tasavvur va e’tiqodlar 
    bilan bog’liq bo’lganligini ko’ramiz.

    Download 1,47 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   132




    Download 1,47 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    E`tiqod qiluvchilarning soniga ko`ra tasniflanish

    Download 1,47 Mb.
    Pdf ko'rish