• Tayanch so’z va iboralar
  • 1946 yil avgustida
  • 1946 yil 2 fevraldagi
  • 1950 yili
  • 13-mavzu: sovet davlatida ma’muriy buyruqbozlik tuzumining kuchayishi va inqirozi davrida o’zbekiston




    Download 73,98 Kb.
    bet1/15
    Sana15.05.2024
    Hajmi73,98 Kb.
    #236493
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Bog'liq
    13-mavzu


    13-MAVZU: SOVET DAVLATIDA MA’MURIY BUYRUQBOZLIK TUZUMINING KUChAYIShI VA INQIROZI DAVRIDA O’ZBEKISTON (1946-1991 yy.).

    Reja:


    1. Urushdan keyingi yillarda O’zbekistonning siyosiy-iqtisodiy hayoti.

    2. Urushdan keyingi yillarda O’zbekistonning ijtimoiy-madaniy hayoti.

    3. Qayta qurish yillarida O’zbekistonda ijtimoiy-siyosiy hayot. «Paxta ishi», «O’zbeklar ishi” va ularning salbiy oqibatlari.

    4. 80-yillarning oxirlarida Islom Karimovning O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy qo’mitasiga birinchi kotib etib saylanishi. Respublika ijtimoiy-siyosiy hayotida o’zgarishlarning boshlanishi.



    Tayanch so’z va iboralar: Xalq xo’jaligini qayta tiklash. Paxta yakkaxokimligi. Sanoat. Transport. Ijtimoiy hayot. Fan va madaniyat. Orol fojiasi. Qayta qurish. Paxta ishi. I.A.Karimov.


    -I-
    Urushdan so’ng fashizm ustidan qozonilgan g’alabaga katta hissa qo’shgan O’zbekiston xalqlari oldida harbiylashgan xalq xo’jaligini tinch qurilish yo’liga solish, uni urushdan oldingi darajaga yetkazish va rivojlantirish kabi murakkab vazifalar turardi.
    O’zbekiston urushdan keyingi yillarda o’z xalqining arzon kuchidan, boy xom-ashyo manbalaridan cheksiz ravishda foydalanishiga asoslangan, kompartiya chizib bergan besh yillik rejalarni bajarishga kirishdi. Bir tomonlama, Markaz manfaatiga bo’ysundirilgan Respublika iqtisodiyotini urushdan oldingi darajaga yetkazish va yanada rivojlantirishga qaratilgan vazifani bajarishda o’zbek xalqining mehnatsevarligi, sabr-toqatli va tinchliksevarligi kabi fazilatlardan foydalanildi.
    Iqtisodiyot oldiga qo’yilgan eng muhim vazifalar O’zbekiston SSR Oliy Kengashining 1946 yil avgustida chaqirilgan 8-sessiyasida qabul qilingan 1946-1950 yillarga mo’ljallangan rejada belgilandi. Bunga ko’ra, xalq xo’jaligining barcha sohalariga 3 mlrd. 900 mln. so’m kapital mablag’ ajratildi. Sanoatni rivojlantirish ishlari jumhuriyat iqtisodiyotining yetakchi sohasi paxtachilikni rivojlantirishga qaratildi. Elektr quvvati ishlab chiqarishga alohida e’tibor berildi. 5 yilda 8 ta yirik va o’rta hajmdagi elektrostansiyalar, shu jumladan 300 000 kv. soat kuchga ega bo’lgan Farhod suv elektr stansiyasi ishga tushirildi. Besh yilda sanoat mahsulotining yalpi hajmi 71 foizga ko’paydi, bu urushdan oldingi darajadan 1,9 barobar ko’p edi. Sanoatning xalq xo’jaligidagi salmog’i 47,7 foizni tashkil qilgan edi. Shu yillarda Farhod, Oqqovoq-2, Bo’zsuv-2 elektrostansiyalari, jami 150 ta yangi sanoat korxonalari ishga tushirildi.
    O’zbekistonning kelajakdagi taraqqiyoti rejalari ittifoq markazida ishlab chiqarilib, aksariyat hollarda mahalliy sharoit, ijtimoiy ahvol hisobga olinmasdan iqtisodni bir tomonlama, ya’ni o’lkani xom-ashyo bazasi sifatida saqlab qolishga qaratildi. Sanoat, xalq xo’jaligining deyarli barcha tarmoqlari paxtachilikni rivojlantirishga bo’ysundirildi. Sovet hukumatining 1946 yil 2 fevraldagi O’zbekistonda paxtachilikni tiklash va yanada rivojlantirish choralari to’g’risidagi qarori O’zbekistonda paxta yakkahokimligini kuchaytirish uchun asos bo’ldi.
    Iqtisodni rejali ravishda rivojlantirish bilan bir qatorda ba’zi ijtimoiy masalalarga ham e’tibor qilindi. Jumladan, ish haqi oshirildi, harbiy soliq, kartochka tizimi bekor qilindi. Pul islohoti o’tkazildi, qisqartirilgan ish soati joriy etildi, kundalik iste’mol mahsulotlarining narxi arzonlashtirildi. Bu tadbirlar pulning xarid quvvatini oshirish imkonini tug’dirdi. Lekin shunga qaramasdan narx navo hali ancha yuqori edi. 1950 yili O’zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari 1940 yilga nisbatan deyarlik ikki barobar qimmat edi.
    Keng iste’mol mollarini ishlab chiqarish tobora kamaydi. Ular asosan chetdan keltiriladigan bo’ldi natijada Respublika aholisining yengil sanoat, oziq-ovqat mollariga ehtiyoji kuchaydi.
    Jumhuriyat aholisining uchdan ikki qismini tashkil qilgan qishloq aholisining moddiy ahvoli achinarli edi. Ularning oylik daromadi o’rtacha 20 so’mni tashkil qilgan holda, bu ko’rsatkich ishchilarda 64 so’m edi. Vaholanki, urushdan keyingi xo’jalikni tiklash va rivojlantirishning asosiy og’irligi qishloq mehnatkashlari zimmasiga tushdi. O’zining bog’ va mevalari bilan mashhur bo’lgan O’zbekiston aholisi haddan tashqari ko’p olinadigan soliq tufayli bog’laridan voz kechdi. Chorvadorlar shu sababga ko’ra mol boqib foyda ko’rmadi. Ahvol shu darajaga yetdiki, aholinining shaxsiy mollari soliq hisobiga davlat va jamoa xo’jaliklari foydasiga olindi.

    Download 73,98 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 73,98 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    13-mavzu: sovet davlatida ma’muriy buyruqbozlik tuzumining kuchayishi va inqirozi davrida o’zbekiston

    Download 73,98 Kb.