• 1958 yili
  • 1960-70 yildan
  • -yillarning ikkinchi yarmidan 1959 yilgacha




    Download 73,98 Kb.
    bet5/15
    Sana15.05.2024
    Hajmi73,98 Kb.
    #236493
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Bog'liq
    13-mavzu

    30-yillarning ikkinchi yarmidan 1959 yilgacha Sovetlarga Markazdan kelgan rahbar partiya va sovet xodimlarini saylash yo’lga qo’yildi. IV chaqiriq Oliy Kengashning 294 deputatidan 16 tasi markaz vakillari edi. Bunday ish yuritish 70 yillardan qaytadan yo’lga qo’yildi.
    Urushdan keyingi yillarda dunyo xalqlari o’rtasida tinchlik va hamkorlikni mustahkamlashga O’zbekiston o’z hissasini qo’shdi, uning xorijiy mamlakatlar bilan savdo va madaniy aloqalari kengaydi. 1958 yili O’zbekiston dunyoning 32 mamlakatiga sanoat va qishloq xo’jalik mahsulotlarini chiqargan bo’lsa, 1970 yil 76 mamlakat bilan savdo aloqalarini o’rnatdi. Chet davlatlarga mahsulot chiqarishda O’zbekiston sobiq Ittifoqda RSFSR va Ukrainadan keyingi uchinchi o’rinda turdi. Qorako’l teri va paxta tolasidan boshlab, mashinasozlik mahsulotlarining 250 turi to’rt qit’aning deyarli hamma mamlakatlariga chiqarildi.
    Andijon mashinasozlik zavodining mahsulotlari 44 mamlakatga, Toshkent kabel zavodining mahsuloti 27, Chirchiq elektroximkombinati 20, Samarqanddagi "Kinap" zavodi 30 mamlakatga o’z mahsulotini chiqardi. Ko’p yillar davomida paxta tashqi bozorga chiqarilgan asosiy mahsulot bo’lib, 1953 yildan boshlab O’zbekiston paxtasi Amerika Qo’shma Shtatlari, Meksika, Suriya kabi paxta yetishtiruvchi mamlakatlarning raqobatini yengib yirik kapitalistik davlatlar bozoriga chiqdi va jami 35 davlatning bozorini egalladi.
    1960-70 yildan O’zbekiston Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari uchun minglab Oliy va o’rta ma’lumotli mutaxassislar va malakali ishchi kadrlar tayyorlab berdi. 1961 yili Toshkent Davlat Universiteti (hozirgi O’zbekiston Milliy Universiteti) qoshida chet elliklar uchun tayyorlov bo’limi ochildi. O’zbekistonning minglab mutaxassislari ko’pgina mustaqillikka erishgan mamlakatlarning iqtisodiyotini rivojlantirishga o’z hissalarini qo’shdi. O’zbekistonlik mashinasozlar, paxtakorlar, suv xo’jaligi inshootlari va ipakchilik mutaxassislari ko’p mamlakatlarda o’zlarining boy tajribalarini tashviqot
    qildilar. Misrdagi Asvon va Xelvonn suv inshootlari, Afg’onistondagi Jalolobod kanali va Kubadagi sanoat qurilmalarida O’zbekiston mutaxassislari ham ishtirok qildilar.

    Download 73,98 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 73,98 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -yillarning ikkinchi yarmidan 1959 yilgacha

    Download 73,98 Kb.