Dinning paydo bo’lishi va rivojlanishini ilmiy asoslarda o’rganish




Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/132
Sana17.01.2024
Hajmi1,47 Mb.
#139490
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   132
Bog'liq
Dinshunoslik majmua 2023-2024-o\'quv yili pdf

Dinning paydo bo’lishi va rivojlanishini ilmiy asoslarda o’rganish 
quyidagi:
a) ob’ektivlik; b) muayyan tarixiy sharoitni hisobga olish; v) ilmiylik; g) 
qiyosiylik; d) umuminsoniy qadriyatlar bilan bog`liqliq, e) din mavjudligini, 
umuman gnoseologik, ijtimoiy-iqtisodiy va psixologik sabablarni hisobga olishni 
taqozo etadi. 
Hozirgi zamon voqeligining xarakterli xususiyati shundaki, jamiyatning 
hamma tomonlariga ilmiy tafakkurning ta’siri keskin kuchaymoqda. Uning ijtimoiy 
taraqqiyot omili sifatidagi roli tobora ortmoqda. Fanning XX asrdagi 
muvaffaqiyatlari chindan ham g`oyat buyukdir. Ular bevosita ishlab chiqaruvchi 
kuchlarga aylanib, insonga tabiat sirlarini tobora chuqur anglash imkonini 
bermoqda. Bu yo’nalishdagi eng muhim bosqich - inson omili va uning ma’naviy 
qadriyatlariga bo’lgan ijobiy munosabatlardir. Talabalar bu imkoniyatlardan to’la 
foydalanish uchun har xil uydirmalarga, buzg`unchilik g`oyalariga mutlaqo 
ishonmay, ilm-fangagina ishonishlari, uni chuqur egallab, shaxsiy va ijtimoiy 
hayotga tatbiq etishlari lozim. 
Hozirgi 
vaziyatda 
ilmiy 
dinshunoslikning 
nazariy 
yutuqlari 
va 
mamlakatimizdagi diniy tashkilotlarning g`oyaviy va amaliy ish faoliyatini hisobga 
olganda, din va dindorlarga O’zbekiston davlatining adolatli munosabati o’rnatildi. 
Bu hol diniy tashkilotlarning hozirgi ijtimoiy tuzumga bo’lgan xolisona, do’stona 
munosabatlariga ob’ektiv baho berishni talab etadi. 
Bularning hammasi davr talabidan va kelajakdagi mas’uliyatni his etgan holda 
respublikamizda aholi dindorligi darajasini aniqlash, dindorlar va diniy 
uyushmalarning jamiyatda tutgan o’rnini oshirmay-toshirmay to’g`ri talqin etish 
hamda din bilan davlat o’rtasidagi munosabatlarning umuminsoniylik tamoyillarini 
tiklash va hokazolar din va diniy muassasalarga doir muammolarga bo’lgan xolisona 
yondashishdir. Bu yondashuv ko’pyoqlama xususiyatga ega bo’lib, mustaqil 
respublikamizning ichki va tashqi siyosatida ham o’z aksini topmoqda. 
Mamlakatimiz Sharq va G`arbdagi barcha tinchliksevar davlatlar bilan ularning 
ijtimoiy tuzumi, dinga munosabatidan qati nazar, iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy 
aloqalarni keng yo’lga qo’ygan. Ijtimoiy, siyosiy hayotda diniy tashkilotlar 
faolligining ortib borishini demokratik jarayonda ular o’rnining mustahkamlanishi 
deb qarash mumkin. Avvalo diniy tashkilotlarni davlatdan ajratish, ularning 
siyosatdan uzoqlashuviga olib keladi. Ammo bu tashkilotlarning faoliyati muayyan 
ma’noda siyosiy xarakterga ega bo’lib kelgan. Diniy tashkilotlarga xos ijtimoiy, 
siyosiy faollikning tobora ortayotganini e’tiborga olib, uni ikki yo’nalishda - ijtimoiy 
hayotda va dunyoqarashda shaxsning faolligini talablarning oshirish talab etiladi. 
Diniy tashkilotlarning ijtimoiy, siyosiy yo’nalishlarda ob’ektiv voqelikka oshkora 


10 
va ijobiy yondashishlari kengayib borayotganligi an’ana tusiga kirib bormoqda. 
Bunga respublikamiz hayotiga hozirgi kunda diniy tashkilot va ruhoniylarning 
xolisona munosabatlari, berayotgan ijobiy baholari jonli shohid bo’la oladi. Bunda 
ayrim diniy tashkilotlarning ijtimoiy-siyosiy faoliyatlari muayyan ahamiyatga 
molikdir. 
Dinlarning paydo bo’lishi, qaror topishi va qayta tiklanishining gnoseologik, 
ijtimoiy va psixologik ildizlari mavjudir. Uning ildizlari o’zaro aloqadorlikda bo’lib, 
ijtimoiy taraqqiyotning turli bosqichlarida ularning egallagan o’rni ham, odamlarga 
ta’sir darajasi ham goh kuchayib, goh pasayib turadi. Bu ildizlar tufayli din tarqalib, 
qaror topib, amal qilib, goh avj olib, goh zaiflashib turadi. Dinning hamma tarkibiy 
qismlari singari diniy munosabatlar va diniy tashkilotlar faoliyati ham ijtimoiy 
vaziyatlar bilan belgilanadi. Bularning faoliyati nisbiy mustaqillikka ega bo’lib, 
kishilarning voqelikka bo’lgan munosabatiga muayyan darajada ijobiy yoki salbiy 
ta’sir etib turadi. 
Diniy tushunchalar, tasavvur va kayfiyatlarga moslashib, bularning bevosita 
ta’siri natijasida vujudga keladigan dindorlar o’rtasidagi aloqadorlik va diniy jamoa, 
uyushma va tashkilotlarning faoliyatlari diniy munosabatlar deb ataladi. Bunday 
munosabatlar ijtimoiy, g`oyaviy, mafkuraviy munosabatlarning turlari bo’lib, 
muayyan dunyoqarashni shakllantiradi, pirovardi-oqibatda ishlab chiqarish 
munosabatlarining mahsuli hisoblanadi. 
Jamiyatda diniy munosabatlar alohida mavjud bo’lmaydi; ijtimoiy 
munosabatlarning boshqa turlari, chunonchi siyosiy, huquqiy, axloqiy, ma’naviy 
munosabatlar, mehnat jarayonlari bilan uzviy bog`liqstir; bir-birini oziklantirib 
turadi. 
Diniy munosabatlar, birinchidan, har bir diniy jamoa, uyushma, tashkilotlar 
orasidagi, ikkinchidan, diniy tashkilotlar o’rtasidaga va uchinchidan, tashqi 
munosabatlar doirasidagi aloqalarga bo’linadi. Bu aloqalarning ob’ekti va sub’ekti 
diniy jamoalardir, ular diniy e’tiqodga asoslangan dunyoqarashga ega bo’lgan 
kishilar birligining muayyan shakli va diniy uyushmaning boshlang`ich elementidir. 
Bu birlikning asosiy belgilari quyidagicha: 
1) diniy e’tiqod, maqsad va vazifalar birligi;
2) diniy marosimlar va undan tashqaridagi faoliyatlarning birligi;
3) etnik birlik tuyg`usi;
4) jamoa a’zolari orasidagi o’zaro taqsimlangan mavqe va vazifalarning 
birligi. 
Diniy jamoalarning tuzilishi an’analar va urf-odatlar, huquq yoki umumiy 
dasturlar, qoida, fatvolar bidan belgilanadi. Bular maxsus mezonlar sosida rasmiy 
va norasmiy guruxlarga: -"jamoa kengashi", "ruhoniylar", "qavmlar" va 
"va’zxonlar" ga, diniy va xo’jalik, moliya ishlari bilan shug`ullanuvchi guruhlarga 
bo’linadi. 
Muayyan sharoitlarda diniy jamoa ko’shnichilik, qishloq va mahallachilik 
jamoasiga mos kelgan. Bunda dindorlik darajasi yuqori va chuqur bo’ladi. 
Jamiyatning taraqqiy etishi jarayonida ijtimoiy munosabatlar tarmoqlanadi. Unda 


11 
shaharning mavqei ortib borgan sari turli axloqiy va milliy guruxdardan tashkil 
topgan ishlab chiqarish jamoalari hosil bo’lgan va ko’payib borgan sari diniy 
jamoalar mustaqil tus olgan. 

Download 1,47 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   132




Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Dinning paydo bo’lishi va rivojlanishini ilmiy asoslarda o’rganish

Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish