• Ibtidoiy din shakllari. Totemizm. “
  • “o’zimizniki”, ya’ni “bir totemga tegishli”
  • Andijon davlat universiteti falsafa kafedrasi dinshunoslik




    Download 1,47 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet10/132
    Sana17.01.2024
    Hajmi1,47 Mb.
    #139490
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   132
    Bog'liq
    Dinshunoslik majmua 2023-2024-o\'quv yili pdf

    Dafn etish jarayoni. Qadimgi dunyo tarixidan ma’lumki, odamzod 
    yaratilganidan buyon o’z qarindoshlarini ko’mishda maxsus marosimlar, ma’lum 
    tayyorgarlik udumlariga amal qilib keladi. Masalan, Qadimgi Misrda fir’avnlar 
    jasadi qizil mineral bo’yoq bilan qoplanar, yoniga kundalik ehtiyoj buyumlari, zeb-
    ziynatlar kabi turli-tuman asbob anjomlar qo’yilar edi. Bu ham o’z navbatida o’z 
    jamoa a’zolarini dafn etayotgan jamoaning oxirat mavjud ekanligi haqida muayyan 
    tasavvurga ega bo’lganligidan dalolat beradi.
    Ov qilish. Shu paytga qadar olib borilgan arxeologik izlanishlar davomida yer 
    yuzining turli joylaridagi g’orlarda ibtidoiy odam tomonidan chizilgan rasmlar 
    topilgan. G’orlardagi suratlarning ko’pchiligida ov qilish jarayoni, odam va 
    hayvonlarning tasvirlari, hayvon terisini kiygan odamlar, yarim odam va yarim 
    hayvon qiyofasidagi mavjudotlar tasvirlangan. Demak, ibtidoiy odam o’zi va 
    hayvonlar o’rtasidagi tabiiy va g’ayritabiiy aloqalar mavjudligi haqida tasavvurga 
    ega bo’lgan va ayni paytda marhum ajdodlarining ruhlari sehrli usullar bilan 
    hayvonlar hulqiga ta’sir etish imkoniyatiga ega deb bilgan. Bu tasavvurlar tiriklar 
    bilan marhumlar o’rtasidagi vositachilar: sehrgarlar va shamanlar faoliyatining 
    shakllanishiga turtki bo’lgan bo’ldi. Ibtidoiy odam hayoti haqidagi tasavvurlarga 
    ko’ra, uning hayotida kelib chiqqan diniy tasavvurlar quyidagi ibtidoiy din 
    shakllarida namoyon bo’lgan. 
    Ibtidoiy din shakllari. 
    Totemizm. “Totem” so’zi Shimoliy Amerikada yashaydigan Ojibva qabilasi 
    tilida “uning urug’i” ma’nosini anglatadi va mohiyatan “odamning hayvonot yoki 
    o’simlikning muayyan turlariga qarindoshlik aloqasi bor”, deb e’tiqod qilish. 
    Ehtimol, ma’lum bir jamoaning avvalda asosiy ozuqa manbaini tashkil qilgan 
    hayvon yoki o’simlikka nisbatan e’tibor keyinchalik vujudga kelgan qabilaning 
    diniy tasavvurlarining asosiy shakllaridan biriga aylangan bo’lishi mumkin. 
    Urug’dosh guruhlar o’zlarini umumiy belgilari va totemlari bo’lgan hayvon yoki 
    o’simlikdan kelib chiqqan deb bilar edilar. Totemlarga bunday e’tiqod uzoq 
    o’tmishga tegishlidir, ularning mavjud bo’lganligini faqat qadimgi rivoyatlargina 
    tasdiqlaydi. Masalan, hozirgacha Avstraliya aborigenlari orasidan bu xususda 
    afsonalar saqlanib qolgan.
    Urug’dosh jamiyatning shakllanishida jarayonida totemizm muhim rol
    o’ynadi, ayniqsa, qarindosh guruhlarning boshqalardan ajralishiga, “o’zimizniki”, 
    ya’ni “bir totemga tegishli” degan aniq taassurot paydo bo’lishiga sabab bo’ldi. 


    16 
    Totemizm ta’sirida paydo bo’lgan urf-odatlar va me’yorlar asrlar davomida qat’iy 
    ravishda qo’llanildi. Ayni totemga xos bo’lmagan begonalar bu jamoa urf-odati va 
    me’yorlaridan chetda hisoblangan. Totemizmning bunday ijtimoiy roli tabiiyki, 
    totemistik ko’rinishlarning evolyutsion xarakteriga ham ta’sir kuchini o’tkazmay 
    qolmadi. Vaqt o’tishi bilan qarindoshlik tizimining mustahkamlanib borishi 
    jarayonida birinchi darajali totem tartibi haqida tasavvur ilgari surildi. 
    Zooantropomorf ko’rinishi bilan aralashgan holda odam bilan uning totemi 
    qarindoshligi orasida oilaviy munosabatlar, ya’ni odam vafot etgach uning o’z 
    totemiga aylanishi yoki, aksincha, qayta inson shakliga kelishi haqidagi tasavvurlar 
    paydo bo’ldi. Bular hammasi o’tgan ota bobolar ruhlariga sig’inishning, umuman, 
    kuchayishiga va ilohiy kuchlarga bir tomondan ishonchning oshishiga olib kelgan 
    bo’lsa, ikkinchi tomondan totemga bo’lgan munosabatlarning o’zgarishi, misol 
    uchun totemni ozuqa sifatida iste’mol qilishni taqiqlanishiga olib keldi. Tabu 
    (ta’qiqlash) tizimi paydo bo’ldi. Bunda eng muhimi totemni ovqat sifatida is’temol 
    qilishni taqiqlash edi. Faqat ba’zi diniy marosimlarda ruhoniylar yoxud qabila 
    boshliqlarigagina totemni yeyishga ruxsat etilardi. Shunday qilib, totemizm 
    urug’chilik jamoasida diniy ko’rinishlarning tarixiy asosi bo’lib qoldi.
    Insoniyat taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida totemizmning asosiy 
    vazifalari, yuqorida aytib o’tilganidek birlashtiruvchilik, tartibga soluvchilik edi. 
    Totemizm diniy shakllarning dastlabkisi sanalsa-da, hozirda ham ko’plab 
    xalqlarning urf-odatlarida, e’tiqodlarida uning unsurlari saqlanib qolgan (masalan, 
    Hindistonda sigir, Avstraliyada kenguru, qirg’izlarda oq bug’u afsonaviy baxt 
    keltiruvchi hayvon sifatida ulug’lanadi).
    Animizm (lotin tilida “anima” – “ruh”, “jon” ma’nolarini anglatadi)
    Animizm – ruhlar mavjudligiga ishonch, tabiat kuchlarini ilohiylashtirish, hayvonot, 
    o’simlik va jonsiz jismlarda ruh, ong va tabiiy qudrat borligi haqidagi ta’limotni 
    ilgari suruvchi ilk diniy shakllardan biri. Ilk animistik tasavvurlar qadim o’tmishda, 
    ehtimol, totemistik qarashlar paydo bo’lgunicha, oilaviy jamoalarning 
    shakllangunicha vujudga kelgandir.
    Animizm totemizmdan farqli jihatlari bor. Albatta, totemizm ma’lum bir 
    oilaviy guruhning ichki iste’moliga, uni boshqalardan farqlash maqsadiga 
    yo’naltirilgan bo’lsa, animistik tasavvurlar keng va umumiy xarakterga ega. Ular 
    hammaga tushunarli va ma’qul bo’lgan. Shu bilan birga u tabiatning qudratli 
    kuchlarini – osmon va yer, quyosh va oy, yomg’ir va shamol, momoqaldiroq va 
    chaqmoq kabilarni ilohiylashtirib, ularda ruh mavjud deb bilar edi. Tabiiyki, ibtidoiy 
    odamlar nafaqat tabiatning buyuk mavjudliklarini, balki relefning ayrim alohida 
    qismlari – tog’lar va daryolar, adir va o’rmonlar kabi odam e’tiborini tortuvchi narsa 
    va jismlarga ham ilohiy munosabatda bo’lar edilar. Hattoki, ko’p yillik daraxt, 
    kattaroq harsang tosh, jarliklarga o’xshash narsalar ham ibtidoiy odamlar 
    tasavvurida jonli, tafakkurli, sezuvchan va harakat qiluvchi, shuningdek, yaxshilik 
    yoki yomonlik keltirishi mumkin deb tushunilgan. Shunday bo’lgach, har qanday 
    voqea-hodisalarga e’tibor bilan munosabatda bo’lish taqazo etilgan, qurbonliklar 
    qilingan, ruhlar haqiga duo qilib, marosimlar uyushtirilgan. 


    17 
    Animizm zamonaviy dinlarning barchasida asosiy aqidaviy qismni tashkil 
    etadi. Jumladan, jahon dinlari sanalmish buddizm, xristianlik va islomda ham ruhlar 
    haqidagi ta’limot mavjud.

    Download 1,47 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   132




    Download 1,47 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Andijon davlat universiteti falsafa kafedrasi dinshunoslik

    Download 1,47 Mb.
    Pdf ko'rish