18
alohida buyumlar kishini o’z maqsadiga erishtirish, ma’lum voqea-hodisalarni
o’zgartirish kuchiga ega. Fetish ham ijobiy, ham salbiy ta’sir etish kuchiga ega.
Fetishizm yog’och, loy va boshqa materiallardan
yasalgan buyumlarning
paydo bo’lishi bilan bir paytda shakllangan. Bu butlarda va tumorlarda jamoalar
g’ayritabiiy dunyodan keladigan ilohiy qudratning timsolini ko’rdilar.
Bunday
fetishga odatda afsungarlar, shamanlar ega edilar. Ular afsungarlik
yo’li bilan buyumlarga ta’sir ko’rsatganlar. Ibtidoiy
odamlarning dastlabki diniy
taassurotlari umumiy majmuasining shakllanish jarayonida fetishizm yakunlovchi
bosqich bo’lib qoldi.
Haqiqatda, ajdodlarni va tabiatni jonlantirish bilan bog’liq
bo’lgan animizm, turli
totemlar hamda o’lib ketgan avlodlar shaxsiga bog’liq
totemizm orqali ibtidoiy odamlar ongida real buyumlar bilan birga ilohiy va xayolot
dunyosi borligi haqidagi tushuncha paydo bo’ldi. Natijada ularning ongida
afsonaviy fikr yuritish qobiliyati mustahkamlandi. Va, nihoyat,
fetishlarning paydo
bo’lishi shuni ko’rsatadiki, afsonaviy qudrat faqatgina vaqt va bo’shliqda ko’chib
yurish xususiyatiga ega bo’lib qolmasdan, balki voqeiy dunyodagi buyumlarda ham
mavjud bo’lishi mumkin. Fetishizmning unsurlari hozirgi davrda ham xalqlarning
urf-odat va e’tiqodlarida saqlanib qolgan. Masalan, turli haykallar, suratlar, tumor,
ko’zmunchoq va turli ramzlar bunga yorqin misoldir.
Shunday qilib, urug’chilik jamiyatining tashkil
topish jarayonida ibtidoiy
odamlarning ongida dastlabki diniy ko’rinishlarning keng, aniq, tartibli majmuasi
ishlab chiqildi. Demakki, diniy tasavvurlar odam hayotining bo’linmas, hattoki
asosiy qismi bo’lib qoldi.
Jamiyat va tabiat qonunlarini, albatta, o’sha dunyo
kuchlari boshqaradi. Shuning uchun jamoa yaxshi yashayman desa, ozuqalar bilan
ta’minlangan, kimningdir tomonidan himoyalangan bo’lishni istasa,
birinchi
vazifasi u o’sha g’ayritabiiy kuchlarni juda ham hurmat qilishi kerak edi. Dunyo
haqidagi bu tasavvurlar vaqt o’tishi bilan takomillashib bordi va insoniyat hayotida
uzoq vaqt o’z ta’sirini o’tkazib keldi.