20
Uchinchidan, din dindorlar hayotini tartibga solish, nazorat qilish
(regulyativlik) funksiyasini ham bajaradi. Har qanday dinlarning muayyan urf-odat,
marosim va bayramlari bo’lib, ularni o’z vaqtida, diniy ta’lim va talab asosida
bajarilishi shart qilib qo’yiladi.
To’rtinchidan, din dindorlarning birligini, jamiyat bilan shaxsning o’zaro
aloqasini ta’minlovchi xususiyat - aloqa bog`lashlik
(kommunikativlik) vazifasiga
ham egadir. Bunda konkret bir dinga e’tiqod qiluvchi kishi shu dindagi boshqa
kishilar bilan bog`liq bo’liish, urf-odat va ibodatlarni jamoa bo’lib ado etish ko’zda
tutiladi. Cherkov, masjid va diniy tashkilotlar dinning bu funksiyasini amalga
oshirishga ko’maklashadi, ayni paytda, bu holatni nazorat qiladi.
Beshinchidan, har qanday din ijtimoiy tizim sifatida muayyan cheklovlarsiz
bo’la olmaydi. Shuning uchun u qonun darajasiga ko’tarilgan axloq normalarini
ishlab chiqadi. Bu bilan u
legitimlovchilik-qonunlashtiruvchilik funksiyasini
bajaradi.
Har qanday dinning muayyan tarixiy sharoitda bajaradigan funksiyalari
yig`indisi uning ijtimoiy rolini belgilaydi. Dinning ijtimoiy hayotga ta’siri hamma
vaqt ham bir xil bo’lgan emas. U vaqtga, o’ringa, sharoitga qarab sezilarli darajada
o’zgarib boradi.
O’rta Osiyo, jumladan O’zbekistonda islomning o’ziga xos xususiyatlarini
tushunish uchun muayyan-tarixiy sharoit, xalqning o’tmishi, turmush tarzi, ishlab
chiqarish usullari, etnik xususiyatlarini hisobga olish zarur.
Islom va Qur’onning vujudga kelishi tarixi bilan bog`liq bo’lgan muammolar
va ularning yechimlari XIX asrning o’rtalaridan boshlab avvalo, Sharq so’ngra
Yevropa
islomshunosligida
o’rganila
boshlangan.
Yevropa,
Amerika
islomshunosligi va Qur’onshunosligida olib borilgan tadqiqotlarning ko’pchiligi,
aniq dalillarga boyligidan qat’i nazar, ularning barchasi uslubiy jihatdan cheklangan.
Din tarixida dinshunoslar dinning paydo bo’lishini turlicha izoxlab kelganlar.
Uning paydo bo’lish sabablari qadimgi dunyo dinshunoslarini qiziqtirgan,
binobarin, unga javob topishga harakat qilishgan. qadimgi Xitoy, Hindiston va
xususan, qadimgi grek faylasuflari borliq to’g`risida fikr yuritganlarida din, uning
kelib chiqishi va mohiyati to’g`risida ham ayrim g`oyalarni olg`a surganlar.