Sikxiylik (Sikxizm). Hozirda sikxiylik diniga e’tiqod qiluvchilarning soni 17
mln. bo’lib, bu dinga bo’lgan qiziquvchilar soni ortib bormoqda. Shunisi qiziqki,
XV asr oxiri XVI asr boshlarida sof diniy islohot shaklida boshlangan sikxiylik
harakati XVII asrning ikkinchi yarmiga kelib o’z e’tiqod qiluvchilarini faol harbiy
an’analar bilan sug’orilgan siyosiy tashkilot atrofida jamladi. Bunday o’ziga xos
taraqqiyotning natijasi shu bo’ldiki, XVI asr boshlarida kichkinagina harbiy-diniy
jamoa Ranjid Singx asos solgan kuchli davlatga aylandi.
Sikxiylik diniga Panjobda guru (ustoz) Nanak (1469-1539) tomonidan asos
solinib, unga ergashganlar o’zlarini sikxlar, ya’ni shogirdlar deb atashgan.
“Sikxiylik” atamasi ham shu so’zdan olingan.
Nanakning vafotidan keyin uning ta’limotini 9 ta guru rivojlantirgan.
Xususan, to’qqizinchi guru Govind Singx (1675-1708) bu ishda muhim rol
o’ynagan. Ular yagona ta’limotni targ’ib qilgan yagona guruni 10 qiyofada namoyon
bo’ladi deb hisoblaganlar.
36
Sikxiylik talqinida hinduizmdagi Braxma, Vishnu, Shiva va islomdagi Alloh
bir ilohiyotda mujassam bo’ladi. U nirgun (“sifatlardan xoli”) va sagun (“sifatlar
egasi”) deb talqin qilinadi. Uning asosiy holati nirgun bo’lib, bu holat har qanday
sifatlardan xolidir. Biroq inson uni qandaydir sifatlar orqali tanishi uchun u o’z
xohishi bilan sagun holatiga o’tadi. Sikxiylik ta’limotiga ko’ra, ilohiyot –
Yaratuvchi, Saqlovchi, Vayron qiluvchi (Braxma, Vishnu, Shivalardek) sifatlarni
o’zida mujassam qiladi. U qudratli va hukmdordir. Uning tomonidan yaratilgan
dunyo esa o’zgaruvchan va foniydir. Ilohiyot esa – abadiy. U azalda ham, hozirda
ham, kelajakda ham mustaqil ravishda mavjuddir. Azaliylik, vaqtdan tashqarida
bo’lish, tug’ilmaganlik, o’lmaslik kabi unga berilgan sifatlar uning mohiyatini
anglatadi. Xudoga bo’lgan muhabbat, ishonch, sadoqat yo’lini tutgan har bir inson
Unga etishishi va U bilan birlashib ketishi mumkin.
Xudoga ibodat qilish, sikxiylik ta’limoti bo’yicha aslo dunyoviy hayotdan
uzilishni, rohiblik yo’lini tutishni anglatmaydi, aksincha, hayotda faollikni, to’la
mehnatni va oiladagi o’z vazifasini bajarishni anglatadi. Bu tamoyillarga to’la amal
qilish pirovard natijada tug’ilishlar zanjirining uzilishiga va insonning xudo bilan
birlashib ketishiga olib keladi. Har kim xudo bilan bevosita muloqotda bo’lishi
mumkin.
Sikxiylik Hindiston xalqi diniy tafakkurining bir bosqichi sifatida kuchli
islohotchilik harakatlari zaminida yuzaga keldi. Ushbu harakat Ramanand,
Gorakxnatx, Chaytanyax, Kabir va Vallabxacharya nomlari bilan bog’liq bo’lib,
butun XVI asrni o’z ichiga oldi. Bu davrda hinduizm kabi sikxiylikga ham islomning
ta’siri kuchli bo’ldi. Mazkur holatda madaniyatlar orasidagi doimiy kurash o’z
aksini topgan. Nanak ham Kabir kabi hinduizmni butparastlikdan tozalab, islomga
yaqinlashtirishga harakat qildi. Tadqiqotchilarning fikricha, sikxlar bir Xudoga
e’tiqod qiladilar. Bu din boshqa iloh va butlarga ibodat qilishni, hinduizmning yirik
ziyoratgohlariga borishni, folbinlik va sehr-joduga ishonishni taqiqlaydi hamda
tug’ilish va o’lim bilan bog’liq poklash marosimlarini tan olmaydi. Sikxiylik
ijtimoiy tizim sifatida kasta tabaqalanishini inkor etadi va bu yo’l bilan
braxmanlarning tug’ilish, o’lim va nikoh marosimlaridagi rahbarlik mavqeiga
barham beradi.
Boshqa dinlar kabi sikxiylik ham o’zining muqaddas kitobiga ega. Uning
muqaddas kitobi – Adigrantx (“Boshlang’ich kitob”) bo’lib, beshinchi guru Arjun
(1581-1606) tomonidan tuzilgan. U, shuningdek, Gururantx (“Guru kitobi”) yoki
Grantxsahib (“Sohibning kitobi”) nomlari bilan ham ataladi. Unga avval dastlabki
besh guruning, keyinchalik esa boshqa gurularning madhiyalari kirgan. Jumladan,
Kabirning, Namdevning, Farididdin Ganjishakarning (XV asr) madhiyalari bilan bir
qatorda bir necha Bxakti va sufiylik harakati namoyandalarining ham madhiyalari
kirgan. U panjob tilida yozilgan bo’lib, hozirgi kunda Amritsardagi sikxlarning bosh
ibodatxonasi hisoblanmish “Oltin Haram”da saqlanadi.
Keyingi yillarda sikxiylikda hinduiylik odatlarini o’zlashtirib olgan din
vakillari bilan sof sikxlar orasida bo’linish kuzatilmoqda. Birinchi guruh
namoyandalari tomonidan eng muqaddas joylarning ishg’ol etilishi 1926 yili Panjob
siyosiy maydonida “Aqoliy Dal” harakatining yuzaga kelishiga sabab bo’ldi. Diniy
37
tamoyillar asosida tuzilgan bu harakat namoyandalari musulmonlar, hinduiylar va
sikxlarning siyosiy tengligini talab qilib chiqdilar. 1947 yili Hindistonning ikkiga
bo’linishi natijasida musulmonlar Panjobning Pokistonga tegishli qismiga,
hinduiylar va sikxiylar esa Panjobning Hindistonga tegishli qismiga ko’chib
o’tganlaridan keyin bu harakatning ta’siri kuchaydi.
XX asrning 50-60-yillarida bu harakat yagona irq va til masalasidan kelib
chiqib, Panjob shtati tuzilishini talab qildi. Natijada 1966 yili shunday shtat tashkil
etildi. Hozirgi kunda bu shtatda Hindiston sikxiylarining 80 % istiqomat qiladi.
|