Buddaviylikning Markaziy Osiyoga kirib kelishi




Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/132
Sana17.01.2024
Hajmi1,47 Mb.
#139490
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   132
Bog'liq
Dinshunoslik majmua 2023-2024-o\'quv yili pdf

3. 
Buddaviylikning Markaziy Osiyoga kirib kelishi. 
Tayanch so‘z va atamalar: Budda, Siddxartxa Gautama, Buddaviylik, 
Botxa, Botxisatva, Maxayana va xinayana, Stupa, Meditastiya, Nirvana, Sansara 
1. Buddaviylik (Buddizm)ning kelib chiqishi
Buddaviylik Buddizm) – uchta dunyo dinlari ichida eng qadimiysi hisoblanib, 
miloddan avvalgi VI-V asrlarda Hindistonda vujudga kelgan. Bu dinga e’tiqod 
qiluvchilar, asosan, Janubiy, Janubi-Sharqiy va Sharqiy Osiyo mamlakatlarida, Shri 
Lanka, Hindiston, Nepal, Butan, Xitoy, Singapur, Malayziya, Indoneziya, 
Mongoliya, Koreya, Vetnam, Yaponiya, Kombodja, Birma, Tayland, Laosda va 
qisman Evropa va Amerika qit’alarida, Rossiyaning shimoliy mintaqalari - 
Buryatiya, Qalmiqiyada istiqomat qiladilar. 
Hozirgi kunda dunyoda buddaviylar soni 750 mln.ga yaqin bo‘lib, ulardan 1 
mln.ga yaqini monaxlardir. 
Buddaviylikni din yoki falsafa, mafkura yoki madaniyat qonunlari to‘plami 
yoki hayot tarzi deb baholash mumkin. 
Buddaviylik asoschisi haqida xabar beruvchi folklor va badiiy adabiyotlar uni 
Siddxartxa Gautama, Shakyamuni, Budda, Tadxagata, Djipa, Bxagavan kabi ismlar 
bilan zikr etadilar. Bu ismlarning ma’nolari quyidagicha: Siddxartxa - shaxsiy ismi, 
Gautama - urug‘ ismi, Shakyamuni - shaklar yoki shakiya qabilasidan chiqqan 
donishmand, Budda - nurlangan, Tadxagata - shunday qilib, shunday ketgan, Djina 
- g‘olib, Bxagavan - tantana qiluvchi. Bu ismlar ichida eng mashhuri Budda ismi 
bo‘lib, uning ismidan dinga buddaviylik nomi berilgan. 
Hozirgi kunda Buddaning beshta biografiyasi ma’lumdir: “Maxavostu” – 
milodning II asrida yozilgan, “Lalitavistara” - milodning II-III asrlarida yuzaga 
kelgan, “Buddaxacharita” - Budda faylasuflaridan biri Ashvagxoshey tomonidan 
milodning I-II asrlarida yaratilgan, “Nidanakatxa” – milodning I asrida yozilgan va 
“Abnixishkramansutra”. 
Budda mil. avv. 563 yilda tug‘ilib, 483 yilda vafot etgan. Siddxartxa Shakya 
qabilasining podshosi Shuddxodananing o‘g‘li edi. Uning saroyi Himolay tog‘lari 
etagida Kapilavasti degan qishloqda bo‘lgan (hozirda Nepal hududida). Onasi - 
malika Mayya. Podshoh o‘g‘lini orzu-havaslar og‘ushida tarbiyalab, uni hech bir 
kamchiliksiz katta qiladi. Siddxartxa ulg‘ayib qo‘shni podshohlardan birining qizi 
Yashadxaraga uylanadi va o‘g‘il ko‘rib, unga Raxula deb ism qo‘yadi. 
Hech bir qiyinchilik va kamchilik ko‘rmay o‘sgan Siddxartxa bir kuni keksa 
chol, bemor hamda og‘ir mehnatli rohibni uchratadi, va nihoyat, bir kishining 
vafotiga guvoh bo‘ladi. Bundan qattiq ta’sirlangan shahzoda insoniyatni qiyinchilik 
va azobdan qutqarish yo‘llarini axtarib saroyni tashlab ketadi. Bu vaqtda u 30 yoshda 


50 
edi. U besh rohib bilan qishloqma - qishloq kezib yuradi. Ko‘p vaqt bu rohiblarga 
hamrohlik qilib, ularning yo‘llarida ma’lum maqsad yo‘qligini, bu yo‘l o‘z oldiga 
qo‘ygan maqsadi – insoniyatni azob uqubatdan qutqarishga olib bormasligini 
anglaydi va rohiblar jamoasidan ajraladi. 
U chakalakzor o‘rmonlarda kezib, charchab bir daraxtning tagida dam olish 
uchun o‘tiradi va o‘zicha, to haqiqatni topmaguncha shu erdan turmaslikka qaror 
qiladi. 
Bu o‘tirishning 49-kuni uning qalbidan “Sen haqiqatni topding” degan sado 
keladi. Shu paytda uning ko‘z oldida butun borliq namoyon bo‘ladi. U hamma joyda 
shoshilinch qayoqqadir intilishni ko‘radi. hech bir joyda osudalik yo‘q edi. Hayot 
nihoyasiz uzoqlikni ko‘zlab o‘tib ketayotgan edi. Inson aqli etmas bir kuch. Trishna 
- yashash, mavjud bo‘lish umidi barchani tinchini buzar, halok qilar va yana qayta 
yaratardi. Mana endi Budda kimga qarshi kurashish kerakligini angladi. Shu ondan 
u Budda – “nurlangan” deb ataldi. U tagida o‘tirgan daraxt esa – “nurlangan daraxt” 
- Botxa deb atala boshladi. 
Budda o‘zining birinchi da’vatini Varanasi yaqinidagi Rishipatana bog‘ida, 
o‘zining besh rohib do‘stlariga qildi va ular uning birinchi shogirdlari bo‘ldilar. 
Shu kundan boshlab Budda o‘z shogirdlari bilan qishloqma-qishloq yurib o‘z 
ta’limotni tarqatib, o‘ziga yangi izdoshlar orttiradi. Budda 40 yil davomida o‘z 
ta’limotini Hindistonning turli joylariga etkazadi va 80 yoshida Kushtnagara degan 
joyda dunyodan o‘tdi. Uning jasadi, hind udumiga ko‘ra, u erda kuydirilib, uning 
xoki 8 ta budda jamoalariga bo‘lib yuborildi va har bir jamoa uni dafn etgan joyida 
ibodatxona barpo etishgan. 
Buddaning hayoti haqida turli afsonalar ham to‘qilgan. Bu afsonalarda 
aytilishicha, Budda ko‘p yillar davomida Er yuzidagi turli mavjudotlar qiyofasida 
qayta tug‘ilgan: 84 marta ruhoniy, 58 marta podshoh, 24 marta rohib, 13 marta 
savdogar, 18 marta maymun, 12 marta tovuq, 8 marta g‘oz, 6 marta fil, shuningdek, 
baliq, qurbaqa, kalamush, quyon kabi qiyofalarda qayta tug‘ilgan. Jami 550 marta 
qayta tug‘ilgan. U doimo qayerda, qay qiyofada tug‘ilishini o‘ziga o‘zi belgilagan.
So‘nggi marta uni xudolar insoniyatni to‘g‘ri yo‘lga boshlashi uchun inson 
qiyofasida yaratganlar. Bu afsonalarning ba’zilariga ko‘ra, Er yuzida Gautamaga 
qadar 6 ta budda o‘tgan. Shuning uchun buddaviylikning ba’zi muqaddas joylarida 
7 ta ibodatxona barpo etilgan. 7 ta Botxa daraxti o‘tkazilgan. Ba’zi afsonalar 24 ta 
Budda avlodi o‘tgan desa, ayrimlari minglab Buddalar o‘tgan deb da’vo qiladi. 

Download 1,47 Mb.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   132




Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



  Buddaviylikning Markaziy Osiyoga kirib kelishi

Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish