Zardushtiylik jamoa tuzumi




Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/132
Sana17.01.2024
Hajmi1,47 Mb.
#139490
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   132
Bog'liq
Dinshunoslik majmua 2023-2024-o\'quv yili pdf

Zardushtiylik jamoa tuzumi Zardushtiylik diniy tizim sifatida Markaziy 
Osiyoda bronza davrida ibtidoiy jamoa munosabatlari emirilayotgan, jamiyatda 
mulkiy va ijtimoiy tengsizlik paydo bo’layotgan sharoitda shakllangani qayd etiladi. 
Temir davri boshiga kelib u yanada mukammallashib, ichki tizimi tartibga keldi. 
Dinning og’zaki an’analari asta-sekin yozuvga aylandi, bu esa zardushtiylikning 
muqaddas diniy yozuvlar to’plami “Avesto”ning ilk bitiklarini keltirib chiqardi. Bu 
o’tish davri miloddan avvalgi I ming yillikning birinchi choragiga to’g’ri keladi.
Zardushtiylikning shakllanish va “Avesto”ning yozilish davriga kelib, 
Markaziy Osiyoda chuqur mulkiy va ijtimoiy tabaqalanish an’analariga ega bo’lgan 
o’troq zamindorlar va chorvadorlarning patriarxal jamoalari, harbiy aristokratlar va 
din arboblari paydo bo’lgan edi. “Avesto”da qayd etilgan jamoada ozod 
jamoadoshlar va tobe’ aholi, ya’ni “qullar” alohida o’rin egallagan. Biroq “Avesto” 


43 
jamoasida qullar etakchi ishlab chiqaruvchi kuch emasdilar, qulchilik yordamchi 
mohiyatga ega bo’lgan. 
“Avesto” ma’lumotlariga ko’ra, zardushtiylar jamoa tuzumi to’rt pog’onali 
edi: nmana – “uy-oila”, ya’ni boshida katta oilali uy boshlig’i turgan patriarxal oila; 
vis – “urug’, urug’chilik ovuli”, bunga o’zaro qarindosh bo’lgan barcha oilalar 
kirgan; zantu – qabila va hudud, bunda qabila yashagan. O’z navbatida zantu o’zaro 
qarindosh qabilalarni birlashtirgan; baxyu – ”viloyat, mamlakat”, bunga daxyu 
hududida qo’shni bo’lgan barcha urug’lar kirgan. Jamiyat tizimining bu to’rt 
pog’onali tizimi qadim zamonlarga borib taqaladi va Avesto matnlarida 
atamalarning qondoshlik mohiyati hududiy mohiyat bilan almashadi, ya’ni “oila” va 
uning turar joyi bo’lgan “uy” atamalari nmana “urug’ va turar joy” atamalari bilan 
parallel ravishda ishlatila boshlaydi. 
Zardushtiylik oilasi jamiyatning eng quyi birligi hisoblangan. Uy-oila boshida 
oila asoschisi ota turgan. Uni nmanopati – “boshliq, uy qo’riqchisi” deb atashgan. U 
bilan bir pog’onada xotini yoki oilaning katta ayoli – nmanopatni turgan. 
Zardushtiylik an’analariga ko’ra, uy xo’jayini diniy boshliq va oila hakami 
hisoblanib, “Avesto”da “ratu deb atalgan. Urug’ otasining bu vazifasi “nmanya” 
deb atalib, oila a’zolarining barchasi diniy ko’rsatmalarni bajarishini nazorat 
etishdan iborat deb sanalgan. Shuningdek, nmanya atamasi oila va uning a’zolari 
tinchligini asrovchi yaxshi ruhlarni ifodalash uchun ishlatilgan. 
Yana ikki homiy-ruhlar – brchya va ushaxina xayolan oilaning doimiy 
“a’zolari” hisoblanib, ekinlarni va barcha oilaga ezgulik baxshida etuvchi tong 
sokinligini saqlashgan. Shuningdek, zardushtiylarning patriarxal oilalari “Avesto”da 
vira, vaysa va pariaytar deb atalgan, teng huquqli bo’lmagan oila azolarini o’z 
ichiga olgan. Vira bir vaqtning o’zida “erkak, navkar” va “qul”. Zardushtning 
“Gata”sida vira “qul” sifatida namoyon bo’ladi. 
Vaysa atamasi vis – “urug’” bilan bog’liq. Ya’ni, bu toifadagi odamlar bir 
vaqtning o’zida ham oilaga, ham uruqqa xizmat qilishgan. Pariytar atamasiga 
kelsak, bu mardikorlar degani. Tadqiqotchilar nazarida bu toifadagi odamlar 
jamiyatning eng nochor qatlamlariga mansub bo’lib, yashash uchun boshqa 
urug’nikida ishlashga majbur. 
Yuqorida aytilganlardan tashqari, zardushtiylik jamiyati urug’chilikning 
boshqa toifadagi atamalarini ham bilishgan, masalan, pitar “ota”, maatx “ona”, pusra 
“o’g’il”, dxutar “qiz” va hokazo. Bu esa oilaviy munosabatlarning chuqur 
an’anaviyligidan dalolat beradi. 
Bundan tashqari “Avesto”da quyidagi ijtimoiy atamalar: shoytra – “qabila 
yashaydigan viloyat”, “xudu, gava-shayana, gava-shita – “qishloq, qishloq 
hududi” uchraydi. 
Zardushtiylik jamoasi o’zining barcha to’rtta bosqichida xususiy va umumiy 
mulkni gayta atamasi bilan ifodalagan. Maytana atamasi “urug’, qabilaning yashash 
joyi” degan ma’noni anglatgan. 
Zantu qabilasi va hududi zantupati – “qabila qo’riqchisi boshlig’i” tomonidan 
boshqarilgan. Zantupati bir vaqtning o’zida din va huquqiy masalalar bilan 
shug’ullangan. Bu vazifa uchun zantuma atamasi qo’llanilgan. 


44 
Daxyu atamasi ostida zardushtiylik olamida katta hududiy birlik, ya’ni 
qabilalar uyushmasi tushunilgan. Bunday daxyular ariylik va noariylikka ajratilgan, 
masalan, turlar daxyusi, saklar daxyusi. Binobarin, zardushtiylikning shakllanishida 
daxyu birinchi navbatda etnik jamoali hududiy-geografik tushunchadir. 
Ma’muriy mohiyatiga kelsak, daxyu daxyupati deb atalgan boshliq tomonidan 
boshqarilgan, uning diniy va huquqiy vazifalari daxyuma deb atalgan. Daxyupati 
atamasi bilan bir qatorda sastar – “harbiy boshliq, hudud hokimi” atamasi uchraydi. 
Bundan tashqari xshayant atamasi “hokim, boshqaruvchi” ma’nosini anglatgan. Bir 
nechta daxyu bitta daxyusastga birlashgan. Xuddi shunday unvon bunday birlashma 
hokimiga berilgan. Daxyusasti hokimligini daxyu uyushmasi a’zolarining kengashi 
cheklagan. Bu kengash daxyunam va fratemadato “birlamchi viloyatlar kengashi” 
deb atalgan. Daxyusatining diniy boshlig’i zaratushtroetoma - “zardushtga judayam 
o’xshagan” deb atalgan.
Shunday qilib, zardushtiylikning tarixiy foni ijtimoiy institutlarning 
murakkab chatishib ketishlari bilan bog’liq. Chunki, jamiyat ibtidoiy jamoa 
munosabatlaridan hududiy davlat munosabatlariga o’tish davrini boshidan 
kechirmoqda edi. Bu o’zgarishlarning barchasi ma’lum ijtimoiy-siyosiy 
boshqaruvni g’oyaviy asoslash va ushbu g’oya atrofida ma’naviy birlashishni taqozo 
etardi. 

Download 1,47 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   132




Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish