45
bog’liq. Insonlar farovonligiga qaratilgan ushbu
ikki funkstiya erda amalga
oshirilishi kerak edi, bu maqsadga uchinchi funkstiya – Spenta Armaiti – muqaddas
er va undagi osudalik dahosi sifatida xizmat qilishi zarur. Birinchi uchta vazifa
o’zaro harakat qilib, erda hayot farovonligiga sabab bo’lgan. Dunyo barcha
boyliklarga, mol va odamlarga to’ladi, bu esa o’z navbatida yaxshi niyatga
asoslangan adolatli boshqaruvni taqozo etadi. Birinchi to’rt funkstiya ta’minlansa,
dunyo bus-butun (yaxlit), sog’lom va abadiy bo’ladi.
Zardushtiylik yakkaxudolik g’oyasiga asoslansa-da, aslida ko’p
xudolik
elementlarini saqlab qolgan holda dualistik bo’lib qoldi. Bunga sabab Zardusht
ta’limotining murakkabligi oqibatida uning umumiy nomi devi, dayva (osmon)
bo’lgan turli xudolarga sig’ingan otashparastlar tomonidan qiyinchilik bilan qabul
etilganligidir. Zardushtiylik dayv – devlarni inkor etib, ularni abstrakt yagona xudo
g’oyasi bilan almashtirdi. Biroq dunyo butkul yaxshi bo’lib qololmaydi. Ezgulik
bilan yonma-yon turgan yovuzlik sabablarini, ijobiy hodisalar bilan bir qatorda sodir
bo’layotgan salbiy holatlarni tushuntirish lozim edi. Bunday savollarga javoban,
yomon misol tariqasida yovuz asoslar g’oyasi kelib chiqdi.
Yaxshilikka xizmat
qiluvchi kishi bu misoldan xulosa chiqarishi kerak edi. Negaki, Axuramazda qudratli
hisoblanadi. Uning qo’lidan yovuzlikni boshidanoq yo’q qilish keladi, biroq u
bunday qilmaydi. U insonga yovuzlik va ezgulik orasida tanlash imkonini
beradi.Chunki e’tiqod faqat inson o’z xudosiga, ezgulik g’oyasiga
oxirigacha
vafodor bo’lsagina chin va haqiqiy sanaladi.
Zardushtiylik dualizmida uning ikki asosi avval-boshdanoq bir-biriga zid
bo’lib, ular orasida cheksiz kurash boradi. Bu kurashda ezgulik yovuzlik ustidan
g’alaba qiladi, aks holda dunyo yo’q bo’lib ketardi.
Axuramazdaning ezgulik asosining g’alabasi uning osmondagi navkarlari,
ya’ni xudolar va boshqa e’zozlanadigan osmon ahlisiz amalga oshishi mumkin
emasdi. Bular yuqorida aytilgan Axuramazdaning olti emanastiyasi bo’lib, ular
ameshaspenta (mangu yashovchilar) deb ataladi. Mitra – “bitim xudosi”. U xudoga
berilgan va’dalarning
bajarilishi, ya’ni Mazdayasna dinida bo’lish qaroridan
qaytmaslik ustidan qat’iy nazorat olib boradi. U keng yaylovlar, ezgu dunyoning
cheksiz erlari xvanirat egasi bo’lib, unda dinning ravnaq topishini ta’minlaydi.
Zardushtiylikda yuqori mansab itoatkorlik, intizom va adolatparvarlik
xudolari Sraoshe va Rashnuga tegishli. Ular u dunyoda inson tomonidan sodir
etilgan ezgulik va yovuzlikni o’lchab, o’lganlar jonining taqdirini belgilaydi.
Zardushtiylik vaqt va fazoning cheksizligi
haqida aniq tasavvurga ega
bo’lgan. Fazo ikki qismga bo’linadi:
1. Cheksiz yorug’lik – ezgulik, unda Axuramazda mangu yashaydi.
2. Cheksiz qorong’ulik, bunda barcha yovuz asoslarni draugadan tortib zararli
hasharotlargacha yaratgan Axriman mangu yashaydi.
Axuramazda o’zining cheksiz fazosida cheksiz vaqt (zravana- akavana)
yashaydi. Biroq uning irodasi bilan cheksiz vaqtning oxirgi qismi zravan xvadata
46
belgilangan, uning uzunligi 12 ming yil. Bu vaqt har birining uzunligi 3 ming yildan
bo’lgan to’rt qismga bo’linadi. Birinchi uch ming yillik, bu - Axuramazdaning ezgu
dunyoni forscha myonok, tojikcha minu kabi qiyosan ideal, nomoddiy ko’rinishda
(manyava - “tasavvurdagi ideal dunyo”) yaratgan davri. Shu davrda bo’lajak jonli
va jonsiz moddiy buyumlar – fravashilarning ruhlari yaratilgan. Birinchi uch ming
yillik oxirida yorug’lik va ibodatni yomon ko’ruvchi Axriman yorug’lik va zulmat
chegarasida paydo bo’ladi. Hasad va g’azabdan u yomonlik qila boshlaydi. Uch
ming yillik shu tariqa davom etadi. Axura Mazda butun ezgu dunyoni o’z tanasidan
yaratgan: boshidan osmonni, oyog’idan erni, ko’z yoshlaridan suvni, sochlaridan
o’simliklarni, ruhidan esa olovni yaratgan.
Zardushtiylik bo’yicha er dumaloq, osmon uch pog’onali: yulduzli, oyli va
quyoshli; quyosh sferasidan keyin “shon-shuhrat uyi - garo dmano” –
Axuramazdaning jannati joylashgan, taqvodorlar ruhi aynan shu erga intilishi kerak.
Pastda esa Axrimanning qorong’u makoni – daujaxvo – do’zax joylashgan.
Birinchi bosqichda Axuramazdaning ezgu asoslari turg’un edi: yomonlik,
kasallik va o’lim, qorong’ulik,
yovuz niyatlar, yolg’on va jinlar yo’q edi.
Axuramazdaga oldindan ma’lum Axrimanning paydo bo’lishi ezgulikni ongli va
erkin ravishda tanlash uchun ezgulik va yovuzlikni aralashtirib yuborishi zarur edi.
Natija shu bilan yakunlandi. Uchinchi uch ming yillik – ezgulik va yovuzlik
o’rtasidagi shiddatli kurash davri bo’ldi. Nihoyat, Zardushtning tug’ilishi bunday
aralashish jarayoniga chek qo’ydi va poklanish davri boshlandi. 12 ming yillik
oxirida Axuramazda Axriman bilan kurashib uni butkul yo’q qiladi. Ezgu dunyoning
oltin asri boshlanadi. Oxirgi uch ming yillikda har
ming yilda dunyoga uchta
xaloskor “osaoshiyant”lar keladi, bular “Uxshyat ereta”, “Uxshyan nemat” va
“Saoshyant”. Ular Zardusht avlodlari sanaladi. Oxirgisining davrida erda hayot-
mamot jangi bo’ladi: Demovand tog’i qoyasida zanjirband etilgan Ajidaxaka
(Ajdaho) zanjirini uzib, Saoshyant bilan bellashadi. U esa barcha taqvodorlar ruhini
tiriltirib, Ajidaxakani engadi. Dunyo esa erigan metall oqimi bilan poklanadi.
Shundan so’ng qolgan barcha narsa mangu baxtli hayot kechiradi.