Andijon davlat universiteti falsafa kafedrasi dinshunoslik




Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/132
Sana17.01.2024
Hajmi1,47 Mb.
#139490
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   132
Bog'liq
Dinshunoslik majmua 2023-2024-o\'quv yili pdf

“Avesto”. “Avesto” zardushtiylikning asosiy manbasi va muqaddas kitobi 
hisoblanadi. U Apastak, Ovisto, Ovusto, Abisto, Avasto kabi shakllarda ham ishlatib 
kelingan. “Avesto” Markaziy Osiyo, Eron, Ozarbayjon xalqlarining islomgacha 
davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam to’g’risidagi tasavvurlari, 
urf-odatlari, ma’naviy madaniyatini o’rganishda muhim va yagona manbadir. Uning 
tarkibidagi materiallar qariyb ikki ming yil davomida vujudga kelib, avloddan-
avlodga og’zaki ravishda uzatilib kelingan. 


41 
Zardushtiylik dini rasmiy tus olguniga qadar “Avesto”ning bo’laklari Turon 
va Eron zamini xalqlari orasida tarqalgan. Ushbu Axuramazdaning Zardusht orqali 
yuborilgan ilohiy xabarlari deb hisoblangan bo’laklar turli diniy duolar, madhiyalar 
sifatida yig’ila boshlagan. Bular Zardushtning vafotidan keyin kitob holida 
jamlangan va “Avesto” – “O’rnatilgan, qat’iy qilib belgilangan qonun-qoidalar” deb 
nom olgan. 
Mazkur qadimiy yozma manba bizgacha to’liq etib kelmagan. “Avesto” 
haqida buyuk olim Abu Rayhon Beruniy shunday yozadi: “Yilnoma kitoblarida 
bunday deyilgan: podshoh Doro ibn Doro xazinasida (Abistoning) o’n ikki ming 
qoramol terisiga tillo bilan bitilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar otashxonlarni 
vayron qilib, ularda xizmat etuvchilarni o’ldirgan vaqtda uni kuydirib yubordi. 
Shuning uchun o’sha vaqtda Abistoning beshdan uchi yo’qolib ketdi”. 
“Avesto”ning Aleksandr Makedonskiy tomonidan Grestiyaga olib ketilgani, 
zarur joylarini tarjima ettirib, qolganini kuydirtirib yuborgani, o’n ikki ming 
qoramol terisidagi tillo matn haqida keyingi davrlarda yaratilgan zardushtiylik 
adabiyotida (“Bundahishn”, “Shahrihoi Eron”, “Denkard” (IX a), “Arda Viraf-
namak” (IXa) “Tansar xatlari” (VI) “Muruj az-zahab”, “Forsnoma” va boshqalarda) 
ma’lumotlar bor. Bu asarlarda yunonliklar otashxonalarni vayron qilganlari, 
ibodatxonalar boyliklarini talon-taroj etganlari, din arboblarini o’ldirib, asir olib 
ketganliklari haqida yoziladi. Hozir bizgacha etib kelgan “Avesto”, Beruniyning 
yozishicha, aslining beshdan ikki qismi xolos. U “Avesto o’ttiz “nask” edi, 
majusiylar qo’lida o’n ikki nask chamasi qoldi” deb yozgan. 
Yozma manbalarga ko’ra, haqiqatan ham Avesto mo’badlar (zardushtiy 
ruhoniylari) tomonidan avloddan-avlodga, og’izdan-og’izga o’tib, asrlar osha 
yashirin saqlangan. Dastavval (I yoki II asrlarda), Arshakiylar davrida “Avesto” 
qismlarini to’plash boshlangan. Keyinchalik Sosoniylar davrida, Ardasher Papakan 
(227-243) davrida, ayniqsa, Shopur (243-273) davrida astrologiya, tabobat, 
riyoziyot va falsafaga oid qismlari yozib olinib, hamma qismlari tartibga keltirilgan, 
so’ng bu asosiy matn to’ldirib borilgan. “Avesto”ning ana shu to’ldirilgan 
nusxasining ikki to’liq qo’lyozmasi hindistonda saqlanadi – biri Mumbayda, 
zardushtiylarning madaniy markazi bo’lmish Koma nomidagi institutda, ikkinchisi 
Kalkuttadagi davlat kutubxonasida. 
“Avesto”ning saqlanib qolgan to’rtta kitobidan birinchisining nomi 
“Videvdat” (devlarga qarshi qonun) deb ataladi. Ushbu kitob “Avesto”ning saqlanib 
qolgan kitoblari orasida eng mukammali hisoblanadi. U yigirma ikki bob bo’lib, 
boblari “Fragard” deb nomlangan. Fragardalarning ma’nosi, vazifasi, uslubiy 
tuzilishi turlicha: birinchi fragard – odamlar yashaydigan barcha yurtlarni Axura 
Mazda qanday yaratgani to’g’risida bo’lib, ular orasida Xorazm, So’g’d, 
Marg’iyona, Baxdi (Balx) va boshqalar bor; ikkinchi fragardda Jamshid podsholigi 
– kasallik, o’lim, azob-uqubatlar bo’lmagan zamon haqida, ya’ni insoniyatning oltin 
asri haqida gap boradi; uchinchi fragard dehqonchilikning savobli sharofatlari 
haqida va h.k. Shuningdek, videvdatning boshqa fragardlaridan Zardusht bilan 
Axuramazdaning savol-javoblari va muloqotlari ham o’rin olgan. 


42 
Ikkinchi kitob “Yasna” deb atalib, Avestoning e’tiborli bo’limi sanaladi. 
Yasna – yaz o’zagidan bo’lib, “sajda, topinch, ibodat” ma’nolarini ifodalaydi. Yasna 
etmish ikki bobdan iborat bo’lgan. Boblari “ha”, “haitiy” deb atalgan. “Ha” bashorat 
demakdir. Har bir “ha” zarur o’rniga qarab marosimlarda, ibodatlarda kohinlar 
tomonidan o’qilgan, qavmlar unga ergashib ibodat qilganlar. Yasna kitobi tarkibiga 
Zardusht o’zi ijod qilgan targ’ibot she’rlari ham kirgan. Ular Yasnaning 17 ta 
“ha”sini tashkil qiladi. Zardusht she’rlari ilmiy adabiyotda “gat”lar deb atab 
kelinadi. Zardushtiylik urf-odatlari orasida olovga e’tiqod qilish, dinning esa 
“otashparastlik” deb atalishi shunga bog’liq. Binobarin, olov Axuramazda nurining 
quyoshda namoyonligi va uning erdagi zarrasi deb hisoblangan. Oliy haqiqat Arta 
ham olovda o’z ifodasini topgan. Olov haqni nohaqdan, eng oliy gunoh 
hisoblanmish yolg’onni rostdan ajratib bergan. Yolg’on esa, chin e’tiqodga xiyonat 
deb qoralangan. Arta so’zi fonetik o’zgarib, dastlab Atar, hozir esa otash shaklida 
ishlatilib kelmoqda. 
Uchinchi kitob “Visparat” deb nomlangan. U yigirma to’rt bobdan tashkil 
topgan va har bir bob alohida “karde” deb atalib, ma’budlar sha’niga o’qilgan duolar 
va ibodat ustida ularga murojaatlar hamda olamni bilishga doir pand-nasihatlardan 
iboratdir. Uni ibodat namozlari yig’indisi ham deyishadi. Ayni paytda u “Yasna”ga 
qo’shimcha hisoblanadi. 
To’rtinchi kitob “Yasht” deb ataladi. U “Avesto”ning eng qadimiy qatlami 
bo’lib, yigirma ikki bobdan iborat. Har bir bob Axura Mazdadan boshlab, u yaratgan 
va uning ma’lum vazifalarini bajaruvchi ma’budlar sha’niga aytilgan madhiyalardan 
iborat. 
“Avesto” haqida eng muhim manba IX asrga oid “Denkard” (din amallari) 
asaridir. Unda Avestoning yigirma bir kitobi to’la ta’riflab berilgan. Bu ta’riflar 
savobli ishlar yo’riqnomasi, diniy marosimlar va rasm-rusmlar qoidasi, 
zardushtiylik ta’limoti asoslari, dunyoning Axuramazda tomonidan yaratilishi, 
oxirat kuni va undagi hisob-kitob, falakiyot, ijtimoiy-huquqiy qonun-qoidalar, 
Zardushtning tug’ilishi va bolaligi, haq yo’lini tutish, jamiyat a’zolarining haq-
huquqlari, devlar, jinlar kabi yovuz kuchlarga qarshi o’qiladigan duolar, amallar va 
boshqalardan iboratdir. 

Download 1,47 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   132




Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Andijon davlat universiteti falsafa kafedrasi dinshunoslik

Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish