• 1. Zardushtiylik (Zoroastrizm)ning kelib chiqishi.
  • Reja  1. Zardushtiylik (Zoroastrizm)ning kelib chiqishi




    Download 1,47 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet24/132
    Sana17.01.2024
    Hajmi1,47 Mb.
    #139490
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   132
    Bog'liq
    Dinshunoslik majmua 2023-2024-o\'quv yili pdf

    Reja 
    1. Zardushtiylik (Zoroastrizm)ning kelib chiqishi. 
    2. Zardushtiylik shakllangan tarixiy sharoit. 
    3. Zardushtiylik ta’limoti. 
    4. Zardushtiylikning axloqiy-falsafiy asoslari
    Tayanch so‘z va atamalar: Axuramazda, Axriman, Zardusht, Avesto, Arta, 
    Dayva, Fravashi, Yasna, Yasht, Videvdat, Visperad.
    1. Zardushtiylik (Zoroastrizm)ning kelib chiqishi. 
    Zardushtiylik miloddan avvalgi VII-VI asrlarda Markaziy Osiyoda yuzaga 
    kelgan din hisoblanadi. Bu dinning nomi Zardusht ismli shaxsga nisbat beriladi. Bu 
    dinning nomi uning muqaddas kitobi hisoblanmish “Avesto”da “Mazdayasna” 
    (“Mazdaga sig’inish”) deb atalgan. “Mazda” so’zi “donish, donishmand, oqil” kabi 
    ma’nolarda talqin etiladi. 
    Mazkur din tarqalgan xalqlar orasida zardushtiylik “behdin”, ya’ni “eng 
    yaxshi din” deb ulug’langan. Unga ko’ra, barcha ezgu borliq Mazdaning irodasi 
    bilan yaratilgan deb e’tiqod qilingan. Mazda so’zi oldiga ulug’lash so’zi “Axura” 
    qo’shilib, zardushtiylikning ilohi – “Axura Mazda” (Axuramazda) nomi paydo 
    bo’lgan. Bu qo’shimcha so’z “Janob Mazda” yoki “Xudo Mazda” demakdir. 
    Zardusht nomi manbalarda Zaratushtra, Zardust, Zoroastr ko’rinishlarida ham 
    ishlatiladi. Tadqiqotchilar o’rtasida Zardushtning tarixda bo’lgan yoki 
    bo’lmaganligi borasida turli fikrlar mavjud. Ba’zilar uni tarixiy shaxs deb bilsalar, 
    boshqalar afsonaviy shaxs deb hisoblaydilar. Manbalarning xabar berishicha, u 
    miloddan avvalgi, taxminan 570 yillarda tug’ilgan ilohiyotchi, faylasuf, shoir 
    bo’lgan. Zardusht Markaziy Osiyo hududida mavjud bo’lgan ko’pxudolikka 
    asoslangan qadimiy diniy tasavvur va e’tiqodlarni isloh qilib, yangi dinga asos soldi. 
    Zardushtning tug’ilgan va ilk diniy faoliyatini boshlagan joyi to’g’risida ikki 
    fikr mavjud. 
    Birinchisi, “G’arb nazariyasi” bo’lib, unga ko’ra Midiya (hozirgi Eron 
    hududida) Zardushtning vatani va zardushtiylikning ilk tarqalgan joyi hisoblanadi. 
    Bu fikr tarafdorlarining dalili – birinchidan zardushtiylikning qadimiy Eron 
    hududlarida keng tarqalganligi bo’lsa, ikkinchidan, zardushtiylikning muqaddas 
    kitobi sanalmish “Avesto”ga yozilgan sharhlarning qadimiy eron-pahlaviy tilida 
    bo’lganligidir. 
    Ikkinchisi, “Sharq nazariyasi” bo’lib, unga ko’ra Zardusht vatani va 
    zardushtiylikning ilk tarqalgan joyi Xorazm hisoblanadi. Ko’pchilik 
    manbashunoslar ikkinchi nazariya tarafdoridirlar. Xorazm birinchi bo’lib 
    zardushtiylikning muqaddas olovi Ozarxurra yoqilgan va shu dinda eng buyuk xudo 
    hisoblangan Axuramazdaning Zardusht bilan bog’langan joyi hisoblanadi. 
    Zardushtiylikning asosiy manbasi Avestoda: “Birinchi bor muqaddas olov 
    “Ozarxurra” “Eran-vej” (ba’zi manbalarda “Ayrian vedja”)da yoqildi”, – deyiladi. 


    39 
    “Eran-vej”ning geografik va iqlimiy tavsifi Xorazmnikiga to’g’ri keladi. 
    “Avesto”da Axuramazda tomonidan yaratilgan “Barakot va najot” sohibi bo’lgan 
    bir qator mamlakatlar zikr etiladi va ularning eng birinchisi, “dunyoda hech narsa 
    chiroyiga teng kela olmas Eran-vej”, keyin esa “odamlar va chorva podalariga mo’l” 
    Sogd (Sug’d), “qudratli va muqaddas” Mouru (Marv), “Baland ko’tarilgan bayroqlar 
    mamlakati” Baxdi (Baktriya) zikr etiladi. 
    “Avesto”da, shuningdek, Zardusht tug’ilgan va o’z faoliyatini boshlagan yurt 
    haqida ham ma’lumot beriladi. Aytilishicha, “Bu mamlakatning ko’p sonli 
    lashkarlarini botir sarkardalar boshqaradilar, baland tog’lari bor, yaylov va suvlari 
    bilan go’zal, chorvachilik uchun barcha narsa muhayyo, suvga mo’l, chuqur ko’llari, 
    keng qirg’oqli va kema yurar daryolari o’z to’lqilarini Iskata (Skifiya), Pauruta, 
    Mouru (Marv), Xarayva (Areya), Gava (sug’dlar yashaydigan yurt), Xvarizm 
    (Xorazm) mamlakatlari tomon eltuvchi daryolari bor”. 
    Shubhasiz, “Keng qirg’oqli, kema yurar daryolar” bu Amudaryo va Sirdaryo 
    bo’lib, “Avesto”da tasvirlangan mazkur shaharlar Markaziy Osiyo shaharlarining 
    ikki daryo qirg’oqlarida joylashganidir. 
    Shunga asoslanib, biz Zardushtning vatani, zardushtiylikning ilk makoni va 
    “Avesto”ning kelib chiqish joyi deb Xorazm, tarqalish yo’nalishi Xorazm–
    Marg’iyona–Baqtriya deb aytish mumkin. 
    Zardushtiylik an’analari Zardushtni Xorazmdan chiqqaniga dalolat qiladi. 
    Zardusht tarixiy shaxs. Uning biografiyasi ancha oddiy. U Spitama urug’ining boy 
    bo’lmagan vakili Purushaspaning o’g’li bo’lgan. Spitama a’zolari boshqa xudolar 
    qatorida Axura Mazdani ham tan olishgan. Biroq Zardusht yoshligidan faqat Axura 
    Mazdaga e’tiqod qilgan. Keyinchalik u o’zini uning payg’ambari deb e’lon qildi. 
    Zardusht ham otasi kabi boy bo’lmagan. Boshida o’z e’tiqodini targ’ib etishda 
    muvafaqqiyatsizlikka uchradi. Xususan, o’n yil ichida u atigi bir necha 
    ergashuvchilarga ega bo’ldi. Gap shundaki, zamondoshlarining sodda ongi Axura 
    Mazda xudosining mavhum obrazini qiyinchilik bilan qabul etardi. Uch ming yil 
    ilgarigi odamlar uchun tosh yoki boshqa real materiallarda aks ettirilgan xudolar 
    tushunarli va ishonchli edi. Zardushtni o’z jamiyati asta-sekin siqib chiqardi. 
    Dinning yangi g’oyalarini targ’ib etishning noqulay sharoiti tufayli Zardusht 
    Aryanam Vaedjdan ketishga majbur bo’ladi. U So’g’d, Margianani kesib o’tib, 
    Baqtriya poytaxti Baxdiga etib keladi.
    “Avesto”ning “Yasna” kitobida bayon etilishicha, Zardushtning vatandoshlari 
    unga ishonmay, uning ta’limotini qabul qilmaganlar. Zardusht vatanni tark etib
    ko’shni davlatga ketadi, u erning malikasi Xutoasa va shoh Kavi Vishtaspaning 
    xayrixohligiga erishadi, ular Zardusht ta’limotini qabul qiladilar. Natijada qo’shni 
    davlat bilan urush boshlanib, Vishtaspa g’alaba qozonadi. Shundan so’ng, bu 
    ta’limot xalqlar o’rtasida keng tarqala boshlagan. Shoh Kavi Vishtaspa farmoniga 
    binoan “Avesto” kitobi o’n ikki ming mol terisiga yozib olinib, otashkadaga 
    topshirilgan. 
    Zardushtiylik ta’limoti Markaziy Osiyoda ibtidoiy davrda mavjud tabiat 
    kuchlarini ilohiylashtiruvchi e’tiqodlarga nisbatan progressiv, monoteistik 
    ta’limotdir. U behuda qon to’kuvchi qurbonliklar, harbiy to’qnashuvlar, bosqinchilik 


    40 
    urushlarini qoralab, o’troq, osoyishta hayot kechirishga, mehnatga, dehqonchilik, 
    chorvachilik bilan shug’ullanishga da’vat etadi. 
    Moddiy hayotni yaxshilashga urinishni yovuzlikka qarshi kurash deb 
    hisoblaydi. Zardushtiylik dinida qo’riq er ochib, uni bog’u rog’ga aylantirgan odam 
    ilohiyot rahmatiga uchraydi, aksincha, bog’lar, ekinzorlarni, sug’orish inshoatlarini 
    buzganlar katta gunohga qoladi. Zardusht o’z ta’limoti bilan insonlarga tinch-totuv 
    yashashni, halol mehnat qilishni o’rgatmoqchi bo’ladi. Bu din ta’limotiga ko’ra, 
    insonlarning bu dunyodagi hayotiga yarasha narigi dunyodagi taqdiri belgilanadi, 
    har bir inson o’lgandan so’ng o’zining bu dunyodagi qilmishiga yarasha yoki abadiy 
    rohat – jannatga yoki yomon ishlari ko’p bo’lsa na xursandlik va na xafalik 
    ko’rmaydigan arosat joy – misvongatuga tushadi. 
    Zardushtiylik ta’limotining asosi – dualizm (ikkilik) bo’lib, unga ko’ra olam 
    qarama-qarshiliklar kurashi asosiga qurilgan. Yaxshilik va yomonlik, yorug’lik va 
    qorong’ulik, hayot va o’lim o’rtasida abadiy kurash davom etadi. Barcha 
    yaxshiliklarni Axuramazda va barcha yomonliklarni Axriman ifodalaydi. 
    Axuramazda insonlarga ezgu ishlarni bayon etib, ularga amal qilishni 
    buyuradi, yomon ishlarni bayon etib ulardan saqlanishga chaqiradi. 
    Zardushtiylikda imon uchta narsaga asoslanadi: fikrlar sofligi, so’zning 
    sobitligi, amallarning insoniyligi. Har bir zardushtiy kuniga besh marta yuvinib, 
    poklanib, quyoshga qarab uni olqishlab sig’inishi shart hisoblanadi. 
    Zardushtiylik ibodatxonalarida doimiy ravishda olov yonib turadi. Ularda 
    dunyodagi to’rt unsur – suv, olov, er va havo ulug’lanadi. 
    Zardushtiylik dafn marosimi o’ziga xos bo’lib, o’lganlar bir necha past, 
    baland “sukut minoralari” – daxmalarga solinadi, u erda murdalarning go’shtlarini 
    qushlar eb, suyaklarini tozalaydi. Go’shtdan tozalangan suyaklar maxsus sopol 
    idishlar – “ossuariy”larga solinadi. 
    Zardushtiylik dini jahon miqyosida eng qadimgi dinlardan biri hisoblanib
    miloddan avvalgi VII-VI asrlarda Markaziy Osiyo, Ozarbayjon, Eron va Kichik 
    Osiyo xalqlari unga e’tiqod qilganlar. Eronda sosoniylar sulolasi hukmronligi 
    davrida Zardushtiylik rasmiy davlat diniga aylangan. Bu davrda uning muqaddas 
    kitobi Avesto ruhoniylar tomonidan qayta yig’ilib, kitob shakliga keltirilgan. Ayrim, 
    ayniqsa, “Videvdot” qismiga o’zgartirishlar kiritilib, qayta ishlangan. 
    VII-VIII asrlarda Markaziy Osiyoga islom dini kelib, keng tarqalguniga qadar 
    zardushtiylik mahalliy xalqlarning asosiy dini hisoblangan. 
    Hozirgi kunda dunyo miqyosida zardushtiylik e’tiqodi diniy jamoalari 
    kamayib ketgan. Ular hindistonning Mumbay, Gujarot shtatlarida va Eronning ba’zi 
    chekka viloyatlarida saqlanib qolganlar.

    Download 1,47 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   132




    Download 1,47 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja  1. Zardushtiylik (Zoroastrizm)ning kelib chiqishi

    Download 1,47 Mb.
    Pdf ko'rish