Buddaviylikning Markaziy Osiyoga kirib kelishi




Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/132
Sana17.01.2024
Hajmi1,47 Mb.
#139490
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   132
Bog'liq
Dinshunoslik majmua 2023-2024-o\'quv yili pdf

 
3. Buddaviylikning Markaziy Osiyoga kirib kelishi Buddaviylik 
O‘zbekistonning janubiy hududlarida yangi eraning boshlarida o‘rnashdi. 
Buddaviylikning Hindistondan Markaziy Osiyoga kirib kelishini odatda 
kushonlarning hukmronligi bilan bog‘laydilar. Imperator Kanishkaning 
hukmronligi davrida Kushon podshohligi ushbu dinning markazlaridan biriga 
aylangan. Milodning birinchi asrida Amudaryo havzasi bo‘ylarida buddaviylik 
hukmron din sanalgan va bu erda arablar kelishiga qadar boshqa joylardagiga 
nisbatan uzoqroq vaqt saqlanib turgan. 
Kushon podshohi Kanishka buddaviylik diniga e’tiqod qilgan. U zarb 
qildirgan tangalarda boshqa ilohiyatlar bilan bir qatorda Budda tasviri ham uchraydi. 
Xitoylik Syuan-Цzyan bergan xabariga ko‘ra, VII asrning boshlarida Termizda 10 
ta buddaviylik monastirlari (sangarama) va mingta rohib bo‘lgan. 
V-VIII asrlarda Eftalitlardan keyin buddaviylik Markaziy Osiyoda tanazzulga 
yuz tuta boshladi. 
Markaziy Osiyo xalqlari, xususan, baktriyaliklar san’atga o‘z madaniy 
an’analarini olib kirdilar. 


55 
Buddaviylikda Budda ta’limoti va hayotining botiniy mohiyatini ifodalovchi 
ramz-timsollarning butun boshli bir tizimi shakllantirilgan. Ko‘proq tarqalgani 
Budda va uning ta’limotini anglatuvchi g‘ildirak yoki yarqirab turuvchi aylana 
tasviridir. 
Buddaning hayotiy aylanishlari bosqichlarini ifodalovchi ho‘kiz, sher, fil, ot 
ramzlari keng tarqalgan (masalan, fil – Er uzra ko‘tarilgan Budda ramzi). 
Shuningdek, Budda tagida o‘zining ilk va’zlarini aytgan muqaddas Bodxa 
daraxti tasviri ham buddaviylikning badiiy-diniy ramzi hisoblanadi. Arxitektura 
majmuasi tashkiloti buddaviylikda qat’iy qonunlar asosida amalga oshirilgan va 
bo‘rttirib ishlangan rasmlar, haykal, tasvirlar joyi va xarakterini belgilagan. 
XX asrning boshlaridayoq Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘ida buddaviylikka oid 
ko‘p sonli tangalar, haykaltaroshlikka oid mayda tasvirlar va boshqa yodgorliklarni 
topganlar; ko‘pincha ular qimmatbaho metallar – oltin yoki kumushdan yasalgan 
(odamlar va hayvonlarning haykalchalari). 
1927 yilda Sharq madaniyatlari muzeyi ekspedistiyasi qadimiy Termizni 
o‘rganish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot o‘tkazib, u erda qator grek-buddaviylik 
yodgorliklari 
mavjudligini 
aniqladi. 
Termiz 
arxeologik 
kompleks 
ekspedistiyasining (TAKE) ishlari natijasida Qoratepa va Chingiztepa 
balandliklarida ikkita yirik buddaviylik monastiri bo‘lganligi aniqlandi va 
buddaviylik me’morchiligi va haykallarining parchalari topilgan o‘nlab joylar qayd 
etildi. 
Ular orasida Ayritom shaharchasi alohida o‘rin egallaydi. U Termizdan 17 
km. masofada, Termizdan Pomiroldi o‘lkalariga ketaverishda, Amudaryoning 
qadimiy kechuvi yaqinida, tik qirg‘oqning o‘ng tomonida joylashgan. Mazkur 
joyning o‘rta asrga qadar davri haqidagi batafsil ma’lumotlar VII asrda yashab 
o‘tgan Xitoy ziyoratchisi Syuan-Цzyan tomonidan qoldirilgan. Ko‘hna shahar uch 
tomoni devor bilan o‘ralgan tepalik mavjud va tepalik tevaragidagi qishloq 
qoldiqlaridan iborat. Ko‘hna shaharning sharq tarafida aftidan buddaviylik stupasiga 
o‘xshash minora shaklidagi xom g‘ishtdan qurilgan bino joylashgan. Arxeologlar 
bu binoni buddaviylik monastiri deb hisoblaydilar. Bu monastir o‘z ichiga 
ibodatxonalardan tashqari rohiblar uchun yotoqxona va qator xizmat xonalari, ya’ni 
oshxona, omborxonalarni oladi. 
Ayritom monastirlar qishlog‘iga hindistonlik qandaydir buddaviylik jamoasi 
a’zolari tomonidan asos solingan bo‘lishi ehtimol. Ayritom monastir qishlog‘i 
hududida mavjud ishlab chiqarish hunarmandchiligidan kulolchilik, metall 
buyumlar ishlash, idish-tovoqlar ishlab chiqarish, mergel ohaktoshdan me’moriy 
detallar ishlash kasblari aniqlandi.
Ayritomdagi ibodatxona buyumlaridan quyidagilar topildi: ostida Budda 
nurlangan daraxt ramzidagi besh qavatli loydan yasalgan chaytya, u odatda diniy 
marosimning idishi – relikvariy ustida bo‘lgan yoki stupaning sirtqi qismi bo‘lib 
xizmat qilgan; yana ustida palmetta tasvirli gardish ushlagan o‘smir ifodalangan 
tosh topilgan bo‘lib, aftidan, u yigit donator-ibodatxona xizmatchisi bo‘lgan; 
bodxisatvaning bolalikdagi o‘yinlari haqidagi xotiralar bilan bog‘liq bo‘lgan, 
buddaviylarning sevimli tasviri – loydan yasalgan qo‘y kallasi; loydan yasalgan 


56 
stolchalar – diniy marosim buyumlari uchun poya hisoblanib, ularga Buddaning 
o‘tirgan holdagi haykal-namunalari qo‘yilgan.
Qoratepa nomi bilan mashhur tepalik buddaviylikning eng yirik ruhoniylar 
markazi hisoblangan. Kushonlar davrida Qoratepa Termizning tashqi devori 
himoyasi ostida shahar tashqarisida joylashgan. 
Buddaviylik tarqalgan davrda qadimiy e’tiqodlar ta’sirining barqarorligi 
haqida qo‘sh alanga qurshovida o‘tirgan Budda tasviri guvohlik beradi. Uning 
yonida IV-V asrlarga tegishli bo‘lgan va tirnab yozilgan baktriya yozuvida 
“buddamazda” so‘zi ifodalangan. 
1963 yilda Qoratepa sharqidan sakson metr narida Fayoztepa ibodatxona-
monastiri majmui ochildi. Fayoztepa bino rejasi to‘g‘ri turtburchakdan iborat 
alohida turgan stupa shakliga ega. Bino uchta teng qismlarga bo‘lingan bo‘lib, 
ularning har biri ichki hovliga ega bo‘lgan. Bir qismi, aslida yashash xonasini o‘z 
ichiga olgan monastir bo‘lgan. Unda buddaviy rohiblar yashaganlar. Bundan 
tashqari bu erda yordamchi xonalar bo‘lgan. Ikkinchi qismi – ovqatlanadigan xona, 
oshxona, non yopadigan xona. Uchinchisi, ibodatxonaga o‘xshagan markaziy xona. 
Devorlari xom g‘isht va paxsadan qurilgan bo‘lib, somonli loy bilan suvalgan va 
oqlangan. 
Ibodatxona to‘rtburchakli hovliga ega bo‘lib, uning atrofiga shu xovliga 
chiquvchi 19 ta bino joylashgan. Hovlini barcha to‘rt devori bo‘ylab supa qilingan 
bo‘lib, ular muqaddas ohak toshlari asosida qurilgan ustunlarga suyanib turgan 
ayvon bilan yopilgan. Hovli devorlari naqshlar bilan qoplangan. Xususan, 
markazida ibodatxona tasvirlangan janubi-g‘arbiy devorda rohib kiyimidagi Budda 
chizilgan bo‘lib, uning atrofini kichik Budda haykalchalari o‘rab turibdi. Mehrob 
devorlari ham yozuvlar bilan qoplangan. Devorlardan birida ikkita tik turgan Budda 
suratlari tasvirlangan bo‘lib, ularning har ikki tarafiga ikkita ayol ko‘rinishlari 
tasvirlangan. Qarama-qarshi devorda sovg‘a ulashuvchi erkaklar tasvirlangan, 
bundan tashqari boshqa mazmundagi suratlar ham mavjud. Chizmalarning o‘ta 
qimmatbaholigidan tashqari, Buddalarning bu jonli tasviri dunyodagi eng qadimgi 
sanaladi. Ular milodiy I-II asrlarga tegishlidir. 
1962 yilda Surxondaryo viloyati, Sho‘rchi tumanida joylashgan 
Dalvarzintepa degan joyda buddaviylik ibodatxonasi, vino tayyorlash qurilmalari, 
dafn qilish joyi – naus topilgan. Shahar hududida kulol, hunarmand va boy zodagon 
uylarining qoldiqlari, shuningdek, mashhur oltin dafina va fil suyagidan yasalgan 
shaxmat donalari topilgan. 
Markaziy Osiyo hududlarida birinchi marta loydan yasalib yaxshi saqlangan 
Budda tasviri, ko‘plab haykalchalar, bezaklar, diniy marosim buyumlari va tangalar 
topilgan, ular II asr oxiri III asr boshidagi buddaviylik ibodatxonasining markaziy 
binolari ichida saqlangan. 
Boshqa binolarda katta miqdorda haykalchalar bo‘laklari, taqinchoqlar 
topilib, ularning ko‘pchiligiga oltin suvi yuritilgan. Budda tasvirlangan rasm 
parchalari, ko‘plab sopol idishlar, jumladan: devorlarida qadimgi yunon, hind 
yozuvidagi braxma bitiklari saqlangan ko‘za qoldiqlari,chiroqlari topilgan.


57 
1957 yilda Farg‘ona vodiysidagi Quva shahri vayronalarida arxitektura va 
haykaltaroshlikning ajoyib namunasi bo‘lgan buddaviylik ibodatxonasi qoldiqlari 
topilgan. Ushbu ashyoviy dalillar Farg‘ona viloyatida VII asrda buddaviylik dini 
keng tarqalganini tasdiqlaydi. Holbuki, bu davrda Markaziy Osiyoning boshqa 
hududlarida zardushtiylik dini hukmron bo‘lgan.
1974 yilda Zartepada O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Arxeologiya 
institutining qazish ishlari olib borilishi natijasida buddaviylik ibodatxonasi 
topilgan. Bu erda Buddaning oltin suvi yuritilgan haykali va ikkita bronza shamdon 
topilgan. 

Download 1,47 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   132




Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Buddaviylikning Markaziy Osiyoga kirib kelishi

Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish