• 1. Xristianlik tarixi.
  • Andijon davlat universiteti falsafa kafedrasi dinshunoslik




    Download 1,47 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet34/132
    Sana17.01.2024
    Hajmi1,47 Mb.
    #139490
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   132
    Bog'liq
    Dinshunoslik majmua 2023-2024-o\'quv yili pdf

    3. Xristianlik marosimlari. 
    4. Xristianlikning 
    asosiy 
    yo‘nalishlari: 
    katoliklikpravoslavlik, 
    protestantlik. 
     
     
    Tayanch so‘z va atamalar. Iso Masih, Bibliya, Baytlahm, Messiya, Yangi 
    Ahd, Havoriy (Apostol), Sobor, E’tiqod timsoli, Cherkov, Xoch 
     
    1. Xristianlik tarixi. 
    Milodiy yil hisobining boshlanishi xristianlik tarixi bilan bog‘liq. Chunki 
    ushbu hisob xristianlik manbalarida Iso Masih (Isus Xristos) ning tug‘ilishidan 
    boshlangan deb hisoblanadi. Iso Masih haqidagi birlamchi xabarlar asosan diniy 
    manbalarda keladi. 
    Hozirgi kunda xristianlik jahon dinlaridan biri hisoblanadi. U e’tiqod 
    qiluvchilarining soniga ko‘ra boshqa jahon dinlari (buddaviylik va islom) orasida 
    eng yirigi hisoblanadi. Xristianlikka e’tiqod qiluvchilarning soni 1 mlrd. 600 mln. 
    bo‘lib, bu son dunyo aholisining deyarli uchdan biriga to‘g‘ri keladi. Xristianlik 
    hozirgi kunda ko‘proq Evropa, Shimoliy va Janubiy Amerika, Avstraliya qit’alarida 
    hamda qisman Afrika va Osiyo qit’alarida tarqalgan. 
    Xristianlik milodning boshida Rim imperiyasining sharqiy qismida Falastin 
    erlarida vujudga keldi. Bibliyaning xabar berishiga ko‘ra, Iso Masih Rim imperiyasi 
    tashkil topganining 747 yili Falastinning Nazaret qishlog‘ida bokira qiz Maryamdan 
    Xudoning amri bilan dunyoga keldi. Yangi eraning boshlanishi ham Iso Masihning 
    dunyoga kelishi bilan bog‘liq. 
    Xuddi shu davrda yahudiylar o‘rtasida kutilayotgan xaloskorning kelishi 
    yaqinlashib qolganligi haqida xabar tarqatuvchilar paydo bo‘ldi. Ular xalqni 
    kutilayotgan xaloskor kelishiga tayyorlash uchun chiqqan edilar. Shunda Iso Masih 
    yahudiylikni isloh qilish va uni turli xurofotlardan tozalash g‘oyasi bilan chiqib, 
    xristian diniga asos soldi. Yahudiylar uni va uning izdoshlarini Falastindan quvg‘in 
    qildilar. Iso Masihni 33 yoshida fitnachilikda ayblab qatl etishga hukm qildilar. 
    Diniy bo‘lmagan manbalarda Isoning nomi uchramaganligini nazarda tutib, u 
    tarixiy emas, balki afsonaviy shaxsdir deguvchilar ham bor. 
    Iso nomiga qo‘shiluvchi Masih so‘zi qadimiy yahudiy tili - ivritdagi “moshiax” 
    so‘zidan olingan bo‘lib, “silangan” yoki “siylangan” ma’nolarini beradi. Grekchada 
    bu so‘z “xristos” (“christos”) shakliga ega. Bu dinning “xristianlik” yoki 
    “masihiylik” deb atalishi ham shu so‘zlar bilan bog‘liq.
    Manbalarning xabar berishicha, xristianlik yahudiy muhitida yuzaga kelgan. Bu 
    esa xristianlikning yahudiylikdan ko‘p jihatdan ta’sirlanishiga sabab bo‘ldi. 
    Xristianlikning asosiy g‘oyasi – Iso odamzodning xaloskori “messiya” ekani 


    59 
    yahudiylikda mavjud bo‘lib, oxirzamonga yaqin qolganda qaytib kelishi 
    kutilayotgan xaloskor haqidagi ta’limotdan kelib chiqqan. 
    Keyinchalik bu ta’limot Xudoning mujassamlanishi yoki Isoning ikki xil – 
    odam va xudo mohiyati haqida “gunohni yuvish”, ya’ni Isoning o‘zini ixtiyoriy 
    tarzda qurbon qilishi haqidagi ta’limot bilan mustahkamlanadi. Xristianlik Ota-
    Xudo, O‘g‘il-Xudo va Muqaddas Ruh – Uch qiyofali Xudo (Troista – Trinity) 
    to‘g‘risidagi ta’limotni, jannat va do‘zax, oxirat, Isoning qaytishi haqidagi va boshqa 
    aqidalarni o‘z ichiga oladi. 
    Bibliya yahudiylik va xristianlik dinlari ta’limotiga ko‘ra, u Xudo tomonidan 
    nozil qilingan, asosiy diniy aqida va axloq qonunlarini o‘zida jamlagan muqaddas 
    kitoblar majmuasidir. 
    Bibliya (biblia) so‘zi grek tilida “kitob”, “o‘ram” ma’nolarini anglatadi. Hozirgi 
    Bibliya katolik nashrlarida 72 ta kitobdan, protestant nashrlarida esa 66 kitobdan 
    iborat. Yahudiylarning yana bir diniy manbasi Talmudning xabar berishicha, 
    Qadimiy ahdda 24 ta kitob bo‘lishi kerak. Qadimiy yahudiy tarixchisi Iosif 
    Flaviyning aytishicha, 22 ta kitob bo‘lishi kerak. Protestantlar va yahudiylar, Trident 
    Soboridan keyin (1545-1563), katoliklar ham qadimiy ahd tarkibiga 45 ta kitob 
    kirgizadilar. Bu son bilan yuqorida keltirilgan son o‘rtasidagi tafovutni keyinchalik 
    ba’zi kitoblar bir necha mustaqil kitoblarga bo‘linib ketganligi bilan izohlash 
    mumkin. Masalan, “Musoning besh kitobi” avval bir butun bo‘lib, keyinchalik 
    beshta mustaqil kitobga ajratib yuborilgan, “kichik payg‘ambarlar kitobi” 12 kitobga 
    ajratib yuborilgan. 
    “Injil” so‘zi yunoncha “evangelion” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, xushxabar 
    ma’nosini anglatadi. Unda odamzodni qutqaruvchi yagona Najotkor hisoblanmish 
    Iso Masihning Er yuziga yuborilganligi haqida hikoya qilinadi. 
    Injil milodning birinchi asrida yozilgan, 27 bo‘limdan iborat. Injil Iso Masihni 
    ko‘rib, uni yaqindan bilgan, uning ta’limotini sinchiklab o‘rgangan mualliflar 
    tomonidan yozilgan.

    Download 1,47 Mb.
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   132




    Download 1,47 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Andijon davlat universiteti falsafa kafedrasi dinshunoslik

    Download 1,47 Mb.
    Pdf ko'rish