Andijon davlat universiteti falsafa kafedrasi dinshunoslik




Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/132
Sana17.01.2024
Hajmi1,47 Mb.
#139490
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   132
Bog'liq
Dinshunoslik majmua 2023-2024-o\'quv yili pdf

2. Xristianlik ta’limoti. Xristianlik ota-xudo, o‘g‘il-xudo va muqaddas ruh – 
uch ko‘rinishga ega xudo to‘g‘risidagi ta’limotni, jannat va do‘zax, oxirat, Isoning 
qaytishi haqidagi va boshqa aqidalarni o‘z ichiga oladi. 
Xristian jamoasining shakllanishi, uning aqidalarini tartibga solinishi, cherkov 
munosabatlarining ishlab chiqilishi, diniy tabaqalar tuzumining vujudga kelishi 
milodning IV asri boshlarida 324 yili xristianlik Rim imperiyasida davlat dini deb 
e’lon qilinganidan so‘ng amalga oshdi. 
325 yili tarixda birinchi marta Rim imperatori Listiniya Nikeya shahrida I 
Butun Olam Xristian Soborini chaqirdi. Unda pasxani bayram qilish vaqti 
belgilangan, 381 yili Konstantinopolda II Butun Olam Xristian Sobori bo‘lib o‘tdi. 
II Jahon sobori “troista” haqidagi qoidani ishlab chiqqan va “e’tiqod timsoli”ni 
qonunlashtirgan. Konstantinopol patriarxi Rim patriarxi kabi barcha boshqa 
episkoplarga nisbatan imtiyozlarga ega degan qoidani kiritgan. Bu soborda qabul 
qilingan “e’tiqod timsoli” 12 qismda ifodalandi: 

Birinchi qismda olamni yaratgan Xudo haqida; 


60 

Ikkinchi qismda xristianlikda Xudoning o‘g‘li hisoblangan Iisus Xristosga 
imon keltirish haqida; 

Uchinchi qismda ilohiy mujassamlashuv haqida so‘z yuritilib, unga ko‘ra, 
Iso Xudo bo‘la turib, bokira Bibi Maryamdan tug‘ilgan va inson qiyofasiga 
kirganligi haqida; 

To‘rtinchi qismda Isoning azob-uqubatlari va o‘limi haqida so‘z ketadi. Bu 
gunohlarning kechirilishi haqidagi aqidadir. Bunda Isoning tortgan azoblari va 
o‘limi tufayli Xudo tomonidan insoniyatning barcha gunohlari kechiriladi deb 
e’tiqod qilinishi haqida; 

Beshinchi qismda Isoning xochga mixlanganidan so‘ng uch kun o‘tib qayta 
tirilganligi haqida; 

Oltinchi qismda Isoning meroji haqida; 

Ettinchi qismda Isoning nuzuli (ikkinchi marotaba erga qaytishi) haqida; 

Sakkizinchi qism Muqaddas Ruhga imon keltirish haqida; 

To‘qqizinchi qism cherkovga munosabat haqida; 

O‘ninchi qismda cho‘qintirishning gunohlardan forig‘ qilishi haqida; 

O‘n birinchi qism o‘lganlarning ommaviy tirilishi haqida;

O‘n ikkinchi qismda abadiy hayot haqida so‘z yuritiladi. 
Xristianlikning bundan keyingi falsafiy va nazariy rivojida avliyo Avgustinning 
ta’limoti katta ahamiyat kasb etdi. V asr bo‘sag‘asida u dinning bilimdan afzal 
ekanligini targ‘ib qila boshladi. Uning ta’limotiga ko‘ra, borliq inson aqli bilishga 
ojizlik qiladigan hodisadir, chunki uning ortida ulug‘ va qudratli Yaratuvchining 
irodasi yashiringan. 
Avliyo Avgustinning taqdir haqidagi ta’limotida aytilishicha, Xudoga imon 
keltirgan har bir kishi najot topganlar safidan o‘rin egallashi mumkin, chunki imon 
taqdir taqozosidir. 
Xristian cherkovining Katolik va Pravoslav cherkovlariga ajralib ketishi Rim 
papasi va Istanbul Patriarxining xristian olamida etakchilik uchun olib borgan 
raqobati oqibatida vujudga keldi. Ajralish jarayoni Rim iperiyasining g‘arbiy va 
sharqiy tafovutlari o‘sib chuqurlashib borayotgan jarayonlardayoq boshlangan edi. 
867 yillar orasida Papa Nikolay va Istambul patriarxi Fetiy orasida uzil-kesil ajralish 
ro‘y berdi va bu ajralish 1054 yili rasman tan olindi. 
XVI asr boshlarida katoliklikdan bir necha Evropa cherkovlari ajralib chiqishi 
natijasida xristianlikda protestantlik harakatlari vujudga keldi. Buning doirasida 
lyuteranlik, baptizm, anglikanlik va kalvinizm cherkovlari shakllandi. 

Download 1,47 Mb.
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   132




Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Andijon davlat universiteti falsafa kafedrasi dinshunoslik

Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish