64
xristianlik dinida ruhoniylik unvonlari – dyakon, presviter, episkop
kabi uch turli
darajaga ega.
Dyakon (
yunon. xizmatchi) – xristian cherkovidagi eng quyi ruhoniylik
darajasi. U marosimlarda episkop va presviterlarga yordamchilik qilish bilan
shug‘ullanadi.
Presviter (
lot. oqsoqol) – xristian ruhoniylar ierarxiyasida yuqori darajaga ega
ruhoniy. Qadimda episkoplar ham shunday nom bilan atalgan.
Jamoa tarafidan
saylab qo‘yiluvchi ruhoniy bo‘lib, dastavval, u pastor bilan birgalikda diniy
marosimlarga rahbarlik qilgan.
Episkop (
yunon. nazoratchi) – xristianlikdagi
oliy darajadagi ruhoniylik
unvoni. Katolik e’tiqodiga ko‘ra episkoplar havoriy Pavelning izdoshlari
xisoblanadi. Shuningdek, episkop o‘zi miro moyini tayyorlash, ruhoniylik darajasini
berish, hamda diniy marosimlarni boshqarish huquqiga ega.