70
gunohkorlarning gunohidan o‘tish
imkoniga ega, deb hisoblandi. Mana shu
ta’limotga, ya’ni gunohlardan pok bo‘lish va uning savobini o‘tganlarga bag‘ishlash
mumkin, degan aqidaga asoslanib katolik cherkovi XII asrdan boshlab gunohlarni
kechirish haqidagi yorliqlar (indulgenstiya –
lot. rahm-shafqat) bilan savdo qilishni
yo‘lga qo‘ygan. Ruhoniylar vafot etganlarning yaqinlariga indulgenstiya sotish
orqali ularning a’rofda bo‘lish muddatini qisqartirishlari mumkin;
- A’rof (do‘zax va jannat oralig‘idagi mavze) haqidagi aqida mavjud. Unga
ko‘ra, gunohi katta bo‘lmagan gunohkorlarning ruhi u erda o‘tda kuyadi, keyin
jannatga yo‘l topadi. Ruhning a’rofda bo‘lish muddati o‘lganlar xotirasiga yaqinlari
tomonidan qilinadigan xayrli ishlar (ibodat va cherkov foydasiga xayr-ehson qilish)
evaziga
qisqartirilishi mumkin;
- Bibi Maryam ham Iso kabi Annaning (Maryamning onasi) iffati saqlangan
holda Muqaddas ruhdan homilador bo‘lishi orqali dunyoga kelgan, deb hisoblanadi;
Katoliklikning o‘ziga xos xususiyatlari qatorida:
- nikoh qat’iy hisoblanishini (katoliklik aqidasiga binoan nikoh aqdi osmonda
tuziladi va erdagilar uni buzish huquqiga ega emaslar);
- Bibi Maryamning xudodan gunohlarni so‘rab beruvchi sifatlari ko‘proq
e’zozlanishini;
- marosimlar teatrlashtirilgan tarzda, dabdabali, kishilarning his-tuyg‘ulariga
ta’sir etadigan darajada o‘tkazilishi, ashula bilan
birga organ musiqasidan ham
foydalanilishini;
- ibodatxonalar rasm va haykallar bilan bezatilishi, avliyolar, jafokashlar
ibodatlarini ifoda etuvchi turli muqaddas yodgorliklarni e’zozlash keng tarqalganini
alohida qayd etish lozim.
Xristianlikning etti asrorini talqin qilish va
ularga rioya qilishda ham
pravoslavlikdan muayyan farqlar kuzatiladi. Xususan, katoliklikda:
- cho‘qintirish amali cho‘qintirilayotgan odamning ustidan suv quyish orqali
bajariladi;
- cho‘qintirilgandan keyin surtiladigan xushbo‘y moy cho‘qintirish bilan bir
vaqtda emas, balki sakkiz yoshdan kichik bo‘lmagan bolalarga episkop tomonidan
surtiladi;
- nonni Isoning tanasi, vinoni uning qoni misolida iste’mol qilishga asoslangan
marosimda ruhoniylar xamirturushsiz non va vino,
oddiy insonlar esa faqat
xamirturushsiz non bilan (hozir ba’zan vino bilan ham) prichaщenie qiladilar;
- barcha ruhoniylar uylanmaydi. Diniy martabadan chiqish esa man etiladi;
Katoliklikda quyidagi “Majburiy” bayramlar nishonlanadi:
1. Iso tug‘ilgan kun (Rojdestvo Xristovo - 25 dekabr);
2. Xudoning zohir bo‘lishi (Bogoyavlenie - 6 yanvar);
3. Me’roj, ya’ni Isoning osmonga ko‘tarilishi (Voznesenie Gospodne -
Pasxaning 40-kuni);
4. Isoning tana va qoni bayrami (Prazdnik Tela i Krovi Xristovыx - Pasxa
bayramidan 60 kun o‘tgach nishonlanadi);
5. Bibi Maryam kuni (Den Presvyatoy Devы Marii, Materi Bojiey - 1 yanvar);
71
6. Bibi Maryamning pokdomon holida homilador bo‘lishi (Neporochnoe
Zachatie Presvyatoy Devы Marii - 8 dekabr);
7. Bibi Maryamning osmonga ko‘tarilishi yoki vafot etishi (Uspenie Presvyatoy
Devы Marii - 15 avgust);
8. Bibi Maryamning qallig‘i Avliyo Iosif kuni (Den Svyatogo Iosifa,
Obruchnika Marii - 19 mart);
9. Havoriylar Petr va Pavellar bayrami (Den svyatыx apostolov Petra i Pavla -
29 iyun);
10. Barcha avliyolar kuni (Den vsex svyatыx -1 noyabr).